|
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasining vazifalari. Zararli moddalarning xususiyatlari
|
bet | 4/6 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 1,22 Mb. | | #111252 |
Bog'liq Maruza№3ISHLAB CHIQARISH CHANGI
Sanoatda, transportda, kishlok xo‘jaligida ko‘p ishlar va jarayonlar chang hosil bo‘lishi va ajralishi bilan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish changi deb, xar xil texnologik jarayonlarni bajarishda hosil bo‘ladigan va havoda muvozanatda bo‘ladigan qattiq moddalarni zarrachalariga aytiladi. CHang zarrachalari qatta-kichikligiga qarab ko‘rinadigan (10 mkdan katta), mikroskopik (kattaligi 0,25-10 mk) va ultramikroskopik (0,25 mkdan kichik) organiq va neorganiq changlarga bo‘linadi.
Kattaligi 10 mkdan kichik bo‘lgan changlar xavfli xisoblanadi. Yirik zarrachalar nafas olish burun bo‘shlig‘ida ushlanib koladi. Mayda zarrachilar o‘pkaga o‘tgach changli «pnevmokonioz» kasalliklarini vujudga keltiradi. Kremniy oksidi changi ta’siridan «silikoz», kumir changidan « antrakoz», alyuminiy oksidi changi ta’siridan «alyuminoz», silikatlar ta’siridan «silikatoz» kabi kasallik turlari xosil bo‘ladi. CHangni odam organizimga ta’siri uni havodagi miqdoriga, kattikligi va maydaligiga elekrlanishiga bog‘liq.
Zaharli kimyoviy birikmalar changi zaharli xisoblanadi. Masalan, naften kislotalari, amino-nitrobirikmalar changi, olti va uch valentli xrom birikmasi, shuningdek etilen merkur xlorid, uran, berilliy, merkuran, vannadiy, birikmalari-aerozollari organizmga o‘tgach qorin, ichak yulida va o‘pkada kasallanish-zaharlanish hosil qiladi.
Ishlab chiqarish binolarida chang xosil bulishi, organizmga o‘tishiga qarshi kurashish, ogohlantirish uchun texnologik tartibda chora-tadbirlar turkumi amalga oshiriladi. Masalan, quruq changlanuvchi materiallarni nam yoki pasta xosil qiluvchi xolatga, kukunlarni donador (tabletka) ko‘rinishiga almashtiriladi. Uskunalarni pishiqligi, germetikligi oshiriladi.
Agar chang ajralib chiqishini bartaraf qilish imkoniyati bo‘lmasa suvdan namlovchi moddalardan foydalaniladi. SHuningdek chang ajralishini butunlay yo‘qotish uchun havo almashtirish sistemasi, yakka tardibdagi ximoya moslamalari ishlatiladi, sanitariya norma va qoidalari (SN 245-71, SN 4088-86)ga amal qilinadi. Kasallik, zaharlanish bo‘lmasligi uchun sanitariya normasida ko‘rsatilgan yo‘l qo‘yilgan chegara konsentratsiyadan oxirgi darajadan (mg/m3) xisobida oshib ketmasligi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasining vazifalari. Zararli moddalarning xususiyatlari
|