• So‘nuvchi tebranishlar davriy bo‘lmagan tebranishlarga kiradi. Ularning tenglamalari differensial tenglamalar orqali ifodalanganligi sababli murakkab masala hisoblanadi. shu
  • Fizik kattaliklarning vaqt o‘tishi bilan sinus yoki cosinus qonuni bo‘yicha davriy o‘zgarishi garmonik tebranishlar deyiladi




    Download 21.87 Mb.
    bet22/84
    Sana10.04.2022
    Hajmi21.87 Mb.
    #19566
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84
    Bog'liq
    11-sinf-fizika-konspekt-2018
    Buyrak mustaqil ish, Deontologiya 7 topshiriq, Презентация Microsoft PowerPoint (2), marafon, Javob, 7-mavzu. Servis extiyoj sifatida. Reja Ehtiyoj va uning servisn, I bob. Ekstremal masalalarni elementar usullar bilan yechish ten-azkurs.org, 01 DJ 2022-2023 ЎЙ 1-курс Физика узб (6), 01 DJ 2022 2023 ЎЙ 1 курс Физика рус био 4, Taqdimot, 2-kurs sirtqi, Презентация1, Dororo, informatika-oqitish-metodikasi
    Fizik kattaliklarning vaqt o‘tishi bilan sinus yoki cosinus qonuni bo‘yicha davriy o‘zgarishi garmonik tebranishlar deyiladi.
    Tebranayotgan kattalikning eng katta qiymati moduli tebranish amplitudasi yoki amplitudaviy qiymat deb ataladi.
    Mexanik tebranishlarda amplituda jismning muvozanat holatidan eng katta og‘ishiga, elektromagnit tebranishlarda esa, kondensator qoplamalaridagi elektr zaryadining eng katta qiymatiga (qm) teng.
    Garmonik tebranishdagi kattaliklarning vaqtga bog‘liqligini tasvirlash uchun grafk usul qulaydir. elektromagnit tebranishlarning zaryad, kuchlanish va tok kuchining vaqtga  bog‘liqlik  grafklarini  chizaylik.  Buning  uchun  bu  kattaliklarning  (3–3),  (3–4) va (3–5) tenglamalaridan foydalanamiz. Bu tenglamalarni taqqoslab ko‘rilsa, tebranishlar bir-biridan fazalar siljishiga ko‘ra farqlanishini ko‘rish mumkin.
    Yuqoridagi  tenglamalarning  grafklarini  chizaylik.  Abssissa  o‘qining  ostiga davr ulushlarida ifodalangan vaqt, ustiga esa shunga mos keluvchi tebranishlar fazasi qo‘yilgan. Ordinata o‘qlariga tegishli q, i va U kattaliklar qo‘yilgan (3.4-rasm).

    Bu  grafklarda  masshtab  ma’lum  bo‘lsa,  abssissa  o‘qidan  davr  (vaqt)ni,  ordinata o‘qidan esa tebranayotgan kattalik amplitudasini yoki oniy qiyma-47 tini aniqlash mumkin. Shuningdek, fazalarning siljishlarini ham grafklardan  taqqoslab topish mumkin. Masalan, kondensator qoplamalaridagi zaryad va kuchlanish maksimal bo‘lgan vaqtda, tok kuchi nolga teng. konturdagi tok kuchi tebranishlari faza bo‘yicha zaryad tebranishlaridan
    p/2 oldinga o‘tib ketadi. Zaryad bilan kuchlanish bir xil fazada o‘zgaradi.
    Yuqorida aytilganidek, ideal tebranish konturida hosil bo‘lgan tebranishlar so‘nmaydi. real konturda R nolga teng bo‘lmaganligidan elektr energiyasi issiqlikka aylanib boradi va tebranishlar amplitudasi vaqt o‘tishi bilan kamayib boradi (3.5-rasm.).





    So‘nuvchi tebranishlar davriy bo‘lmagan tebranishlarga kiradi. Ularning tenglamalari differensial tenglamalar orqali ifodalanganligi sababli murakkab masala hisoblanadi. shu

    Download 21.87 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84




    Download 21.87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fizik kattaliklarning vaqt o‘tishi bilan sinus yoki cosinus qonuni bo‘yicha davriy o‘zgarishi garmonik tebranishlar deyiladi

    Download 21.87 Mb.