Gazli termometrlar.
Gazli termomatrlarning ishlash prinsipi temperatura
ta’sirida gaz hajmining va uning bosim kuchining ortishiga asoslangan. 86-rasmda
ana shunday gazli termometrlardan birining sxemasi berilgan. Rasmdan
ko‘rinadiki, C idishdagi gazning hajmi temperatura ko‘tarilishi bilan ortadi va
uning B idishdagi suyuqlikka bosim kuchi ham ortadi. Buning natijasida suyuqlik
A shisha naycha bo‘ylab yo‘qoriga ko‘tariladi, bu naycha ta’sir etuvchi bosim
kuchiga proporsional ravishda Selsiy shkalasida gradiurovkalangan. Shkala
bo‘yicha temperatura qiymatini bevosita aniqlab olish mumkin.
86-rasm. Gazli termometrning sxemasi.
135
Manometrik termometrlar
. Bu asboblar moddalar hajmi o‘zgarmas
bo‘lganda temperatura o‘zgarishi bilan bosimning o‘zgarishiga asoslangan.
Manometrik termometrlarning ishlash prinsipi yopiq hajmdagi gaz, suyuqlik
va to‘yingan bug‘lar bosimining temperaturaga bog‘liq ravishda o‘zgarishiga
asoslanadi. Ushbu termometrlar portlash xavfi mavjud bo‘lgan ishlab
chiqarishlarda keng qo‘llaniladi.
Konstruktiv jihatdan termometr nazorat qilinayotgan muhitga botiriladigan
termoballon
1
, bosimni о‘lchovchi manometr
3
va termoballon bilan manometrni
bog‘lab turuvchi kapillyar
2
dan tashkil topadi (87-rasm). Bunday termometrlar -
200 dan 600 °C gacha bо‘lgan temperaturalarni о‘lchash uchun ishlatiladi.
87-rasm. Маnometrik termometrning umumiy sxemasi: 1-termoballon; 2-kapilyar; 3-manometr.
Gazli manometrik termometrlar
-200 dan 600 °C gacha intervaldagi
temperaturalarni о‘lchash uchun qо‘llaniladi. Quyi о‘lchash chegarasi -200 dan
+200 °C gacha bо‘lgan intervaldan, yuqori chegarasi esa 50 dan 600 °C gacha
bо‘lgan intervaldan tanlanadi.
Termometr temperaturai o‘lchanadigan muhitga tushurilgan termoballondan 1,
kapillyardan 2 va manometrik prujinadan 3 va korpus 4 dan iborat (88-rasm).
Tо‘ldiruvchi modda sifatida
geliy
(past temperaturalarda),
azot
(о‘rta
temperaturalarda) yoki
argon
(yuqori temperaturalarda) ishlatiladi.
Atrof-muhit havosi temperaturaining о‘zgarishi kapillyardagi ishchi modda
va manometrik prujinaning kengayishiga ta’sir kо‘rsatib, termometrning
kо‘rsatishi va bosimni о‘zgarishiga olib keladi. Ushbu ta’sirlarni kamaytirish
136
maqsadida prujina kapillyarning ichki hajmini temoballonning hajmiga nisbati
kamaytiriladi, buning uchun termoballonning uzunligi va diametri oshiriladi.
Gazli termometrlarning aniqlik sinfi 1 yoki 1,5 bо‘ladi. Ular kо‘rsatuvchi yoki
о‘ziyozar qilib, ba’zi hollarda qо‘shimcha qurilmalar bilan ta’minlangan holda
ishlab chiqariladi.
88–rasm. Gazli manometrik termometrning umumiy ko‘rinishi.
Kondensatsion manometrik termometrlar
-25 dan 300 °C gacha bо‘lgan
intervaldagi temperaturani о‘lchash uchun ishlatiladi. Quyi о‘lchash chegarasi -25
dan 100 °C gacha, yuqori chegarasi 35 dan 300 °C gacha bо‘lgan intervaldan
tanlab olinadi va о‘lchash diapazoni 50 dan 150 °C gacha bо‘lgan oraliqda
о‘zgarib turadi. Termometrning termoballonini taxminan
4
3
qismi qaynash
temperaturai past bо‘lgan suyuqlik (atseton, freon) bilan, qolgan qismi esa ushbu
suyuqlikning tо‘yingan bug‘i bilan tо‘ldiriladi. Kapillyar va prujina ham suyuqlik
bilan tо‘ldirilgan bо‘ladi. Termoballondagi suyuqlikning miqdori shunday bо‘lishi
kerakki, eng yuqori temperaturada ham suyuqlikning hammasi bug‘ga aylanib
ketmasligi lozim. Termometrik suyuqlik sifatida
freon-22
(quyi temperaturalar
uchun),
xlorli metil, xlorli etil, atseton, toluol, spirt
(о‘lchash chegarasining
о‘sishiga
qarab)
ishlatiladi.
