III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Yuz yillik urush va uning bosqichlari. 2.Urushning borishi. 3.Jakeriya qo`zg`oloni.
Fransiyani yagona davlatga birlashtirishni tugallash oson vazifa emas edi. Chunki birlashtirish siyosati nafaqat ichki, ayni paytda, tashqi to`siqlarga ham uchragan. Eng katta tashqi to`siq-Angliya edi. Fransiyaning Akvitaniya viloyati Angliya qo'1 ostida edi. U bu viloyatni Fransiyaga qaytarib berishni istamagan. Buning ustiga, markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslik uchun kurashayotgan Flandriya viloyati Angliya tomonidan qo`llab-quwatlangan.
Angliya qiroli Eduard III Fransiya qiroli Filipp VI (1328 - 1350) (qizining o`g`li)ning nabirasi bo`la turib, Fransiyaga qarshi siyosat yurita boshladi. Bu omillar Fransiya - Angliya munosabatlarini tobora keskinlashtirgan. Endi bu ikki davlat o`rtasida urush chiqishi muqarrar edi. Urushning boshlanishi uchun bir bahona kerak edi, xolos.
Filipp VI vafotidan so`ng Eduard in Fransiya taxtiga da'vogarlik qilib chiqdi. Biroq Fransiya qonunshunoslari ayol tomonidan bo`lgan avlod qirollik taxtiga o`tira olmaydi, degan xulosani berdi. Bu esa urush boshlashga bahona bo`ldi.
Angliya - Fransiya o 'rtasida boshlangan bu, utush tarixga yuz yillik urush nomi bilan kirgan. U to`'xtab-to 'xtab 1453-yilgacha davom etgan.1340- yilda Angliya floti katta g`alabaga erishdi. Bu g`alaba ingliz flotini dengizda hukmron flotga aylantirdi. 1346- yilda inglizlar quruqlikda ham g`alaba qozondilar.Fransiya qo`shinining umumiy safda turib jang qila olmasligi, inglizlarning esa 200 metr masofadan turib ham og`ir kamonlarda mo`ljalni aniq urishga qodir qo`shinga egaligi inglizlar g`alabasining asosiy sababi bo`ldi.
Eng yirik jang 1356- yilgi Puate jangi edi. Bu jangda ham inglizlar g`alabaga erishdilar. Hatto Fransiya qiroli loann asir olindi. Shu tariqa Angliya g`arbiy va Shimoliy Fransiyaning katta qismini bosib oldi.
Qo`zg`olon 1358- yilning may oyida Fransiyaning shimoli-sharqida boshlandi. Qo`zg`olonda 100 mingdan ortiq dehqon qatnashdi. Qo`zg`olonchilarning shiori barcha zodagonlarni bitta ham qoldirmay qirib tashlash edi. Bunga zodagonlar va harbiylarning dehqonlarga o`tkazgan og`ir jabr-zulmlari sabab bo`lgan. Qo`zg`olonga Gilom Kal ismli dehqon rahbarlik qildi.
Qirol hokimiyati tez orada qo`zg`olonga qarshi katta qo`shin to`pladi. Qirol hatto Angliyadan yordam so`rashga majbur bo`ldi. Harbiy tayyorgarlik ko`rmagan va yaxshi qurollanmagan dehqonlar qo`shini qirol qo`shiniga qarshi tura olmas edi. Qo`zg`olon rahbari Gilom Kal aldov yo`li bilan asir olindi. U boshiga qizdirilgan temir toj kiydirilib qatl etildi.
Dehqonlarning dushmanlari Gilom Kalga qarata: ,,Jaklar qiroliga biz ana shunday toj kiydiramiz", - deb uni mazax qilganlar. Yo`lboshchisiz qolgan, jang tartibini bilmaydigan dehqonlar qo`zg`oloni tor-mor etildi. Qariyb 20 ming dehqon qirib tashlandi. Ritsarlar qishloqlarga o`t qo`ydilar. Dehqonlarning o`zlarini esa daraxtlarga va uylarning eshiklariga osdilar.
|