Mexanik tarozilar. Mexanik turdagi tarozilarning tuzilishi va ishlash
prinsipi juda oddiy bo‘lib, ular o‘lchash jarayonidan oldin maxsus to‘g‘rilash,
sozlashni talab etmaydi. Ularda o‘lchanadigan yuk massasi ichki yoki tashqi
muvozanatlovchi posangi bilan o‘zaro taqqoslanadi (solishtiriladi). Massani
baholash
uchun
muvozanatlash
indikatori
qo‘llaniladi.
Standart
muvozanatlagichlar sifatida tarozi toshlari, prujinalar, gidravlik yoki pnevmatik
uskunalar qo‘llaniladi.
Bu turdagi tarozilar murakkab bo‘lmagan tuzilishga ega, bu esa uning ishchi
parametrlarini turli sharoitlarda ham saqlab qolishini ta’minlaydi.
Mexanik tarozilardan bir necha yil davomida foydalanish mumkin. Mexanik
tarozilarning o‘rtacha ekspluatatsiya muddati 10 yilga teng. Bu tarozilarning yana
bir afzallik tomoni ularning narxi ancha arzonligidir, ularni tayyorlashda latun,
nikel va plastmassa kabi materiallardan foydalaniladi.
Massa o‘lchash uskunalari majmuasiga milligrammli va grammli tarozi
toshlari ham kiritiladi, bu esa o‘lchash natijalarining ishonchliligini oshiradi.
Quyidagi rasmlarda ayrim turdagi va ko‘rinishdagi mexanik tarozilarning
umumiy ko‘rinishlari va sxemalari keltirilgan (75-77 -rasmlar).
75 - rasm. Turli mahsulotlarni tortishga
mo‘ljallangan mexanik tarozi PП200-Ш-13М.
76- rasm. Sanoat sohasida qo‘llaniladigan
mexanik tarozi.
122
77- rasm.
Seca 709 rusumli mexanik tarozi.
Laboratoriya tarozilari. Laboratoriya tarozilari quyidagi guruhlarga
ajratiladi: 1) analitik guruhdagi tarozilar; 2) umumlaboratoriyaviy yoki texnik
tarozilar; 3) maxsus tarozilar.
Analitik guruhdagi tarozilar o‘z navbatida analitik, yarimmikroanalitik,
mikroanalitik, ultramikroanalitik tarozilarga ajratiladi.
XX asrning ikkinchi yarmi boshlariga kelib ikki pallali tarozilar o‘rnini uch
prizmali shayinga ega tinchlantirgichzis tarozilar egallay boshladi. Keyinchalik
ularning o‘rnini tengyelkali tinchlantirgichli, o‘lchash natijasini ifodalovchi
shkalali tarozilar egalladi (78-rasm). Bu tarozilarda tortish vaqti 1-3 minutni
tashkil etadi.
XX asrning 60-yillariga kelib ikki prizmali, bir yelkali yoki bir pallali
tarozilar paydo bo‘ldi(79-rasm). Ushbu tarozilarda tortish uchun ketadiga vaqt 60
sek atrofida.
123
78-rasm. Teng yelkali uch prizmali analitik guruhdagi laboratoriya tarozisi: 1- tarozi shayini; 2-
tinchlantirgich; 3-ko‘rsatish mexanizmi tutqichi; 4-shkalai ekran; 5- tarozi pallasi; 6-ustun; 7-
arretir-izolir dastasi.
79-rasm. Bir yelkali ikki prizmali analitik guruhdagi laboratoriya tarozisi:
1-tarozi shayini; 2-posangi; 3-tinchlantirgich; 4-shkala; 5-traversa; 6-toshlar; 7-ilgak; 8-yuk
qo‘yiladigan palla; 9,10 – tayanch va yuk qabul qiluvchi prizmalar va yostiqchalar; 11-ustun; 12-
arretir-izolir dastasi.
Teng yelkali tarozi shayini o‘rniga ikki prizmali richagh – kvadrant
qo‘llanilgan tarozilar yaratildi (80-rasm). Bunda tortiladigan yukning og‘irlik
kuchi ta’sirida muvozanat holatining dastlabki vaziyatga nisbatan o‘zgarishi
tenglashtiruvchi kuchni keltirib chiqaradi. Ushbu tarozilarda proeksion shkala va
optik nonius qo‘llanilgan. Asbobni noto‘g‘ri o‘rnatishdagi ta’sirlarni kamaytirish
maqsadida optik tizimli qurilma yordamchi richag-mayatnikka o‘rnatilgan.
124
Tarozida richag va shayin tebranishlarini davomiyligini kamaytirish uchun
maxsus magnit tinchlantirgich ekran o‘rnatilgan.
Tortiluvchi yuk kuchlanishi bir tomoni ustunga va ikkinchi tomoni tarozi
asosiga mahkamlangan prujina bilan kompensatsiyalanadi.
80-rasm. Proyeksion shkalali kvadrant tarozi: a – umumiy ko‘rinishi; b – sxemasi: 1-
tarozi pallasi; 2-kvadrant-posangi; 3-og‘ish burchagi proyeksion shkala yordamida aniqlanadigan
richag; 4-proyeksion shkala; 5-yorug‘lik huri dastasi; 6-shkala tasvirini ekranga chiqaruvchi
qurilma.
Fan-texnikaning yutuqlari asosida zamonaviy avtomatik boshqariladigan
electron tizimli tarozilar yaratildi. Bu tarozilarda o‘lchash qismining boshlang‘ich
holatdan og‘ishi natijasida datchik elementlarining o‘zaro joylashish holatlari
o‘zgaradi va natijada elktron blokda signal hosil bo‘ladi, bu signal og‘ish kattaligi
va yo‘nalishi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Signal kuchaytiriladi va
o‘zgartirirlib kuch o‘yg‘otuvchi g‘altakka uzatiladi. G‘altak tarozi asosiga
mahkamlangan va o‘lchash qismidagi doimiy magnit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Kuch o‘yg‘otuvchi g‘altakdagi hosil bo‘lgan tok mos ravishda massa birliklarida
gradiurovkalangan raqamli mikropermetr yordamida o‘lchanadi. 81-rasmda
elektron laboratoriya tarozisining sxemasi, 82-rasmda esa umumiy ko‘rinishi
keltirilgan.