• Darsning blok sxemasi
  • I.Tashkiliyqism
  • III.Yangi mavzu bayoni
  • Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi




    Download 9,26 Mb.
    bet183/252
    Sana11.06.2021
    Hajmi9,26 Mb.
    #14923
    1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   252
    Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

    • Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

    Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

    Darsning blok sxemasi:



    Darsning qismlari

    Belgilangan vaqt.

    1.

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2.

    O`tilgan mavzuni takrorlash

    12 daqiqa

    3.

    Yangi mavzu bayoni

    14 daqiqa

    4.

    Mustahkamlash

    12 daqiqa

    5.

    Baholash

    2 daqiqa

    6.

    Uyga vazifa

    2 daqiqa

    I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.

    II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun klaster metodidan foydalanadi. Doskaga quyidagi jadval chiziladi.

    .

    III.Yangi mavzu bayoni

    XIII asr boshlarida Osiyoda qudratli Mo`g`ullar davlati tashkil topdi. Bosqinchilik urushlari natijasida u qisqa vaqt ichida ulkan imperiyaga aylandi.

    1237- yilda esa mo`g`ullar Rusga hujum boshlaganlar. 140 ming kishilik qo`shinga Botuxon boshchilik qildi. Mo`g`ullar uchun feodal tarqoqlikni boshidan kechirayotgan Rusni bo`ysundirish qiyin kechmadi. Rus knyazlari umumiy dushmanga qarshi kurashda birbirlariga yordamga kelmaganlar.Knyazlarning bir-biriga yordamga kelmaganligining asosiy sababi ularning o`zaro dushmanga aylanib qolganliklari edi.

    Ryazan mudofaachilari qattiq qarshilik ko`rsatsalar-da, kuchlar teng bo`lmaganligi sababli jangda tor-mor etilgan. Mo`g`ullar tez orada Moskvani ham egalladilar. Navbat Vladimir-Suzdal knyazligiga kelgan. 1238 yilning mart oyida bu knyazlik ham tor-mor keltirildi. Knyaz Yuriy Vsevolodichning o`zi ham jangda halok bo`lgan.

    Botuxon qo`shini 1240- yilda Kiyev knyazligini o`ziga bo`ysundirdi. Shu tariqa Rusning uch knyazligi (Polosk-Minsk, Smolensk va Novgorod-Pskov knyazliklari) dan boshqa barcha knyazliklar birinketin bo`ysundirildi. Botuxon Rusdan boshqa istilo etilgan hududlarda Oltin o`rda xonligini tuzgan.

    Rus bu davrda faqat mo`g`ullar hujumigagina uchrab qolmadi. 1240yilda mo`g`ullar oyog`i yetmagan Novgorod-Pskov knyazligiga shved qo`shinlari hujum qildi. Bu davrda Novgorodda 18 yoshli dovyurak sarkarda Aleksandr Yaroslavich knyazlik qilardi. Aleksandr qo`shini shvedlar ustidan g`alaba qozongan. Bu g`alaba tufayli knyazga Nevskiy degan (Neva daryosi nomjdan olingan) faxriy nom berilgan. Endi u Aleksandr Nevskiy deb atala boshlangan.

    Shvedlar xavfi bartaraf etilgach, shu yilning o`zida endi nemis ritsarlari Rus yeriga bostirib kirdi. Ular butun Pskov yerlarini egalladi. Nemis ritsarlariga qarshi kurashga ham Aleksandr Nevskiy rahbarlik qildi. 1242- yilning 5- aprelida nemis ritsarlari kuchlarini odatdagi jangovar tartibda - pona shaklida safga tizdilar. Markazda eng kuchli qism harakat qilgan. Ular bir zarba bilan ruslarning mudofaa chizig`ini yorib o`tmoqchi, rus qo`shinini parchalab yubormoqchi, uni qismlarga bo`lib, qirib tashlamoqchi bo`lganlar. Aleksandr bularning hammasini oldindan ko`rib, o`zining eng kuchli qismlarini markazga emas, balki yon qanotlarga joylashtirgan. Avval boshda ritsarlar ruslarning bo`sh markazini osonlikcha yorib o`tgan. Sftjddatli jang boshlangan. Og`ir sovutlardagi nemislar muzlagan Chud ko`li ustida sirg`anib yiqilaverganlar. Rus askarlari har tomondan zarba beravergach, dushman bardosh berolmay qochishga tushgan. Yengilgan nemislar shu tariqa rus yerlariga bo`lgan da'volaridan voz kechishga majbur bo`lganlar. Rus mo`g`ullar zulmi ostida bo`lgan bir vaqtda bu juda muhim edi.



    Chud ko 'lidagi tarixiy g 'alaba shunday qozonilgan edi. Novgorod bilan Pskov yerlari o'z mustaqilligini saqlab qoldi.


    Download 9,26 Mb.
    1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   252




    Download 9,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi

    Download 9,26 Mb.