111
Vertikal interferometr konstruksiyasini (65b-rasm) og‘ir ustunga o‘rnatilgan
interferometr naychasidek tasavvur qilish mumkin. Joriy va tekshiriluvchi
o‘lchovlar stol (14) da joylashtiriladi. Operatordan chiqqan issiqlikni chegaralash
uchun ekran (13) o‘rnatilgan. Gorizontal interferometrlar ham mavjud, lekin ular
kam tarqalgan. Interferometr naychasi bo‘linmalarining qiymati 0,05 mkm dan 0,2
mkm gacha o‘zgartirilishi mumkin. Shkala bo‘linmalarining soni 100 (±50); bu
ko‘rsatish ko‘lamini joriy qiladi. Vertikal interferometrning o‘lchash ko‘lami 150
mm gacha, gorizontalniki - 500 mm gacha bo‘ladi.