• Format
  • Square
  • Behind Text
  • Edit Wrap Points
  • Text wrapping: matnni sig‘dirish. Matnni ma’lum obyekt yoki oyna ichiga sig‘dirib joylashtirish




    Download 336,12 Kb.
    bet2/3
    Sana10.12.2023
    Hajmi336,12 Kb.
    #115010
    1   2   3
    Bog'liq
    Wrap text parametridan foydalanish

    Text wrapping: matnni sig‘dirish. Matnni ma’lum obyekt yoki oyna ichiga sig‘dirib joylashtirish.

    Tasvir chetiga matnni joylash uchun quyidagilarni bajaring:



    1. Hujjatga tasvir qoʻshing.

    2. Tasvirni tanlang.

    3. Format (Формат) menyu oynasidan Wrap Text (Обтекание текстом) buyrug‘ini tanlang.

    Ekranda matn va tasvirni joylashning turli variantlari koʻrsatilgan yangi menyu paydo boʻladi.

    Quyidagilarni bajarish mumkin:

    • Square (Квадрат) varianti tasvir atrofiga chegara qo'yilishi va matn chegara atrofiga o’rnatilishini anglatadi. Ushbu chegara “cheklovchi qism” deb nomlanadi.

    • Tight (По контуру) varianti orqali tasvir atrofiga kontur qo'yiladi va matn kontur atrofiga joylanadi. Agar tasvir kvadrat yoki to'rtburchaklar shaklda bo’lsa, u holda Square variantidan farq qilmaydi.

    • Through (Сквозное) varianti matnni harqanday bo'sh joyga joylashishini ta'minlaydi. Uni birinchi marta qo'llaganingizda, u Square yoki Tight variantlaridan farq qilmaydi. Matn varaqning bo'sh maydoniga joylashishi uchun, siz sozlamalar yordamida joylashish nuqtalarini tahrirlashingiz kerak.

    • Top and Bottom (Сверху и снизу) variantida matn tasvirning yon tomonlariga emas, faqat yuqori va pastki qismiga joylashadi.

    • Behind Text (За текстом) varianti orqali tasvir har qanday matnning orqasida joylashtiriladi. Natijada matn tasvirning usti qatlamida ko’rinadi.

    • In front of Text (Перед текстом) varianti orqali tasvir har qanday matnning oldida joylashtiriladi. Natijada matn tasvirning orqa qatlamida ko'rinadi.

    • Edit Wrap Points (Изменить контур обтекания) varianti matnning tasvir atrofida joylashgan joyiarini o'zgartirishga imkon beradi. Ushbu parametr wrap text menyusida ham mavjud. Bu matnni joylash parametrlari Tight va Throughtda o’rnatilganda eng foydalidir. U orqali matnni tasvirning ba'zi qismlariga yaqinlashtirishingiz yoki uzoqlashtirishingiz mumkin.

    Joylashtirish nuqtasini tahrirlash uchun tasvirga matnni joylash usulini qo’llang va Edit Wrap Points tugmasini bosing.

    Endi tasvir atrofida kichik qora kvadratchalar bilan qizil chiziq paydo boʻladi va bu joylash nuqtalarini bildiradi. Agar siz biror kichik qora kvadratchani siljitsangiz, unda tasvirning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishi uchun matnning joylanganini koʻrasiz. Bundan tashqari, qizil chiziqni bosish va yurgizish orqali qoʻshimcha joylash nuqtalarini qoʻshishingiz mumkin. Buni bajayotganda qoʻshimcha qora kvadratni koʻrishingiz kerak.
    Matnni joylash sozlamasini qoʻllaganingizda, tasvirni qayerga joylashtirishni tanlashingiz kerak. Variantlardan biri shunchaki tasvirni yangi holatga surishdir. Buning uchun tasvirni tanlang va kursorni uning ustiga qoʻying. Keyin sichqoncha tugmasini bosing va ushlab turing. So‘ng tasvirni sahifadagi yangi joyiga oʻtkazing.

    Download 336,12 Kb.
    1   2   3




    Download 336,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Text wrapping: matnni sig‘dirish. Matnni ma’lum obyekt yoki oyna ichiga sig‘dirib joylashtirish

    Download 336,12 Kb.