• Darsning blok sxemasi
  • II.O`tilgan mavzuni takrorlash
  • III.Yangi mavzu bayoni
  • Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi




    Download 9,26 Mb.
    bet94/252
    Sana11.06.2021
    Hajmi9,26 Mb.
    #14923
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   252
    Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

    • Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

    Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

    Darsning blok sxemasi:



    Darsning qismlari

    Belgilangan vaqt.

    1.

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2.

    O`tilgan mavzuni takrorlash

    12 daqiqa

    3.

    Yangi mavzu bayoni

    14 daqiqa

    4.

    Mustahkamlash

    12 daqiqa

    5.

    Baholash

    2 daqiqa

    6.

    Uyga vazifa

    2 daqiqa

    I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.

    II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

    1. Xitoyda yerga egalik munosabatlari qachondan vujudga kelgan?

    2. Mamlakatda dehqonlar ahvoli qanday bo‘lganligini so‘zlab bering.

    3. Xitoyda shaharlar, hunarmandchilik va savdoning rivojlana borishini misollar bilan ko‘rsating.

    4. Tan sulolasi hukmdorlari tashqi siyosatda qanday

    muvaffaqiyatlarga erishgan?

    III.Yangi mavzu bayoni: Arablar yuksak madaniyat yaratganlar. Bu madaniyat tarixga Arab xalifaligi madaniyati nomi bilan kirdi.

    Xo`sh, buning sabablari nimalardan iborat edi? Avvalo, Arab xalifaligida nisbatan tinch, osoyishta hayot ta' minlangan. Bu esa xo`jalik (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdosotiq)ning yanada yuksalishiga imkon bergan. Bu omil o`z navbatida madaniyatning taraqqiy etishiga shart-sharoit yaratgan. Ikkinchidan, istilo natijasida xalifalikka birlashtirilgan turli o`lka xalqlari (Suriya, Misr, Eron;'o`rta Osiyo, Kavkazorti, Shimoliy Hindiston)ning ilg`or madaniyati imkon qadar bir-birini boyitdi. Bu o`rinda yagona davlat tili - arab tilining ilm-fan tiliga aylanganligi katta rol o`ynagan. Buyuk allomalar qaysi xalq vakillari bo`lmasin, arab tilida ijod qilganlar. Bu omil xalifalik tarkibidagi turli xalqlarga bir-birining madaniyati yutuqlaridan foydalanishga imkon yaratgan. Binobarin, xalifalik madaniyatini faqat arablar emas, xalifalik tarkibiga kirgan barcha xalqlar yaratganlar.

    Uchinchidan, arablar ham o`zlari istilo etgan o`lka xalqlarining ilg`or madaniyati durdonalarini qunt bilan o`rganganlar. To`rtinchidan, Mansur, Horun ar-Rashid, Ma'mun kabi abbosiy xalifalar ilm-fan, madaniyat rivojiga homiylik qilganlar. Bu omillar, shubhasiz, madaniyatning yuksak darajada taraqqiy etishini ta'minlagan. Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyatida san'at, ayniqsa, me'morchilik san'ati alohida o`rin tutgan. Shahar me'morchiligi ham juda rivojlangan. Shahar ko`chalariga tosh yotqizilgan. Ko`chalar chiroqlar bilan yoritilgan. Masjidlar shahar ko`rkiga-ko`rk qo`shgan. Masalan, VIII - IX asrlarda Qurdobada bunyod etilgan masjidga 600 dan ortiq marmar ustun ishlatilgan. Ustunlar nihoyatda nafis bo`lib, ular masjidga ulug`vorlik baxsh etgan. Qohira shahridagi Hasan masjidi tepasiga qurilgan balandligi 55 metrli gumbaz ham kishilarni hayratga solgan.

    Yirik shaharlar ilm-fan markaziga aylangan. Bag`dod, Qurdoba, Qohira kabi shaharlarda yirik oliy o`quv yurtlari - madrasalar ochilgan. Ularda diniy bilimlar qatori dunyoviy ilmlar ham o`qitilgan. Minglab kitob xazinasiga ega bolgan kutubxonalar qurilgan. Xalifa Horun ar-Rashid (786-809) Bag`dod shahrida ilm-fan markazi bunyod ettirdi. Bu markaz “Bayt ul-hikmat” deb ataldi.



    Xalifa Ma'mun (813-833) ,,Bayt ul-hikmat"ning har tomonlama mustahkamlanishiga katta hissa qo`shgan. Bag`dod, Damashq kabi shaharlarda katta-katta rasadxonalar bunyod etilgan.

    Download 9,26 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   252




    Download 9,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi

    Download 9,26 Mb.