|
Sana: 202 yil Ona tili №37 Mavzu: So‘z turkumlarini mustahkamlash. 97-99-mashqlar Maqsad: Ta’limiy
|
bet | 47/61 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,48 Mb. | | #143568 |
Bog'liq 4-SINF ONA TILI 2-CHORAK 2020-2021 XojaliyevaDarsning turi : mustahkamlovchi,
Darsning metodi:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.
Darsning jihozi:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish; o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish.Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
151- mashq. She’rni ifodali o‘qing. Ajratilgan otlarga so‘roq berib, ularning qaysi kelishikda ekanini ayting.
Nodir qishloqqa bordi
Nodir borib qishloqqa
Alanglaydi har yoqqa.
Ma’raydi barcha hayvon,
Nodir boqadi hayron.
O‘zini qo‘lga oldi,
Aqlini ishga soldi.
Go‘sht berdi qo‘zichoqqa,
Тuxum berdi buzoqqa.
Mushukka tashladi o‘t,
Xo‘rozboyga berdi sut.
Suyak tashladi otga,
Po‘choqni berdi itga.
Hayvonlar yemas ovqat,
Nodir-chi,
Bo‘lar diqqat.
Rauf Тolib
Jo‘nalish kelishigidagi otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chiring. Ularning yozilishini izohlang. Nodir qanday xatolarga yo‘l qo‘ydi?
O’ylang! Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi Qanday shakllarga ega? –ka shakli qaysi tovush bilan tugagan otlarga qo’shiladi? – qa, - ga qo’shimchalari – chi
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qanday shakllarga ega?
-ka qo‘shimchasi qaysi tovush bilan tugagan otlarga qo‘shiladi?
-qa qo‘shimchasi-chi? -ga qo‘shimchasi-chi?
152- mashq. Matnni o‘qing. O‘z so‘zingiz bilan qayta hikoya qiling.
Тuproqqa salom
O‘tqazilgan nihollar so‘lg‘inlashib, yerga bosh egishdi. Bu holni payqagan Oydin dadasidan so‘radi:
– Nihollarga nima bo‘ldi?
– Ko‘chatlar yerga – tuproqqa salom berishyapti. Ular boshqa tuproqdan keltirildi. „Bizni bag‘ringga olganing uchun rahmat“,-deb ta’zim qilishyapti, – dedi dadasi.
Oydin keyingi kun o‘tqazilgan nihollarning ko‘kka bo‘y cho‘zib yashnab turganini ko‘rdi. Shunda u tuproqqa salom bergan nihollarga quvonch bilan boqdi. (Oltmish O‘sarovdan)
Jo‘nalish kelishigidagi otlarni o‘zi bog‘langan ajratilgan so‘zlar bilan ko‘chiring.
Bag‘ringga so‘zida qanday tovush o‘zgarishi yuz bergan?
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi otni qaysi tur-kumdagi so‘zga bog‘laydi?
|
| |