Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/106
Sana28.05.2024
Hajmi8,92 Mb.
#256153
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106
Moddalar sathini elektrik o‘lchash asbobi.
Elektr sath o‘lchagichlarda 
suyuqlik sathning holati biror elektr signalga o‘zgartiriladi. Elektr sath 
o‘lchagichlar orasida eng ko‘p tarqalgani sig‘imli va aktiv qarshiliklarning 
o‘zgarishiga muvofiq o‘lchashga acoclangan asboblardir. 
126–rasm. Sig‘imli sath o‘lchagichning sxemasi 


180 
Suyuqlik sathining o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda elektrodlar orasidagi 
elektr sig‘im o‘zgarishiga asoslangan asbob 
sig‘imli sath o‘lchagich
 
deb ataladi. 
Bunda, suyuqlikning dielektrik xususiyatlari nazorat qilinadi. Suyuqlik sathini 
sig‘imli sath o‘lchagich yordamida o‘lchashning prinsipial sxemasi 126-rasmda 
ko‘rsatilgan. Bu o‘lchagich silindrik kondensator va o‘lchov asbobidan iborat. Sath 
o‘lchanishi kerak bo‘lgan suyuqlik quyilgan idishga izolyatsion material bilan 
qoplangan elektrod 2 tushiriladi. Elektrod idish devorlari bilan birgalikda silindrik 
kondensatorni hosil qiladi, uning sig‘imi suyuqlik sathi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. 
Sig‘imning kattaligi elektron kuchaytirgich 3 orqali kuchaytirilib, signalizator yoki 
o‘lchov asbobi 4 ga uzatiladi. 
Sig‘imli sath balandlik o‘lchagichlarni silindrik va plastinkali turda, 
shuningdek, qattiq sterjen ko‘rinishida chiqariladi. 
O‘zgartkichning sig‘imi ikki qism sig‘imi - suyuqlikka botirilgan 
е
с
dielektrik 
o‘tkazuvchanlikli va muhitda joylashgan 
е
М
(havo uchun 
е
М
=1) dielektrik 
o‘tkazuvchanlikli qismlar sig‘imlari yig‘indisiga teng. 
Moddalar sathini radioizotopli, ultratovushli va radioto‘lqinli o‘lchash 
asboblari.
 
Radioizotopli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi yutish qobiliyati 
turlicha bo‘lgan ikki muhitdan o‘tayotgan nurlarning qayd qilinishi va 
muxitlarning chegarasi o‘zgarishi bilan nurlanish o‘zgarishiga asoslangan. Barcha 
radioizotopli sath o‘lchagichlarning asosiy qismlari nurlanish manbai va nurlarni 
qabul qiluvchilardan iborat. Nurlanish manbai sifatida o‘zidan j nurlar 
chiqaradigan Со
60
, Cs
137
, Se
75
va boshqa moddalar ishlatiladi. Qabul qiluvchi 
sifatida 
Geyger-Myuller 
hisoblagichi, 
ssintilyatsion 
hisoblagichlar 
yoki 
yarimo‘tkazgichli detektorlar ishlatiladi. Detektor chiqishida paydo bo‘lgan 
impulslar elektron kuchaytirgich orqali kuchaytiriladi va sath o‘zgarishiga muvofiq 
elektr signalga aylanadi. 
j
-nurlanish jadalligini kamaytirish qatlam qalinligiga qarab, quyidagi 
eksponensial munosabat bilan ifodalanadi: 
I

= I
0
exp(-мx) 


181 
bu yerda: I
0
- j-nurlanishning boshlang‘ich jadalligi; м — moddaning tabiati va 
uning qatlami qalinligi x ga bog‘liq bo‘lgan j-nurlanishning kuchsizlanish 
koeffisiyenti. 
127–rasm. Radioizotopli sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi.
Radioizotopli sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 127-rasmda ko‘rsatilgan. 
U radioaktiv nurlanish manbai 1, ionlovchi nurlanishni qabul qiladigan hisoblagich 
2, elektr toki manbai 3, qarshilik 4, elektron kuchaytirgich 5 va o‘lchash asbobi 6 
dan iborat. Hisoblagich metalldan yasalgan silindr bo‘lib, ichi inert gaz bilan 
to‘ldirilgan. Silindr markazida undan izolyator bilan ajratilgan metall sim
o‘rnatilgan. Silindr devori elektr manbaining manfiy qutbiga, metall sim esa 
musbat qutbiga ulangan. Silindr inert gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lgani uchun 
hisoblagich zanjirida tok bo‘lmaydi. Hisoblagichga radioaktiv nur ta’sir etib, 
undagi inert gaz ionlanishi boshlangandagina hisoblagich 2 va qarshilik 4 zanjirida 
tok hosil bo‘ladi. Bu tok miqdori inert gazning ionlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Gazning ionlanishi esa radioaktiv nurlanish manbai bilan hisoblagich orasiga 
o‘rnatilgan idish ichidagi suyuqlikning yoki sochiluvchi moddaning balandligiga 
bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Idishdagi suyuqlik balandligi nur yo‘lini to‘la berkitsa, 
rezistordan o‘tadigan tok nolga yakin bo‘ladi, nur yo‘li ochilishi bilan, ya’ni 
suyuqlik balandligi pasayishi bilan rezistor zanjirida tok orta boshlaydi. Idish 
ichidagi suyuqlik balandligi ana shu rezistordagi kuchlanish U miqdori bilan 
o‘lchanadi. Buning uchun rezistordagi kuchlanish miqdori oldin elektron 
kuchaytirgich 5 yordamida kuchaytiriladi, so‘ngra esa o‘lchov asbobi 6 ga 
uzatiladi. 


