|
Servis CPS - platformalari
|
bet | 9/10 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 442,87 Kb. | | #229550 |
Bog'liq Sanoat 0 texnologiyasi
CPS platformasi – bu korxona jarayonlari va ularning tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan bulutli (“ina-box”) yechimi. Ushbu platformada taqdim etilgan ilovalardan foydalanib, xodimlar, vositalar va tizimlar o‘rtasida ishonchli aloqani ta’minlash mumkin bo‘ladi.
Bunday ilovalarga quyidagilar kiradi:
Ishlab chiqilgan xizmatlarning moslashuvchanligi, samaradorligini va ulardan foydalanish qulayligi;
Biznes-jarayonlar modelini to‘g‘ridan-to‘g‘ri App Store dan osongina joylashtirish;
Barcha biznes jarayonlarning kompleks, xavfsiz va
ishonchli zahira nushalarini yaratish;
Butun biznes jarayonlarnining xavfsizligi va ishonchliligi – sensorlardan foydalanuvchi tarmoqlarigacha;
Mobil platformalar va qurilmalarni qo‘llab-quvvatlash;
Qushma ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish jarayonlari, tarmoqlarda tahlil va prognozlashtirishni qo‘llab-quvvatlash.
Intellektual ob’yektlar o‘rtasidagi aloqaga ega bo‘lgan CPS platformasi asosida global tarmoqlarni qurishning shartli variant Rasm 1.4. 5 da keltirilgan:
1.4.5-rasm. CPS - platforma va aqlli internet - ob’yektlaro‘rtasida o‘zaro aloqalar
Sanoat 4.0 ning yangi biznes - modellar
Sanoat 4.0 ga o‘tishda yangi biznes modellari va hamkor o‘zaro munosabatlar shakllanadi. Ushbu modellar kichik va o‘rta biznes korxonalariga qo‘shimcha xizmatlar va dasturiy ta’minot litsenziyalaridan foydalanish imkoniyatini beradi, shuningdek, kompaniyalarga xizmat ko‘rsatish darajasidagi kelishuvlar, tarmoqdagi o‘zaro harakatlari va sheriklar bilan raqobatchilar o‘rtasidagi hamkorlikni hisobga olgan holda narxlashtirishni yanada moslashuvchan qilish imkonini beradi.
Bu yondashuv orqali biznes-tarmoqlarni yaratish mumkin bo‘ladi va qiymatni yaratishdagi barcha a’zolari o‘rtasida daromadlar adolatli taqsimlanadi va barcha hamkorlar mahsulotlar va ishlab chiqarish uchun kengaytirilgan normativ talablarni bajaradi (masalan, uglerod chiqindilarini qisqartirishga qaratilgan).
Bir nechta korxonalarni umumiy tarmoqqa birlashtirish Sanoat 4.0 tarmoq ishlab chiqaris, o‘z o‘zini tashkil etuvchi moslashuvchan logistika va birlashgan mashinasozlik mijozi kabi dasturlari bilan bog‘liq. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan, IP - manzillarni moliyalashtirish, rivojlantirish, ishonchlilik, javobgarlik va himoya qilish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish mumkin bo‘ladi. Shartnomadagi vanormativ-huquqiy shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish uchun real vaqt rejimida biznes jarayonlarining barcha bosqichlarini batafsil monitoring qilish va hujjatlashtirish ta’minlanadi. Alohida xizmatlarni taqdim etishda, shuningdek, kafolatlangan va litsenziyada ko‘rsatilgan xizmat muddatiga rioya qilish va yangi sheriklarni, ayniqsa, kichik va o‘rta biznesni jalb qilish uchun maqbul ish sharoitlarini ta’minlash talab etiladi.
Yangi biznes – modellarning bu xususiyatlari jahon iqtisodiyotida oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga va yuqori tezlikda bozorni o‘zgartirishiga sabab bo‘ladi. Yangi texnologiyalar huquqiy muammolarga halokatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin (masalan, muhim korporativ ma’lumotlar va uni himoya qilish, javobgarlik, savdo cheklovlari va boshqalar). Bundan tashqari, tarmoq tugunlarini himoya qilish va umumiy xavfsizlik
“Sanoat4.0” da ham muhim rol o‘ynaydi, uni faqat alohida komponentlar darajasida ta’minlash yetarli bo‘lmaydi.
Sanoat 4.0 ni bosqichma - bosqich amalga oshirish quyidagi choralarni ko‘rish kerak bo‘ladi:
Real vaqtda CPS – platformalari asosida ishlashingiz uchun tarmoq infratuzilmasida hamyonbop xizmatlarni taqdim etish kerak. Ularni ham milliy, ham global darajada xalqaro standartlar va siyosat bilan kuchaytirish.
Eskirib qolgan tizimlarni real vaqtda ishlaydigan va xizmat qilishga mo‘ljallangan yangilarga almashtirish lozim.
Buyumlar Interneti kabi tez rivojlanayotgan yangi bizmesmodellarni yaratish.
Modernizatsiya jarayonlarining boshidanoq xodimlarni jalb qilish, ularning malakasini va texnik rivojlanishini yaxshilash.
Sanoat 4.0 ga o‘tish jarayonida AKT tarmoqlariga qaraganda uzoqroq innovatsion tsiklga ega bo‘lgan fabrika ta’minoti tizimlari bilan yaqindan ishlashi kerak.
Xulosa
Xo'sh, Sanoat 4.0 sanoat inqilobining yangi bosqichini anglatadi, u asosan o'zaro bog'liqlik, avtomatlashtirish, mashinani o'rganish va real vaqtda ma'lumotlarni tahlil qilishga qaratilgan. Sanoat 4.0, shuningdek, IIoT yoki Smart Manufacturing sifatida ham tanilgan. U ishlab chiqarishga keng qamrovli, o'zaro bog'langan va yaxlit yondashuvni taklif etadi. Shuningdek, jismoniyni raqamli bilan bog'laydi va bo'limlar, hamkorlar, sotuvchilar, mahsulot va odamlar o'rtasida yaxshiroq hamkorlik va kirish imkonini beradi. Sanoat 4.0 biznes egalariga o'z faoliyatining har bir jihatini yaxshiroq nazorat qilish va tushunish imkonini beradi va ularga samaradorlikni oshirish, jarayonlarni yaxshilash va o'sishni rag'batlantirish uchun tarixiy ma'lumotlardan foydalanish imkonini beradi.
|
| |