• Yangi mavzu bayoni: Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi
  • Sana: … yil Sinf: 8 Fan: Mehnat № Mavzu: Mulk­chilik turlаri, mаrkеting va mеnеjmеnt fаоliyatining rivojlanishi




    Download 27,98 Kb.
    bet3/5
    Sana06.02.2024
    Hajmi27,98 Kb.
    #152305
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    29 -mavzu

    Darsning borishi

    1. Tashkiliy qism a) Salomlashish, suhbat b) psixologik muhit yaratish ________________________­­­­­­­­­­­­­­­­­­______________________________________________

    I I. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
    Uyga vazifani so‘rash:

    1. Savol – javob o‘tkazish

    2. Topshiriqlarni tekshirish

    3. Qo`shimcha ma`lumotlarni o`rganish.

    1. Yangi mavzu bayoni:

    Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi
    Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan, mulkka egalikdan boshlanadi. Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot bо‘lmaydi. Mulk deb - avlodlar mehnati bilan yaratilgan va tabiat in’omi bо‘lgan barcha boyliklarga aytiladi. Mulkka egalik qilishga qarab kishilarning jamiyatdagi mavqei, ularning jamiyatdagi о‘rni belgilanadi. Ishlab chiqarish resurslari ham, yaratilgan mahsulot ham mulkchilik doirasida о‘zlashtiriladi. Mulkiy munosabatlar mulkka egalik qilishni, mulkdan foydalanishni, va tasarruf etish (takdirini hal etish)ning uzviy birligini taqozo etadi. Mulkka egalik qilish rasmiy va huquqiy (yuridik) asosga tayanadi. Mulkka egalik qilish mulkdorlik huquqining mulk egasi qо‘lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan boyliklarning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ba’zi hollarda mulkka egalik qilish, uning egasi qо‘lida bо‘lsada, amalda undan foydalanish boshqa shaxs qо‘lida bо‘ladi. Masalan ijaraga berilgan mulk. Mulk egasi ijaraga bergan mulkda (masalan: mashina, uy-joy, mablag‘, bino-inshootlar) egalik huquqini saqlab qoladi, ammo uni boshqa birov ishlatadi va olingan daromad shartnoma asosida о‘rtada taqsimlanadi.
    Mulkdan foydalanish - mulkni iqtisodiy faoliyatda ishlatib daromad olish yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatishni bildiradi.
    Mulk egasi egalikni ikki yо‘l bilan amalga oshirishi mumkin.
    a) mulkni bevosita о‘zi ishlatishi va undan olingan daromad butunlay о‘ziga tegishli bо‘ladi.
    b) mulkni ijaraga berish yо‘li bilan foydalanish, bunda olingan daromad mulk egasi bilan ijarachi о‘rtasida turli nisbatlarda shartnoma asosida taqsimlanadi.
    Mulkni tasarruf etish – mulk taqdirini, mulk egasi hal etishi bilan bog‘liq bо‘lib, mol-
    mulkni meros qoldirish, hadya qilishi, ijaraga berishi, sotish orqali rо‘y beradi, bunda aksariyat holda mulk egasi mulkka egalik qilish huquqidan mahrum bо‘ladi. Mulkchilik munosabatlari jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etadi. Shuning uchun ham har bir davlat mulkchilikning huquqiy asosini belgilab beruvchi yuridik huquqqa ega bо‘lgan qonunlarni ishlab chiqadi1 va bu qonunlarni mamlakat fuqarolari о‘rganishlari hamda bu qonunlarga bо‘ysunishlari, bajarishlari shart. Bu qonunga muvofiq «Mulkiy huquq tan olinadi, qonun bilan muhofaza etiladi. Mulkdor о‘z ixtiyoriga kо‘ra о‘ziga tegishli mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi. U mulkdan qonun bilan taqiqlanmagan har qanday xо‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin».

    Download 27,98 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 27,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana: … yil Sinf: 8 Fan: Mehnat № Mavzu: Mulk­chilik turlаri, mаrkеting va mеnеjmеnt fаоliyatining rivojlanishi

    Download 27,98 Kb.