Kondensatsion
manometrik
termometr
termosistemasidagi bosimtemperaturai termometrning termoballoni tushirilgan
muhit temperaturai bilan aniqlanadigan ishchi suyuqlikning tо‘yingan bug‘ini
bosimiga teng bо‘ladi. Tо‘yingan bug‘ bosimining temperaturaga bog‘liqligi
137
nochiziqli bо‘lib, о‘lchanayotgan temperatura kritik qiymatdan oshib ketmasa, bir
qiymatli hisoblanadi.
Termotizimdagi bosim faqatgina о‘lchanayotgan temperaturaga bog‘liq
bо‘lganligi uchun termometrning kо‘rsatishiga atrof muhitning temperaturai ta’sir
kо‘rsatmaydi. Termoballon va о‘lchash asbobining joylashish balandliklariga
bog‘liq tarzda gidrostatik xatolik yuzaga keladi. Ushbu xatolikni kamaytirish
uchun kapillyarning uzunligi 25 metrdan oshmaydigan qilib belgilangan.
Kondensatsion manometrik termometrlarda bosim yuqori bо‘lmagan paytda
shkalaning boshlanish sohasida barometrik xatolik yuzaga kelishi mumkin. Qolgan
hollarda barometrik xatolikning qiymati e’tiborga olinmas darajada kichik bо‘ladi.
Kondensatsion manometrik termometrlar kо‘rsatuvchi qilib ishlab chiqariladi,
qо‘shimcha elektr kontaktli qurilma bilan ta’minlangan bо‘lishi ham mumkin.
Termometrlarning aniqlik sinfi 1 yoki 1,5 bо‘ladi.
Suyuqlikli manometrik termometrlar
keng tarqalmagan bо‘lib, ular -50 dan
300 °C gacha bо‘lgan temperaturalarni о‘lchash uchun qо‘llaniladi. Quyi о‘lchash
chegarasi -50 dan 100 °C gacha, yuqori chegarasi 50 dan 300 °C gacha bо‘lgan
intervaldan tanlab olinadi va о‘lchash diapazoni 50 dan 300 °C gacha bо‘lgan
oraliqda о‘zgarib turadi. Termometrik suyuqlik sifatida quyi temperaturalar uchun
PMS-5, yuqori temperaturalar uchun esa PMS-10 ishlatiladi. Suyuqlikli
manometrik termometrlarning ishchi suyuqligi amalda umuman siqilmaydi.
Shuning uchun ham temperatura о‘zgarganda suyuqlik hajmini о‘zgarishiga mos
ravishda manometrik prujina о‘zining ichki hajmini о‘zgartiradi va ishchi suyuqlik
hajmining о‘zgarishi termotizimdagi bosimning о‘zgarish diapazoni bilan mos
tushadi. Bunda bosim prujinalarning qattiqligiga bog‘liq bо‘lib, turli manometrik
prujinalar uchun turlicha bо‘lishi mumkin.
Suyuqlikli manometrik termometrlarda barometrik bosimning о‘zgarishi
hisobiga yuzaga keluvchi xatolik tizimdagi bosim singari ahamiyatga egadir.
Suyuqlikli manometrik termometrlarda atrof muhit temperaturaini о‘zgarishi
xatolikni yuzaga keltiradi. Ushbu xatolikni kamaytirish uchun temperaturali
kompensatsiyalashning turli usullari ishlatiladi.
138
Termoballon va о‘lchash asbobining turli sathlarda о‘rnatilishi tufayli
suyuqlikli manometrik termometrlarda gidrostatik xatolik yuzaga keladi.
Gidrostatik xatolikni kamaytirish maqsadida kapillyarning uzunligi 10 metrgacha
qisqartiriladi. Suyuqlikli termometrlar kо‘rsatuvchi qilib, 1 yoki 1,5 aniqlik sinfi
bilan ishlab chiqiladi.
Manometrik termometrlar titrash sharoitlarida, shuningdek portlash va
yong‘in xavfi mavjud binolarda ham ishlashi mumkin. Termometrning xatoliklar
manbai: barometrik bosim va atrof muhit temperaturaining о‘zgarishi, termoballon
va manometrning о‘zaro joylashish xarakteri.
|