134
termometrlar ilmiy izlanishlarda qо‘llaniladi va tо‘la botirilish bо‘yicha
darajalanadi. Ularning quyi о‘lchash chegarasi -30 dan 300 °C gacha bо‘lgan
diapazon ichida, yuqori chegarasi 20 dan 600 °C gacha bо‘lgan diapazon ichida
yotadi. Bо‘limlarining qiymati 0.1 dan 2 °C gacha bо‘lgan oraliqda yotadi. Xatolik
chegarasi bо‘lim qiymati va о‘lchash diapazoniga bog‘liq bо‘lib, 0,3 dan 4 °C
gacha bо‘ladi (bu bо‘lim qiymatini oshirib yuborishi mumkin).
Texnik termometrlar faqatgina quyi tо‘g‘ri yoki burchak ostida egilgan (90
yoki 120° burchak ostida, 85-rasm) qismi botirilgan holatda darajalanadi. Ular
maxsus vazifa (medisina, metrologiya va boshqalar uchun) yoki maxsus texnik
xarakteristika (titrashga chidamli, elektrkontaktli) ga ega bо‘lishi mumkin.