130
termodinamik shkala va Farengeyt shkalasi bo‘yicha hisoblangan temperatura
munosabati quyidagicha:
t
0
C = T
0
K - 273,15 = 0,556(n
0
F - 32)
bu yerda: n — Farengeyt shkalasi bo‘yicha graduslar soni.
Hozir 1968-yilda qabul qilingan va 1971-yil 1-yanvardan majburiy joriy
etilgan Xalqaro amaliy harorat shkalasi (XAHSH-68) qo‘llaniladi. XAHSH-68
temperaturani 13,81 dan 6300°K gacha oraliqda o‘lchashni ta’minlaydi.
Quyidagi 4-jadvalda temperaturani o‘lchash uchun qo‘llaniladigan turli
shkalalarda muzning erish va suvning qaynash temperaturalarining qiymatlari
keltirilgan.
4- jadval
Temperaturani o‘lchash uchun qo‘llaniladigan turli shkalalarda muzning
erish va suvning qaynash temperaturalari
Shakala
turi
Nomi
Selsiy
shkalasi,
0
C
Kelvin
shkalasi,
0
K
Farangeyt
shkalasi,
0
F
Reomer
shkalasi,
0
R
Muzning erish
temperaturasi
0
275,15
32
0
Suvning qaynash
temperaturasi
100
375,15
212
80
Temperaturani o‘lchash uchun bir qancha turdagi o‘lchash vositalari
yaratilgan. Shulardan ayrimlari bilan tanishamiz.
Temperaturani o‘lchash vositalari o‘lchash jarayonida o‘lchash obyekti bilan
bevosita kontaktda bo‘lishi va kontaktsiz holda bo‘lishimumkin. Shunga ko‘ra ular
ikki turga bo‘linadi:
1. Temperaturani kontaktli usulda о‘lchashga mо‘ljallangan barcha
temperatura о‘lchash vositalari