SANITARIYA-MAISHIY XIZMAT KO’RSATISH BINOLARIGA TALABLAR




Download 1,22 Mb.
bet2/6
Sana05.12.2023
Hajmi1,22 Mb.
#111252
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maruza№3

SANITARIYA-MAISHIY XIZMAT KO’RSATISH BINOLARIGA TALABLAR
Xar bir sanoat korxonasida dam olish, ovqatlanish, uy va ish kiyimlarini saqlash, zararsizlantirish, tuzatish, yuvish, yuvinish va boshqa madaniy sanitariya xizmatlari uchun mo’ljalangan qo’shimcha binolar uylar bo’lishi kerak. Ishchi va xizmatchilarni extiyojini qoniqtiradigan sanitariya-maishiy xizmat ko’rsatish uylarini-xonalarini tarkibi, xajmi QMQ 2.01.02-96, SN 245-71, SN 4088 86 me’yorlariga asosan aniqlanadi va quriladi.
Maishiy xizmat uylarini joylashtirish ishlab chiqarish jarayonlariga, yong’inga, portlashga xavfliligiga, sanitariya jihatdan ishlab chiqarishni sinflarga bo’linishiga bog’liq. Yong’in, portlash va gaz ajralib chiqishi xavfi bo’lgan ishlab chiqarishda maishiy-xizmat uylari asosiy binolardan ajratilgan bo’lishi kerak. Maishiy binolarni ish joyiga yaqin masofada joylashtirish (davlat sanitariya nazorati bilan kelishilgan xolda) maqsadga muvofiqdir.
Xozirgi vaqtda ishlab chiqarishdagi zararli muhitni ta’siri bo’lmasligi uchun maishiy xizmat uylari aloxida qurilgan binoga joylashtiriladi. Katta bo’lmagan ba’zi korxona tsexlarida esa, sanitariya-gigiena talablariga to’liq javob beradigan xonalar joylashtirilishi mumkin (xojatxonalar, dam olish xonasi va boshqalar).
Garderob xonasida ish va kucha kiyimlari ochiq, yopiq yoki aralash usuldagi shkaflarda saqlanish mumkin. Shkaflar soni smenada ishlayotgan ko’p sonli ishchilarni ro’yxatiga qarab belgilanadi. Shkaflar qatori orasidagi o’tirgichlar bo’lsa 2 m, o’tirgichlar qo’yilmagan bo’lsa 1,5 m bo’lishi kerak.
Yuvinish xonasi kiyim saqlash xonasi bilan birga joylashadi. Xar 3-15 kishiga bittadan dush tarmog’i xisobga olinib, umumiy soni 30 dan oshib ketmasligi kerak. Shuningdek, kiyim saqlash xonasida qo’shilgan xolda shkaflardan 2 m masofada qo’l yuvish suv jumraklari o’rnatiladi. Ularni soni 0,65 m masofada 5 yoki 8 ta bo’lishi mumkin.
Binoda joylashgan xojatxona va ish joyi orasidagi masofa 75 m, korxona maydonida joylashgan xolda esa oraliq masofa 150 m dan oshmasligi kerak.
Binoda joylashgan dam olish xonasida xar bir ishchiga to’g’ri keladigan yuza 0,2 kv.m bo’lishi, umumiy yuzasi 18 kv.m dan kam bo’lmasligi talab qilinadi. Chekish xonasida erkaklar uchun 0,2 kv.m, ayollar uchun 0,1 kv.m yuza belgilangan va chekish xonasi umumiy yuzasi kamida 9 kv.m bo’ladi.
Bir smenada 250 dan ortiq ishchilar mehnat qilayotgan korxonalarda oshxona bo’lishi xisobga olinishi kerak. Ishchilar soni 250 dan kam bo’lgan vaqtda ularni issiq ovqat bilan ta’minlaydigan oshxona bo’lishi kerak. Agar smenadagi ishchilar soni 30 kishidan kam bo’lsa, davlat sanitariya nazorati tashkiloti bilan kelishilgan xolda binoda ovqatlanish xonasi bo’lishi nazarda tutiladi.
Shuningdek, ishchilar soni 500 va undan ko’proq bo’lgan korxonalarda sog’liqni saqlash-tibbiyot bo’limi bo’lishi kerak. Agar korxonadagi ishchilar soni 3000-4000 bo’lsa, (I-kategoriya) 3-4 shifokor, 2001-3000 ishchi bo’lsa (II-kategoriya) 2 ta shifokor, 1201-2000 ishchi bo’lsa, 1 ta shifokor va 500-1200 ishchi bo’lsa 1 ta feldsher ular uchun tibbiyot bo’limida xizmatda bo’ladi. Tibbiyot va ish joyi orasidagi masofa 1000 m dan ortiq bo’lmasligi xisobga olinadi.



Download 1,22 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SANITARIYA-MAISHIY XIZMAT KO’RSATISH BINOLARIGA TALABLAR

Download 1,22 Mb.