Optik-mexanikaviy o‘lchash vositalari




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/106
Sana28.05.2024
Hajmi8,92 Mb.
#256153
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106
3.9. Optik-mexanikaviy o‘lchash vositalari
Konstruksiyasida optika va mexanika ishlash prinsiplari qo‘shilgan asboblar 
optik-mexanikaviy o‘lchash vositalari
deb ataladi. Bu asboblarda optik ishlash 
prinsipi vizirlash (o‘lchanuvchi o‘lcham chegarasini vizir chizig‘i va hokazoga 
to‘g‘rilash) uchun yoki o‘lchanuvchi o‘lcham qiymatini aniqlash uchun qo‘llanadi. 
 
Optimetr
- o‘zgartiruvchi elementi pishang-optika mexanizmiga ega, chiziqli 
o‘lchamlarni o‘lchov bilan qiyoslovchi asbob (63-rasm). Bu asbobda bevosita 
o‘lchovchi kallak sifatida optimetr naychasi xizmat qiladi. Bu naychalar okulyar va 
proyeksion (ekran) turida bo‘lishi mumkin. Okulyar turidagi naychada kuzatuvchi 
okulyarga qarab, o‘lcham qiymatini shkala bo‘yicha o‘qiydi, proyeksion turli 
naychada esa sanash ekranda amalga oshiriladi. 
Optimetr naychasining ishlash tamoyili o‘lchanuvchi yuza bilan kontaktda 
bo‘lmish, o‘lchovchi tayoqcha bilan bikir bog‘langan chayqaluvchi ko‘zgudan 
olingan avtokollimatsion tasvir olishga asoslangan. Nurlar oqimi ko‘zgu (4) orqali 


106 
(63-rasm) naychaga yo‘naltiriladi va prizma (3) daт o‘tib, plastinka (1) dagi 
shkalani yoritadi. Naychaning ixchamligi va г bilan ishlash qulayligini taэminlash 
uchun shkala tasvirini prizma (10) 90
o
ga buradi. Obyektiv (9) ning o‘qidan 
chetroq bo‘lgan yuza qismidan o‘tib shkala tasviri ko‘zgu (8) ga tushadi va undan 
qaytib, obyektiv (9) n o‘qidan boshqa tomoniga tushadi. Undan keyin, shkala 
tasviri prizma (10 ning boshqa qismidan qaytadi va plastinka (1) ning boshqa, 
qo‘zg‘alma: mil shaklidagi ko‘rsatkich belgilangan joyiga tushadi. Shkalaning bu 
tasvir va ko‘rsatkichini operator okulyar (2) orqali kuzatadi. 
Ko‘zgu korpus ichida plastinka (5) va ikkita soqqadan tarkib topgar oshiq-
moshiqqa o‘rnatilgan. O‘lchash tayoqchasi (7) bir uchida o‘lchovchi uchlik (6), 
ikkinchi uchida esa chayqaluvchi ko‘zgu (8) bilan kontaktlovchi sferaga ega. 
Ko‘zgu tayanchidan tayoqcha o‘qigacha bo‘lgan masofa (63a-rasm) naycha 
pishangli uzatmasining mexanikaviy yelkasi, qolgar pishanglar esa optik 
pishanglardir. Tayoqcha (7) siljiganda ko‘zgu (8) buriladi va shkalaning tasviri 
qo‘zg‘almas ko‘rsatkichga (milga) nisbatar siljiydi. Umuman olganda, 
optimetrning 
naychasi 
birinchi 
pishangi 
mexanikaviy, 
keyingilari 
esa 
avtokollimatsiya prinsipini ishlatuvchi optik pishangli kallaklarga o‘xshaydi. 
Yorug‘lik nurlari optik tizimining bir qismidan nur tarami shaklida chiqib, 
yassi ko‘zgudan qaytib, optik tizimini teskari yo‘nalishda o‘tishi 
avtokollimatsiya 
deb ataladi. Ekranli optimetr naychasida (63d-rasm) prizma (10) o‘rniga 
qo‘zg‘almas ko‘zgu o‘rnatilgan, shkala aksi esa chayqaluvchi ko‘zgudan 
qo‘shimcha qaytaruvchi ko‘zgular tizimi orqali qo‘zg‘almas belgi qo‘yilgan 
ekranga tushadi. O‘lchash kallaklaridan farqli ravishda optimetr naychalari 
ustunlari bilan birga chiqariladi va ular konstruksiyasiga qarab vertikal va 
gorizontal optimetrlarga bo‘linadi. Naycha bo‘linmalarining qiymati 0,001 mm, 
ko‘rsatish ko‘lami esa ± 0,1 mm ga teng. 
Bo‘linmalarining qiymati 0,0002 mm, ko‘rsatish ko‘lami esa ± 0,025 mm ga 
teng bo‘lgan optimetrlar ham ma’lum, lekin ular kam tarqalgan. Ular ko‘proq 
ultraoptimetr
deb ataladi. Optimetr naychalaridan farqli ravishda ultraoptimetrda 
shkala tasviri chayqaluvchi ko‘zgudan ikki marta qaytadi, natijada optik 
pishangning uzunligi ortadi. Vertikal optimetrlarning naychasi (1) (63b, d - rasm) 


