O’rta asr shaxarlari. SHarq mamlakatlarida o’rta asrlarning rivojlangan davriga turli paytda: Xitoy, Yaqin SHarq va SHimoliy Afrikada - VIII asrning 2-yarmida, Yaponiyada IX-X asrlarda, Xindistonda XI-XIII asrlarda o’tganlar. Bu xol xar 1 mamlakatda ishlab chiqarish taraqqiyoti turli darajada bo’lgani bilan izoxlanadi.
SHaxarlarning taraqqiyotiga istilochilik urushlari to’sqinlik qiladi. Jumladan, Xindiston va uning shaxarlari o’rta asrlarda juda ko’p marotaba chet bosqinchilar xujumlariga uchragan. Xususan, Pratijar rojasi qo’shinlari 1018-yili Maxmud G’aznaviy qo’shinidan mag’lub bo’lganida, poytaxt Kanuja talanib, vayron qilinadi. Tinimsiz urashlar Xindiston shaxarlarini yuksalishiga to’sqinlik qiladi.
|