Ozodbekning olmalari haqida




Download 410.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana28.05.2023
Hajmi410.19 Kb.
#66320
1   2   3   4   5
Bog'liq
Matematikadan qiziqarli masalalar 4-5-6 sinflar
Ìàñúóë ìó àððèð, Sorovnoma-blank-2 (1), 1-kurs 1-hw, Asosiy vositalar samaradorligi tahlili, Inson demoggrafiyasi va atrof muhit muhofazasi, Nedirlandiya tarix tizmi va xamkorlik yo\'nalishlari, ........................Kurs ishi, Futbol о‘yini texnikasi va taktikasi, Mutolaa jarayonida notiqlikka xos marom, ohangning retseptiv vazifa bajarilishi, Chaqiq toshli, Signal, lecture 9 (1)
Ozodbekning olmalari haqida 
masalalar
1. Ozodbek oichamlari 30 m x 30 m bo‘lgan kvadrat shaklidagi 
may donga ishlov berib, bar 3 metrga bittadan olma ko‘chatlari ek- 
moqchi. Quyidagi savollarga javob bering:
1) Maydon necha sotix (necha ar)? Necha kvadrat metr?
2) Bu may donga Ozodbek j ami necha tup olma ko‘chati eka ola-
di?
3) Har bir qatorda nechtadan olma ko‘chati bor?
4) Ozodbek bu maydonning hamma tomonlarini 2 metr kenglik- 
dagi yo‘lka bilan “o‘ramoqchi”. Hosil bo‘lgan (kattalashgan) kvad­
rat maydonning perimetri bo‘ylab har 1,7 metrga bittadan ixota da- 
raxti ekmoqchi. U nechta tup ixota daraxti eka oladi?
5) Yangi maydonning perimetri avvalgi maydon perimetriga qa- 
raganda necha metr uzaygan?
6) Yuzi necha kvadrat metrga ortgan?
7) Agar har bir qatorga 12 tupdan olma ko‘chati ekiladigan bo‘Isa, 
dastlabki kvadrat maydon o‘miga qanday o‘lchamli to‘g‘ri to‘rt- 
burchak shaklidagi maydon olish kerak? Bu may donga jami necha 
tup olma ko‘chati ekiladi?
8) Ozodbek to‘g ‘ri to‘rtburchak shaklidagi bu maydonning ham 
hamma tomonini 2 metr kenglikdagi yo‘lka bilan o‘ramoqchi. Hosil 
bo‘lgan yangi maydonning perimetri bo‘ylab har 1,8 metrga bittadan 
ixota daraxti ekmoqchi. U necha tup ixota daraxti eka oladi?
9) To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi avvalgi maydonning perimetri 
necha metrga ortadi?
10) Yuzi-chi?
11) Kengaytirilgan kvadrat va kengaytirilgan to‘g ‘ri to‘rtburchak 
perimetrlari va yuzlarini taqqoslang.
2. Ozodbek o ‘qib, ulg‘ayib, uddaburon fermer bo‘ldi. Uning 
o‘lchamlari 240 m x 360 m bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi 
bog‘i - olmazori bor.


1) Shu olmazoming yuzi necha kvadrat metr; necha ar (sotix)? 
Necha gektar?
2) Bog‘ning perimetri necha metr? Necha kilometr?
3) Har 3 metrga (1-masaladagi kabi) 1 tupdan olma ko‘chati ekil- 
gan bo‘Isa, bog‘ga jami necha tup olma ko‘chati ekilgan?
4) Yaxshi parvarish qilingan olmalar hosilga kira boshladi. Har bir 
tup olmadan o ‘rtacha 50 kilogrammdan olma hosili olinsa, bog‘dan 
qancha hosil olinadi?
5) Ozodbek bobosining 1 qadami uzunligi o ‘rtacha 60 sm. U 
bog‘ni (perimetri bo‘ylab) aylanib chiqishi uchun necha qadam tash- 
laydi? (2000 qadam)
6) Bobo 1 soatda 3 km yo‘l yursa, u bog‘ni qancha vaqtda aylanib 
chiqadi? (24 minut)
7) Bobo bog‘ni 30 minutda aylanib chiqishi uchun soatiga necha 
kilometrdan yurishi kerak? (2,4 km)
8) Muallim uchun. Olmalar birin-ketin pisha boshladi. Birinchi 
terimda erta pishar olmalardan 240 kg hosil olindi. Ozodbek ulami 
sig‘imi 20 kg va 15 kg bo‘lgan yashiklarga joylamoqchi. Har bir xil 
yashikdan nechtadan kerak bo‘lishi mumkin?
Yechilishi: Sig‘imi 20 kg bo‘lgan yashiklardan x dona, sig‘imi 15 
kg b o ig an yashiklardan у  dona kerak, deylik. U holda: 20x+l 5>>=240, 
bundan 4x+3_y=48,
У = у (  12- x ) , x < 12.
Demak, (12 - x) ifodaning son qiymati 3 ga bo‘linishi kerak. 
Javob ushbu jadval orqali berilgan:

Download 410.19 Kb.
1   2   3   4   5




Download 410.19 Kb.
Pdf ko'rish