168
avtomatik ravishda saqlash murakkab. Kalorimetrik sarf o‘lchagichlar asosan
gazlar sarfini o‘lchash uchun ishlatiladi.
Gazlar sarfini o‘lchash uchun
ionli o‘lchash
usulidan foydalanish mumkin. Bu
usul quvurdan o‘tayotgan gazlarning radioaktiv nurlanish manbalari yordamida
davriy ionlanishiga asoslangan. Gazning ionlashgan qismi ma’lum vaqt o‘tgach
(bu vaqt gaz tezligiga bog‘liq) nurlanishni qabul qilgichga boradi va bu yerda, tok
impulsi hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng impuls kuchlanadi va bir qator
o‘zgartishlardan so‘ng sarf birligiga keltiriladi. Shu bilan birga harakatdagi oqimga
vaqti-vaqti bilan izotopli radioaktiv nishonlar kiritiladi. Bu nishonlardan
chiqadigan impulslar qabul qiluvchi qurilma orqali tutiladi va qator o‘zgartuvchi
elementlar yordamida o‘lchash asbobiga uzatiladi.
Ionli asboblar ishda g‘oyat qulay va ishonchli, ammo ularni ishlatish,
qo‘zg‘atish va ta’mirlash uchun maxsus xizmat xonasi, xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlar talab qilinadi, radioaktiv nurlanishdan tegishli himoya kerak bo‘ladi.
Shuning uchun, amalda sarfni o‘lchash uchun neytral nurlanish, masalan,
ultratovush nurlanish ma’qulroq.