182 
Radioizotopli sath o‘lchagichlar boshqa asboblarga nisbatan universaldir. Bu 
asboblar sath o‘lchashni nazorat qilishni diskret va uzluksiz ravishda amalga 
oshiradi; ular ochiq va berk idishlardagi suyuq hamda sochiluvchan moddalar 
sathini o‘lchash uchun ishlatilishi mumkin, o‘lchanayotgan muhit bilan asbob 
orasida hech qanday mexanik bog‘lanish bo‘lmagani sababli agressiv suyuq va 
sochiluvchi moddalarning balandligini o‘lchash mumkin. Asboblar ko‘rsatishining 
aniqligi va stabilligi muhit holatining (temperatura, namlik, elektr o‘tkazuvchanlik, 
zichlik va boshqa fizik xossalarning) o‘zgarishiga bog‘liq emas. Barcha 
radioizotopli asboblarning umumiy kamchiligi radioaktiv nurlarning tirik 
organizmga zararli ta’siridir. Asboblarning xatosi ±0,5-1% dan oshmaydi. Bular 
asosan boshqa turdagi asboblarni ishlatish mumkin bo‘lmagan hollardagina 
qo‘llaniladi. 
Ultratovushli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi suyuqlik, gaz (havo) 
chegarasidan tovush to‘lqinlarining qaytish prinsipiga asoslangan. Ultratovush 
impulsining havo va o‘lchanayotgan muhit (suyuqlik) chegarasi sirtidan qaytish 
kattaliklari akustik qarshilikning keskin farqi natijasida sodir bo‘ladi. 6.9-rasmda 
ultratovushli sath badandligi o‘lchagichning struktura sxemasi ko‘rsatilgan. 
Impuls ultratovushli tebranishlar generatori 1 dan nurlatgich 2 orqali sathi 
o‘lchanayotgan sig‘imga uzatiladi. ultratovush go‘lqinlar o‘lchanayotgan muhitda 
tarqaladi va suyuqlik-havo chegarasidan qaytadi. Qaytgan to‘lqinlar muhitdan 
teskari yo‘nalishda o‘tadi, nurlatgich 2 ga o‘xshash ultratovush tebranishlar qabul 
qilgichi 3 ga keladi, u yerdan ultratovushli impuls kuchaytirgich 4, vaqt oralig‘ini 
hisoblaydigan qurilma 5 va o‘lchash asbobi (potensiometr) 6 ga keladi. 
Suyuqlik sathi o‘lchash impulsining yuborilishi va qaytishi orasidagi ф vaqt 
bo‘yicha aniqlanadi, ya’ni 
C
H
2


bu yerda: 
Н
- suyuqlik sathi; 
С
- suyuqlikda ultratovushning tarqalish tezligi. 
Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar
ning
 
ishlash prinsipi elektromagnit to‘lqinlari 
tebranish 
parametrlarining 
suyuqlik 
sathiga 
bog‘liqligiga 
asoslangan. 


183 
Radioto‘lqinli usullarga radiolokatsion, radiointerferension, endovibratorli va 
rezonansli usullar kiradi. 
Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlarning ishlashi elektromagnit to‘lqinlarning 
elektr va magnit xossalari bilan farq qiladigan muhitlarning chegarasidan qaytishi 
hodisasiga asoslangan. 
Radioto‘lqinli sath o‘lchagich sxemasi (128-rasm) nur tarqatgich 1, 
elektromagnit energiyasi qabul qilgich 2 va vaqt oralig‘ini o‘lchash qurilmasi 3 
dan iborat. Sath h qiymati nur tarqatgich signalni jo‘natish payti bilan qaytgan 
signal qabul qilgich 2 ga kelgan payt orasidagi vaqtni aniqlash yordamida topiladi. 
Бу катталиклар ушбу муносабат билан боғланган. 
C
h
H






)
(
2

128–rasm. Radiolokatsion sath o‘lchagichi sxemasi.

Download 8,92 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish