113
mm) va ko‘ndalang (75 mm) shkalalarga ega. Stol (2) bo‘ylama va ko‘ndalang
yo‘nalishlarda erkin harakatlanadi, bu dastlabki o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. Stolni
aniq o‘rnatilishi mikrouzatma mexanizmlari (1) va (9) orqali amalga oshiriladi.
Shisha shkalalar qo‘llanilgani tufayli stolni bunday harakatlanish tizimi o‘lchashga
sarflanadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartiradi. Mikroskop tubusini balandlik
bo‘yicha dastlabki va aniq o‘rnatish maxovikchalar (7) o‘qlari bajariladi, bu
mikroskop moslanishini osonlashtiradi. Tubusning vertikal bo‘yicha siljishini
bo‘linmalarning qiymati 0,1 mm ga teng bo‘lgan nonius shkala (5) dan sanasa
bo‘ladi. Mikroskop stoykasini maxovikcha (11) yordamida +15° ga engashtirish
mumkin, bunda engashish burchagi tuynukcha (12) da ko‘rinadi.
Stoykaning vertikal holati esa rangli chiroqcha (13) yonganda muayyan
mahkamlanadi. Mikroskop ikkala ko‘z bilan kuzatish uchun binokulyar tubus (3)
bilan jihozlangan, bu nazoratchi uchun katta qulayliklar yaratadi va uning ish
unumdorligini oshiradi. Tubus ustida doimiy ekran (4) o‘rnatilgan. Vizual
kuzatishdan proyeksion kuzatishga o‘tish dasta (6) ni burish bilan amalga
oshiriladi. Rezbalar profili, aylana yoylari va hokazo tasvirlari bor okulyar turlari
(8) mikroskopga bir necha sekund ichida o‘rnatiladigan yassi chorcho‘plar shaklida
bajarilgan.