3.7. Prujinali o‘lchash kallaklari
Prujinali o‘lchash kallaklari
- uzatish mexanizmi sifatida yassi yoki
buralgan prujina va uning elastikligidan foydalanuvchi asboblardir. Prujinali
kallaklarda qalinligi 0,004 - 0,008 mm, eni 0,08 - 0,12 mm bo‘lgan bronza
99
tasmachalar qo‘llanadi. U ikki uchi qo‘zg‘almas holda bo‘lib, o‘rtasidan eshiladi.
O‘rta eshilgan, qismiga shisha mil kavsharlanadi.
Prujina mexanizmi asosida, asosan, to‘rt xil o‘lchash kallaklari ishlab
chiqariladi:
- prujinali kallaklar (mikrokatorlar);
- prujina-optik o‘lchash kallaklari (optikatorlar);
- prujinali kichik o‘lchamli kallaklar (mikatorlar);
- pishang-prujinali o‘lchash kallaklari (minikatorlar).
Mikrokator
(56-rasm) o‘lchash tayoqchasi (1), prujinali burchak (11),
prujina (spiral tasma) (10), shkala (8), shisha mil (7), konsol prujina (6), prujina
(12) ni tortadigan moslama (5), mil (7) ni nolga qo‘yishda prujina (10) uchini
siljituvchi murvat (4), o‘lchash kuehini yaratuvchi prujina (2), o‘lchash tayoqchasi
(1) ning yurishini cheklagichlar (3) va tayoqchani osish uchun yassi prujina (13)
dan tarkib topgan.
56-rasm. Prujinali o‘lchash kallagi:
a
– sxemasi;
b
– umumiy ko‘rinishi.
100
Tayoqcha siljiganda, burchak buriladi va prujinaning o‘qi bo‘yicha bo‘lgan
taranglik o‘zgaradi. O‘q bo‘yicha yo‘nalgan cho‘zilish yoki siqilish natijasida
prujinaning o‘rta qismi mil bilan birga buriladi va shkala bo‘yicha o‘lchash
uchligining siljishini o‘qish mumkin. Mikrokator mexanizmi ichida dempferlovchi
suyuqlik joylashtirilgan naycha shaklidagi dempferlovchi qurilma ko‘zda tutilgan.
Mikrokator tayanch ustunga diametri 28 mm bo‘lgan silindr bo‘yicha o‘rnatiladi.
Bo‘linmalarining qiymati 0,01 mm dan 0,0001 mm gacha bo‘lgan
mikrokatorlar chiqariladi. Odatda, shkalalari ±20, ±30 yoki ±40 bo‘linmali bo‘ladi.
Optikator
- uzatish mexanizmi buralgan tasma shaklida, ko‘rsatkichi esa
shu’la fonida ingichka chiziq shaklida bajarilgan prujinali o‘lchash kallagidir.
Optikatorni mikrokatordan farqi shundaki, optikatorning (57-rasm) buralgan
tasmasida mil o‘rniga o‘lchamlari 1,5x1x5x0,1 mm ga teng bo‘lgan miniatyur
ko‘zgucha (6) o‘rnatilgan. Ko‘zguchaga chiroq (5) dan kondensor (4),
to‘g‘riburchakli to‘rtburchak diafragma (3) va obyektiv (2) orqali yorug‘lik oqimi
yo‘naltirilgan.
57-rasm. Prujina-optik o‘lchash kallagi:
a
– sxemasi;
b
– umumiy ko‘rinishi.
101
Mikator
- uzatuvchi mexanizmi buralgan tasma shaklida bajarilgan,
qo‘shiluvchi silindri esa 8 mm ga teng (mikrokator va optikatorlarda 28 mm)
bo‘lgan prujinali o‘lchash kallagidir (58-rasm). Mikatorning prinsipial sxemasi
mikrokator sxemasi bilan bir xil. Mikatorni mikrokator va optikatordan farqi
shundaki, uni o‘lchash tayoqchasi soqqali yo‘naltiruvchilarda o‘matilgan.
Mikatorlar bo‘linmalarining qiymati 0,0002 mm; 0,0005 mm; 0,001 mm va 0,002
mm ga teng, ko‘rsatish ko‘lami esa 0,02 mm; 0,05 mm; 0,1 mm va 0,2 mm ga teng
chiqariladi.
58-rasm. Prujinali kichik gabaritli o‘lchash kallagi (mikator).
Minikator
- uzatuvchi mexanizmi buralgan tasma shaklida bajarilgan,
uzatish esa tasmaning bir uchidagi pishang yordamida amalga oshirilgan prujinali
o‘lchash kallagidir. Pishangning ikkinchi uchida o‘lchash uchligi joylashgan.
Minikator (59-rasm) yon harakatli (pishang-tishli indikatorga o‘xshab) prujinali
kallaklar soniga kiradi, ya’ni u tepishlar yoki boshqa o‘lchamlar tebranishlarini
ta’riflovchi
parametrlarni
o‘lchash
uchun
mo‘ljallangan.
Minikator
konstruksiyasida pishangli uzatma shunday qilinganki, o‘lchash uchligi (1)
joylashgan pishangning bir qismi korpus (2) ga nisbatan har xil burchak ostida
o‘rnatilishi mumkin. O‘lchash uchligi korpusga nisbatan qiya o‘rnatilishi kerak
bo‘lsa, uchlik bir oz burab bo‘shatiladi, keyin kerakli burchakka buriladi va yana
mahkamlab qo‘yiladi. O‘lchasl chizig‘i yo‘nalishini o‘zgartirish uchun o‘zgartkich
o‘rnatilgan.
102
59-rasm. Pishang prujinali o‘lchash kallagi (minikator).
Minikator bo‘linmalari 0,001 mm ga teng qilib chiqariladi, lekin uzunroq
almashinuvchi uchliklar (1) bilan jihozlanadi. Shuning hisobiga kallak
bo‘linmalarining qiymati 0,002 mm ga aylanadi. Kallak shkalasida ±80 (± 40)
bo‘linma bor. Kalta uchlik (30 mm) ishlatilganda o‘lchash kuchi 20 sN dan, uzuni
(72 mm) ishlatilganda esa 10 sN dan oshmaydi.
|