|
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarningBosim
signalizatorlari.
Boshqarish
obyektlarini
yuqori
bosimdan
himoyalash, ortiqcha bosimni “chiqarib yuborish” yoki texnologik jarayonni
to‘xtatishga mo‘ljallangan bosim signalizatorlaridan foydalaniladi.
Bosim signalizatorlari ham defarmatsion bosimni o‘lchash asboblari kabi
sezuvchi elementiga nisbatan
prujinali, membranali, silfonli
bo‘lishi mumkin. Juda
katta bosimlar uchun porshenli bosimni o‘lchash asboblaridan ham foydalaniladi.
107-rasm. Membranali (a) va silfonli (b) bosim signalizatorlari.
a) 1-bog‘lovchi detal (shtok); 2-mebrana; 3-datchik bo‘shlig‘i; 4-shtutser (sirti rezbali kalta
trubka); 5-prujina; 6- mikropereklyuchatel;
b) 1-mikropereklyuchatel; 2-zadatchik prujinasi ; 3-turtkich; 4-silfon; 5- shtutser
Membranali bosim signalizatoridagi
(107, a-rasm) yassi membrana 2
bog‘lovchi detal (shtok) 1 bilan bog‘langan. Shtutser 4 orqali datchik bo‘shlig‘iga
kelayotgan bosim o‘zgarganda (oshganda yoki kamayganda) shtok 1 signalizator
korpusiga o‘rnatilgan mikropereklyuchatel 6 ni ulaydi (yoki uzadi). Signalizatorni
ishlash diapazonini rostlash uchun prujina 5 dan foydalaniladi.
Silfonli signalizatorlar (107,b-rasm) kichik bosimlarni nazorat qilish uchun
mo‘ljallangan. Shtutser 5 orqali kelayotgan bosim o‘zgarganda silfon 4
deformatsiyalanadi. Deformatsiya hisobiga hosil bo‘lgan kuch prujina 2 ning aks
ta’sirini yengib turtkich 3 orqali mikropereklyuchatel 1 ni ulaydi yoki uzadi.
158
Texnologik jarayonlarni boshqarishda va himoyalashda ДН, ДT, РД, ЭКМ
kabi bosim signalizatorlaridan keng foydalaniladi. 108-rasmda РД-12 tipli bosim
relesining prinsipial sxemasi keltirilgan.
108-rasm РД-12 bosim relesining prinsipial sxemasi:
1,6–richaglar; 2-silfon; 3-turtkich; 4-korpus; 5-o‘q; 7-shkala; 8,14-prujinalar; 9-
ko‘rsatgich; 10-differensial vinti; 11-o‘rnatma shkalasi; 12-o‘rnatma vinti; 13-o‘rnatma
ko‘rsatgichi; 15-mikropereklyuchatel.
Bosim relesi texnologik jarayon bosimini nazorat qilish va signal berish
uchun mo‘ljallangan. Relening sezgir elementi silfon. Releni ishlash prinsipi silfon
2 ga ta’sir qiluvchi bosim kuchi bilan rostlovchi prujina 14 ning egiluvchan
deformatsiya kuchini muvozanatlashtirishga asoslangan. O‘lchanayotgan bosim R
oshganda silfon 2 deformatsiyalanadi (ochilib ketadi) va prujina 14 ning qarshilik
kuchini yengadi. Bosim o‘rnatilgan qiymatga yetganda (shkala 11), richag 1
mikropereklyuchatel 15 kontaktlarini almashlab ulaydi. Bosim R shkala 7 bo‘yicha
prijina 8 orqali o‘rnatilgan differensialdagi qiymatgacha pasayganda, richag 1
mikropereklyuchatel 15 ni kontaktlarini teskarisiga almashlab ulaydi.
|
| |