|
Sana: Sinf: 7-sinf fan: Informatika Mavzu: wrap text parametridan foydalanish dars maqsadi
|
bet | 1/3 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 336,12 Kb. | | #115010 |
Bog'liq Wrap text parametridan foydalanish
Sana:
Sinf: 7-SINF
Fan: Informatika
Mavzu: WRAP TEXT PARAMETRIDAN FOYDALANISH
Dars maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga hujjatlarda wrap text parametridan foydalanish mavzusini o’rgatish;
Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga sodiq va fidoiy qilib tarbiyalash, milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda hujjatlarda wrap text parametridan foydalanish mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.
Dars uchun umumiy kompetensiya:
Axborotlar bilan ishlash;
O’z-o’zini rivojlantirish;
Milliy va umummadaniy;
Kompyuter savodxonlik.
Fanga oid kompetensiya: O’quvchilarda hujjatlarda wrap text parametridan foydalanish mavzusi yuzasidan ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda hujjatlar tayyorlay oladi.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish:
Davomatni aniqlash:
Siyosiy daqiqa (Bugungi kun axborot va texnologiya yangiliklari)
Yangi mavzu bayoni:
Baʻzan hujjatga ham matn, ham tasvirni joylashtirishingiz kerak boʻladi. Bunda dizayningiz yaxshi koʻrinishiga ishonch hosil qilish uchun sahifadagi boʻsh joydan unumli foydalaning. Hujjat tarkibidagi matn bilan birga tasvirni o‘zaro joylashuvini formatlash ham umumiy hujjatning dizayniga ijobiy ta’sir etadi.
Hujjatdagi boʻsh joydan unumli foydalanish uchun matnni tasvirning atrofiga joylashtirmoqchi bo‘lishingiz mumkin. Bu sahifada katta hajmdagi bo‘sh maydon qolmasligini ta’minlaydi. Wrap text parametrlaridan ixtiyoriysini tanlasangiz, ushbu format matnga emas, tasvir uchun qo‘llaniladi. Ya’ni, siz tanlagan sozlamadan foydalanib, matn tasvir atrofida joylanadi. Buni turli usullar bilan amalga oshirish mumkin.
|
| |