Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/106
Sana28.05.2024
Hajmi8,92 Mb.
#256153
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   106
Moddalar sathini gidrostatik o‘lchash asbobi.
 
Gidrostatik sath o‘lchagichlari 
ochiq idish hamda bosim ostidagi idishlarda turli suyuqliklar (jumladan, agressiv, 
tez kristallanuvchi va qovushoq moddalar) sathni o‘lchashda ishlatiladi. 
Gidrostatik sath o‘lchagichlarda suyuqlik sathni o‘lchash suyuqlik ustuni hosil 
qiladigan bosimni o‘lchash bilan amalga oshiriladi, ya’ni
 
P = H∙с∙g, 
bu yerda: Р - suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim, 
Pa
; Н — suyuqlik sathi; 
m
; р- 
suyuqlik zichligi, 
kg/m
3
; g - erkin tushish tezlanishi, 
m/s
2

Suyuqlikning gidrostatik bosimini difmanometr yordamida o‘lchaydigan 
gidrostatik sath o‘lchagichlar 
difmanometrik sath o‘lchagichlar
deb ataladi. 
Suyuqlikning gidrostatik bosimini havo bosimiga o‘zgartiruvchi gidrostatik 
sath o‘lchagich 
pezometrik sath o‘lchagich
 
deb ataladi. 
Difmanometr bilan ochiq va yopiq idishlardagi suyuqliklar sathni, ya’ni bosim 
ostidagi, atmosfera yoki siyraklanish sharoitidagi suyuqliklar sathini o‘lchash 
mumkin. Bunday asboblarning ishlash prinsipi ikki suyuqlik ustunining gidrostatik 
bosimlar farqini o‘lchashga, ya’ni idishdagi suyuqlik sathiga bog‘liq bo‘lgan 
o‘zgaruvchan suyuqlik ustuni bosimini va solishtirish o‘lchovi vazifasini 
bajaruvchi doimiy ustun bo‘yicha bosimlar farqini o‘lchashga asoslangan. 123-


177 
rasmda ochiq idishdagi suyuqlik sathni difmanometr bilan o‘lchash sxemasi 
ko‘rsatilgan. Difmanometr 1 ning ikkala impulsli naychasi nazorat suyuqlik (agar u 
agressiv bo‘lmasa) bilan to‘ldiriladi. Difmanometr sezgir elementiga ta’sir etadigan 
Р
1
va Р
2
bosimlar farqini o‘lchaydi. 
123–rasm. Ochiq idishda suyuqlik sathini difmanometr bilan o‘lchash sxemasi 
124-rasmda bosim ostida (berk idishlarda) suyuqlik sathini difmanometr bilan 
o‘lchash sxemasi ko‘rsatilgan. Muvozanatlashtiruvchi idish 4 idishning havoli 
(bug‘li) bo‘shlig‘i idish 3 ga ulanadi va maksimal sathda o‘rnatiladi. Impulsli 
naycha 2 idishning suyuqlikli bo‘shlig‘iga bevosita ulanadi. Difmanometr 1 bilan 
o‘lchanadigan bosimlar farq

∆Р uchun ifoda difmanometrning musbatli Р
1
va 
manfiyli Р
2
kameralarida hosil qilinadigan bosimlar opqali topilishi mumkin: 
∆P=P
1
-P
2
=[hс
1
-Hс
2
-(h-H)с]∙g=[h(с
1
- с)-H(с
2
-с)]∙g 
bu yerda: с
1
— muvozanatlashtiruvchi idish va impulsli naycha 5 dagi suyuqlik 
zichligi; с
2
— idishdagi suyuqlik zichligi; с — idishdagi havoning zichligi; h
0
— 
idishdagi suyuqlik ustuni; 
h
va 
H
- idishdagi suyuqlik balandligi; 
g
— erkin tushish 
tezlanishi, 
m/s
2



178 
124–rasm. Bosim ostida (berk idishda) suyuqlik sathini difmanometr
bilan o‘lchash sxemasi. 
Sathni difmanometrlar bilan o‘lchash usuli qator afzalliklarga ega: sath 
o‘lchagichlar mustahkam, montaj qilish oddiy va ishonchli ishlaydi. Ularning 
kamchiligi: difmanometrlarning sezgir elementi nazorat qilinuvchi muhitga 
bevosita tegib turadi. Agressiv muhitlarning sathni o‘lchashda difmanometrlar 
uchun maxsus materialdan foydalanishni taqozo qiladi yoki difmanometrga aktiv 
muhit kirib qolishdan, masalan, impuls naychalariga ajratish qurilmalarini ulash, 
impulsli naychalarni toza suv bilan yuvish va hokazodan saqlaydigan 
difmanometrlarni ulash sxemalarini qo‘llanishni taqozo qiladi. 
Bu kamchilikdan gidrostatik sath o‘lchagichlardan bir turi - pezometrik sath 
o‘lchagichlar mustasnodir. 
Pezometrik sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 125-rasmda keltirilgan. Bu 
asboblar zichligi o‘zgarmas suyuqlik ustunining bosimini o‘lchashga 
mo‘ljallangan. Suyuqlik ustunining bosimi uning balandligiga mutanosib ravishda 
o‘zgaradi. Pezometrik sath o‘lchagichlar turli xil: agressiv, agressiv bo‘lmagan va 
qovushqoqligi katta bo‘lgan suyuqliklarni ochiq yoki berk idishlardagi suyuqliklar 
sathini o‘lchashda qo‘llaniladi. Suyuqlik solingan idishga Pezometrik naycha 1 
tushiriladi va uning ustki tomoni manometr 4 bilan parallel qilib havo yoki inert 
gazi manbaiga ulanadi. Unda havoning sarfi drossel 3 bilan cheklanib, rotametr 2 
yordamida nazorat qilib turiladi. 


179 
125 – rasm. Pezometrik sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 
Idishdagi suyuqlik sathining berilgan N balandligida pezometrik naychadan 
suyuqlik orqali chiqadigan havo pufakchalarining har sekundda bittadan chiqishi 
ta’minlangan bo‘lishi kerak. 
Suyuqlik sathi ortsa, naychadagi bosim ortadi, undan chiqadigan pufakchalar 
soni kamayadi, suyuqlik sathi kamaysa, naychadan chiqadigan pufakchalar soni 
ortadi. Bosimning bunday o‘zgarishini manometr 4 o‘lchaydi, manometr shkalasi 
suyuqlik sathiga muvofiq darajalangan bo‘ladi.
 

Download 8,92 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   106




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish