Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/106
Sana28.05.2024
Hajmi8,92 Mb.
#256153
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106
 
Temperatura signalizatorlari. 
Nazorat qilinadigan parametrlarni belgilangan 
qiymatdan og‘ishini bildiruvchi (signal beruvchi) va pozitsiyali rostlash (ulash, 
uzish) ga mo`ljallagan avtomatik elementlarga texnologik signalizatorlar deyiladi. 
Signalizatorlarni o`lchash asboblaridan farqi ko`rsatish shkalalarini bo`lmasligi va 
ularning o`rniga kontaktlar o`rnatilishi bilan izohlanadi. Signalizatorlarda ishga 
tushish diapazonini rostlash mexanizmlari bo`lib, ular ishlash diapazonini 
o`zgartirish imkonini beradi.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilishda, avariyalarni oldini olish va bartaraf 
qilishda texnologik signalizatorlardan foydalaniladi.
Nazorat qilinadigan parametrga nisbatan signalizatorlar, tempeatura 
signalizatorlari, bosim signalizatorlari, sarf signalizatorlari va shu kabi boshqa 
tiplarga bo`linadi. 
Ishlash printsipiga nisbatan temperatura signalizatorlari 
simobli, manometrik, 
bimetall, dilatometrik va termistorli
signalizatorlarga bo`linadi. 
Simobli signalizatorlar 
tuzilishi bo`yicha simobli termometrlarga o`xshaydi. 
Signalizatorning kapillyariga elektrik kontaklar kavsharlangan. Temperatura oshsa 
simob kontaklar bilan ulanadi (96-rasm).
TK tipidagi simobli signalizatorlar -5
o
C dan to +300
o
C gacha bo`lgan 
oraliqdagi temperaturani nazorat qilish uchun qo`llaniladi.


144 
96-rasm. Simobli signalizator: 
1-korpus; 2-kapillyar; 3-shkala; 4-kontaktlar; 5-kengayish nayi.
Manometrik signalizatorlar
suyuqlik va gazlarni temperaturasini nazorat 
qilish uchun qo`llaniladi. ТПГ-SK tipdagi manometrik signalizatorni tuzilishi 97-
rasmda ko`rsatilgan.
TP-1, TДK va TДД tipidagi ikki pozitsiyali termoregulyatorlar –30
o
С dan to 
+50 
o
С gacha bo`lgan oraliqlarda ishlaydi.
Bimetall signalizatorlar
modifikatsiyasiga bog‘liq holda –30 
o
С dan to +250 
˚С gacha bo`lgan oraliqlarda ishlaydi.
Har xil chiziqli kengayish koeffisiyentiga ega bo`lgan ikkita metall 
qotishmasi (bimetall) dan iborat sezgir element temperaturaga bog‘liq holda 
bukiladi va datchik uchlaridagi qo`zg‘aluvchi kontaktlar qo`zg‘almas kontaktlar 
bilan ulanadi. Deformatsiyalanish (bukilish) qiymati temperaturaga bog‘liq. 
Masalan, temperatura oshsa, bukilish temperatura koeffisiyenti kichik bo`lgan 
plastinka tomon bo`ladi. 
Dilatometrik signalizatorlar
suyuqliklar temperaturaini o`lchashda hamda 
temperaturani ma`lum darajada avtomatik ravishda saqlash uchun va 
signalizatsiyada qo`llaniladi.


145 
97-rasm. TПГ-СК tipli manometrik termometr: 1-termobalon; 2-kapillyar; 3-sektor; 4-datchik 
(manometrik trubka); 5-trubka; 6,10-o`rnatma kontaktlar; 7-tizgin; 8-strelka; 9-shkala;
11-zajimlar.
 
Termistorli signalizatorlar
dan temperaturani –30
o
S dan to +100
o
S gacha 
bo`lgan oraliqda rostlash uchun foydalanildi. Termistorli signalizatorlarda datchik 
sifatida termoqarshiliklar – termistorlar qo`llaniladi. Temperaturani oshishi 
hisobiga termistorlarning elektrik qarshiliklari kamayadi. ПТР va ATВ tipli yarim 
o`tkazgichli 
termistorli 
termoregulyatorlardan 
ishlab 
chiqarishda 
keng 
foydalaniladi. ПТР tipida regulyatorlar temperaturani –30 
o
С dan to +100 
o
С 
gacha, ATВ tipidagi regulyator +24
o
С dan to +131
o
С gacha rostlaydi.
98-rasm. ATV -229 temperatura signalizatorining elektrik sxemasi: 
TDP – temperatura datchik; K – kalit; KA, KA
1, 
KA
2
, KA
3
, KA
4
– relelar; D1...D4 - diodlar;
L- signal lampasi; C - kondensator. 


146 
ATV-229 tipli regulyatorlar elektr mashinalarini cho`lg‘amlari issiqligini 
nazorat qilishda qo`llaniladi (98-rasm).
Gazli va suyuqlikli muhitlarni temperaturasini nazorat qilishda ПТР tipidagi 
regulyatordan foydalaniladi.

Download 8,92 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish