|
– rasm. Sig‘imli manometr sxemasi.
Qarshilik manometrlarning
105 – rasm. Sig‘imli manometr sxemasi.
Qarshilik manometrlarning
ishlash prinsipi sezgir element qarshiligining
tashqi bosim ta’sirida o‘zgarishiga asoslangan. Sezgir element sifatida manganin,
platina, konstantan, volfram, yarimo‘tkazgichlardan foydalaniladi. Manganinning
elektrik qarshilik orttirmasi
R
ning bosim Р ga nisbatan chiziqli bog‘lanishi:
RP
K
R
p
,
bu yerda
p
K
- manganin qarshiligining o‘zgarish koeffitsiyenti (1/Pa); R-qarshilik
(Om).
Yarimo‘tkazgichli datchiklarning pyezokoeffitsiyenti manganinnikidan ming
marta ortiq, lekin datchiklar qarshiligining bosimga bo‘lgan bog‘lanishi
nochiziqlidir. Bundan tashqari, katta miqdordagi gisterezis mavjud bo‘lib,
temperatura ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Yarimo‘tkazgichli qarshilik datchiklari
mexanik jihatdan pishiq emas, ular 10 mPa dan ortiq bosimlarni o‘lchashga
yaroqsiz.
Elektr qarshilik usuli bo‘yicha bosimni o‘lchashda sezgir element sifatida
tenzodatchiklar qo‘llaniladi. Tenzometrning ishlash prinsipi kuch yoki unga
mutanosib bo‘lgan deformatsiyani deformatsiyalangan jismga yopishtirilgan sim
qarshiligining o‘zgarishiga aylantirishdan iborat.
Pezoelektrik manometrlarning
ishlash prinsipi ba’zi kristall moddalarning
mexanik kuch ta’sirida elektr zaryad hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu
156
hodisaga pyezoeffekt deyiladi. Pezoeffekt kvars, turmalin, segnet tuzi, bariy titanat
va shu kabi boshqa moddalar kistallarida kuzatiladi.
F – kuch ta’sirida kristall plastinka yuzalarida paydo bo‘ladigan elektr zaryad:
F
K
Q
P
,
bu yerda
P
K
- pezoelektrik doimiy (
Kl/N
), masalan kvars uchun
P
K
=2,1*10
-12
Kl/N
.
106 – rasm. Pezoelektrik manometr sxemasi.
106-rasmda
pezoelektrik
manometrning
sxemasi
ko‘rsatil-gan.
O‘lchanayotgan bosimni membrana 4 kuchga aylantiradi, bu kuch esa diametri
5mm va qalinligi 1mm bo‘lgan kvars plastinalar 2 ning ustunlarini siqilishga
majbur qiladi. Vujudga kelayotgan Q elektr zaryad chiqishlar 1 orqali katta kirish
qarshiligiga (1013 Om) ega bo‘lgan elektron kuchaytirgich 5 ga uzatiladi.
Zaryadning qiymati o‘lchanayotgan R bosim bilan quyidagicha bog‘langan:
Q=K
P
·S·P
bu yerda, S — membrananing samarali yuzi.
Asbobning inersionalligini kamaytirish uchun kamera 3 ning hajmi
minimallashtiriladi.
100 mPa (1000 kgk/sm
2
) gacha bosimlarni o‘lchashga imkon beruvchi
pezokvarsli manometrlar tez o‘zgaruvchi bosimlarni o‘lchashda keng qo‘llanadi.
Pezoeffektning afzalligi uning inersionsizligidir. Bu asboblar bosimlari tez
o‘zgaradigan jarayonlar (masalan, portlash)ni o‘rganishda juda qulay.
|
| |