115
Har ikki karetkaning yo‘naltiruvchilari kam ishqalanishi va o‘rnatishning
yuqori aniqligini ta’minlovchi soqqali podshipniklarda bajarilgan. Vertikal
yo‘nalishda mikroskop kronshteyni kremalera (6) yordamida suriladi, tugal
fokuslash uchun tubus kerakli holatga halqa (10) ni aylantirish bilan keltiriladi.
Mikroskop almashinuvchi obyektiv (1) va burchak o‘lchovchi, profil va qo‘sh
tasvirli kallaklar bilan jihozlangan. УИМ-21 mikroskopining o‘lchash ko‘lami
bo‘ylama yo‘nalishda 0 dan 200 mm gacha, ko‘ndalang yo‘nalishda 0 dan 100 mm
gacha, burchak oichamlari 0 dan 360° gacha (burchak kallagining bo‘linmalari l' ga
teng). Bosh mikroskopining kattalashtirishi qo‘llangan obyektivga qarab, 10; 15;
30 yoki 50 martagacha bo‘ladi. Proyeksiyalovchi mikroskop УИМ-23 ni ta’rifi
УИМ-21 ga o‘xshaydi. Unda bosh va sanash mikroskoplari ishni osonlashtiruvchi
proyeksiyalash qurilmalari (1, 2) va (3) ga almashtirilgan. УИМ-23 mikroskopida
УИМ-21 dan farqlovchi ravishda o‘tirib ishlash mumkin, bu kuzatuvchi ishini
yengillashtiradi va mehnat unumdorligini oshiradi.