|
Sanoat 4.0 inqilobi. Intellektual korxona modeli. Yangi biznes modellar
|
bet | 7/10 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 442,87 Kb. | | #229550 |
Bog'liq Sanoat 0 texnologiyasi1.4.3. Sanoat 4.0 inqilobi. Intellektual korxona modeli. Yangi biznes modellar.
Insoniyat tarixida to‘rtta sanoat inqiloblari sodir bo‘ldi (1.4.1-jadval). Har bir inqilob o‘sha davrning innovatsion texnologiyalarini ixtiro qilish va uni inson faoliyatiga joriy etish bilan bog‘liq . Natijada iqtisodiyotning yangi tarmoqlari paydo bo‘lib, davlatning iqtisodiy ahvoli yahshilandi.
1.4.1-jadval Sanoat inqiloblari va ularning natijalari
Sanoat inqilobi
|
Davr
|
Yangilik
|
Natija
|
Birinchi sanoat inqilobi
|
XVIII asr-ning oxiri – XIX asr boshlanishi
|
Suv va bug‘dvigatellari, dastgohlar, mexanik
qurilmalar, transport, metallurgiya
|
Agrar iqtisodiyotdan
sanoat ishlab
chiqarishiga o‘tish,
transportni rivojlantirish
|
Ikkinchi sanoat inqilobi
|
XIX asrning ikk inchi yarmi . XX asr boshi
|
Elektr energiyasi, yuqori sifatli po‘lat, neft,
kimyo sanoati, telefon, telegraf
|
Oqim ishlab chiqarish va mehnat
taqsimoti, el-
ektrlashtirish, temir yo‘llar
|
Uchinchi san oat inqilobi
|
oxiri –
asr boshida
|
Raqamlashtirish, elektronika, AKT va dasturiy ta’minotni
rivojlanishi ( dasturiy ta’minot )
|
Avtomatlash-
tirish
va robototexnika
|
To‘rtinchi sa noat inqilobi
|
"Sanoat 4.0" atamasi 2011- yilda joriy etilgan
|
Global sanoat tarmoqlari,
Buyumlar Interneti, 3 D printe r-lar,
biotexnologiyalar
, neyrotarmoqlar, sun’iy intellect
|
Taqsimlangan ishlab
chiqarish, tar-
moqqa jamoaviy
kirish, ishlab
chiqaruvchilar ning
iste’molchi bilan
to‘g‘ridanto‘g‘ri bog‘lanishi
|
Birinchi sanoat inqilobi (XVIII asr oxiri – XIX asr boshlari) bug‘ energiyasi, mexanik qurilmalar ixtiro qilinishi va metallurgiyaning rivojlanishi tufayli qishloq xo‘jaligidan sanoat ishlab chiqarishga o‘tish bilan bog‘liq edi.
Ikkinchi inqilob 20-asrning boshlarida elektr energiyasining paydo bo‘lishi, ishlab chiqarish va mehnat taqsimoti bilan sodir bo‘ldi (Genri Ford avtomobillarini yig‘ish liniyasi).
Uchinchi sanoat inqilobi (1970-yildan beri) – Ishlab chiqarish jarayonlarini jadal avtomatlashtirish va robotlashtirishni ta’minlovchi elektron va axborot tizimlarini ishlab chiqarishda foydalanish.
To‘rtinchi sanoat inqilobi (bu atama 2011-yilda Germaniya tashabbusi - Sanoat 4.0 doirasida kiritilgan).
|
| |