107 
kronshteyn (4) da o‘rnatilgan. U ustun (2) da balandligi bo‘yicha gayka (5) 
yordamida siljitilib, kerakli joyda murvat (3) bilan mahkamlanishi mumkin. Joriy 
o‘lchov yoki o‘lchanuvchi detallar stolcha (6) ga joylashtiriladi. 63b-rasmda 
ko‘rsatilgan optimetrning o‘lchash ko‘lami 0 dan 180 mm gacha, 63d-
rasmdagisiniki esa 0 dan 200 mm gachadir. 
63-rasm. Optimetr: 
a
– okulyar tur optimetr naychasining sxemasi; 
b
– okulyar tur
naychali vertikalotimetrning umumiy ko‘rinishi; 
d
– ekran tur naychali vertikal optimetrning
umumiy ko‘rininsh.
Gorizontal optimetrlarda ichki o‘lchamlarni o‘lchash uchun maxsus, 
olinadigan moslamalar (ilgaklar) o‘rnatilishi mumkin. Gorizontal optimetrlarning 
tashqi o‘lchamlarni o‘lchash ko‘lami 500 mm gacha, ichki diametral o‘lchamlarni 
o‘lchaganda 13,5 dan 150 mm gacha bo‘ladi. Gorizontal optimetrlar har xil 
moslamalar, shu jumladan, ichki o‘lchamlari 0 dan 13,5 mm gacha bo‘lgan 
o‘lchamlarni o‘lchash imkonini beruvchi kontakt elektron indikatorli maxsus 
kallak bilan jihozlanadi. Undan tashqari, tashqi rezbalarni o‘lchovchi moslama 
bilan ham jihozlanadi. 
 
Optik uzunlik o‘lchagichi
- chiziqli o‘lchamlarni asbob ichiga o‘rnatilgan 
shkala bilan qiyoslash usuli bilan ishlaydigan o‘lchash asbobidir. Shkala 
o‘lchovchi tayoqcha bilan birga harakatlanadi. Shkalaning kasr qismi maxsus 
okulyar yoki proyeksiyalovchi mikroskopi ichiga o‘rnatilgan nonius yordamida 


