• Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi
  • Sanat xavsizligini boshqarishda davlat tizimi Reja




    Download 19.69 Kb.
    bet1/2
    Sana23.03.2023
    Hajmi19.69 Kb.
    #46301
      1   2
    Bog'liq
    Sanat xavsizligini boshqarishda davlat tizimi
    ingliz, BETLIK AZIZBEK

    Sanat xavsizligini boshqarishda davlat tizimi


    Reja:

    1. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi.

    2. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

    3. Sanat xavsizligini boshqarishda davlat tizimi


    Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

    • atom energetikasi va yadro texnologiyalari ob’ektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha ishni muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish;

    • sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi hamda istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish borasidagi qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;

    • sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash borasida respublikada yoqilg‘i-energetika kompleksi va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalar va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

    • atom energiyasidan foydalanish sohasida litsenziyalash, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat nazorati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

    • sanoat xavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq ob’ektlar xavfsizligini ekspertiza qilishni tashkil etish;

    • sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish hamda istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va qabul qilish;

    • xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, soha faoliyatiga taalluqli bo‘lgan xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash;

    • texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi mutaxassislarning malakasini oshirish.


    Download 19.69 Kb.
      1   2




    Download 19.69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sanat xavsizligini boshqarishda davlat tizimi Reja

    Download 19.69 Kb.