117
Tarozilarni qo‘llanilish sohasi bo‘yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin:
etalon tarozilar (tarozi toshlarini qiyoslash uchun ishlatiladi); laboratoriya tarozilari
(shu jumladan analitik tarozilar); umumiy qo‘llaniluvchi tarozilar (fan, texnika va
xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘laniladigan tarozilar).
Ishlah prinsipiga ko‘ra esa quyidagi turlarga bo‘linadi: richagli tarozilar;
prujinali tarozilar; elektrotenzometrik tarozilar; gidrostatik tarozilar va gidravlik
tarozilar.
69-rasm. Qadimgi Misr richagli tarozisi.
70-rasm. Teng yelkali richagli tarozi sxemasi: О —
tarozi shayini (AB) ning tayanch nuqtasi; С va P
0
—
strelkali shayinning tortilish markazi va og‘irligi; ОС
= с — shayinning tayanch nuqtasi bilan tortilish
markazi orasidagi masofa; Р —jism og‘irligi; р —
shayinning tortilish markazining siljishini
muvozanatlashtiruvchi ortiqcha yuk; l — shayin
yelkasi; r — strelka uzunligi; h — strelkaning
og‘ishi.
71-rasm. Yelkalari teng bo‘lmagan richagli tarozining sxemasi: P – doimiy o‘zgarmas yuk; N –