108 
sanaladi. Boshqacha aytganda, uzunlik o‘lchagichi shtangensirkulga o‘xshaydi, 
chunki unga o‘xshab shkala va noniusga ega. Farqi - shkala aniqligi tufayli 
o‘lchash aniqligining yuqoriligi, nonius ishlash usuli va Abbe tamoyiliga amal 
qilishidadir. Birinchi bo‘lib uni Abbe ishlagani bois «Abbe uzunlik o‘lchagichi» 
deb ataladi. 
Har bir millimetrda bo‘linmalari bor shkala (6) (64-rasm, 
a
) pinol (5) da 
joylashgan, pinol uchida stol (3) da joylashgan o‘lchanuvchi detal bilan 
kontaktlashadigan uchlik (4) o‘rnatilgan. Chiroq (1) dan nur shkala (6) 
bo‘linmalarini yoritadi va shkala bo‘linmalari tasvirini obyektiv (7) orqali intervali 
0,1 mm. ga teng bo‘lgan (10) bo‘linmali qo‘shimcha shkalaga ega bo‘lgan 
qo‘zg‘almas diskka (8) proyeksiyalaydi, undan keyin, qadami 0,1 mm. ga teng (11) 
o‘ramli spiral va bo‘linmalari qiymati 0,001 mm. ga teng aylanma shkalaga ega 
bo‘lgan buriladigan disk (10) ning yon qismiga tushadi. 
Binobarin, okulyar (11) orqali operator intervali 1 mm li asosiy shkala (1), 
intervali 0,1 mm li qo‘zg‘almas shkala (2) va bolinmalarining qiymati 0,001 mm 
ga teng doiraviy aylanuvchi shkala (3) larning qo‘shma yassi tasvirini kuzatadi 
(64e - rasm). O‘lcham qiymatini o‘qish uchun bo‘linma qiymati 0,001 mm ga teng 
bo‘lgan shkala (3) spiralining oralig‘i asosiy shkala (1) bo‘linma chizig‘iga to‘g‘ri 
kelguncha aylantiriladi va asosiy shkala bo‘yicha qiymatning butun qismi mm 
hisobida, shkala (2) dan o‘nli va shkala (3) dan yuzli va mingli qismlari o‘qiladi. 
Uzunlik o‘lchagichlari o‘rnatilgan ustunlar konstruksiyasiga qarab, vertikal (64-
rasm, 
b
) va gorizontal (64-rasm, 
d
) bo‘ladi. 
Vertikal uzunlik o‘lchagichi
(64-rasm, 
b
) uchida uchligi (4) bor pinol (5) 
o‘rnatilganda vertikal ustun (13) bo‘yicha siljiydigan kronshteyn (12) da 
o‘rnatilgan. 
Uzunlik o‘lchagichlar shkalasi bor pinolni ravon tushishini ta’minlovchi 
dempferlash 
(tormozlash) 
qurilmasi 
(14) 
bilan 
jihozlanadi. 
Uzunlik 
o‘lchagichlarini ko‘rsatish ko‘lami 100 mm, qo‘shimcha uch uzunlik o‘lchovlari 
qo‘llanganda o‘lchash ko‘lami 250 mm gacha bo‘ladi. 
Gorizontal uzunlik o‘lchagichi
(64-rasm, 
d
), umuman olganda, gorizontal 
optimetrga o‘xshash. Stanina (1) da joylashgan babka (2) da uzunlik o‘lchagichi, 


109 
chap babka (4) da esa pinol o‘rnatilgan. Asbobning stoli (6) gorizontal va vertikal 
tekisliklarda harakatlanishi mumkin. O‘lchash natijasini o‘qib olish yuqorida 
ko‘rsatilgandek. Ko‘rsatish ko‘lami 100 mm, o‘lchash ko‘lami 500 mm gacha. 
Asbobda 13,5 mm dan 400 mm gacha bo‘lgan ichki o‘lchamlarni o‘lchash 
mumkin, ichki diametrlarni esa 13,5 dan 150 mm gacha. Bundan tashqari, asbob 
ichki o‘lchashlarda qo‘llanuvchi kontaktli elektron indikatori bilan jihozlanadi. 
 
64-rasm. Optikuzunlik o‘lchagichi: 
a
– sxemasi; 
b
– vertikal uzunlik o‘lchagichi;
d
– gorizontal uzunlik o‘lchagichi; 
e
– spiralmikroskop ko‘rinishi 73,267 mm;
f
– proyeksion ko‘rsatishi 6,528 mm.

Download 8,92 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Optik-mexanikaviy o‘lchash vositalari

Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish