|
Kuch. Inertsial sanoq tizimlari. Nyutonning 1-qonuni. Jism massasi. Nyutonning 2-qonuni Nyutonning 3-qonuni
|
bet | 1/15 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #247733 |
Bog'liq Dinamika asoslari
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………..……3
I.BOB Nyutonning tajribasi.
1.1 Kuch. Inertsial sanoq tizimlari. Nyutonning 1-qonuni. ….. 5
1.2 Jism massasi. Nyutonning 2-qonuni…..…..…………..…… 12
1.3 Nyutonning 3-qonuni………………………………………... 17
1.4 Butun olam tortishish qonuni………………………………. 22
II.BOB Spektr ranglarning hosil qilinishi.
2.1 Spektr ranglar haqida………………………………………...31-34
2.2 Rangni spektral tabiyati……………………………………....34-38
Xulosa………………………………………………………….………. 39-41
Adabiyotlar va foydalanilgan internet saytlar……………………….42
Kirish
Biz kinematika bo‘limida jismning harakatini soddalashtirib o‘rganish uchun jismga ta’sir etuvchi kuchlarni e’tiborga olmagan edik. To‘g‘ri chiziqli tekis va notekis harakat haqida ham ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Jismning ilgarilanma va aylanma harakatlarini turli ko‘rinishda ifodalashni ham o‘rganib oldik.Endi biz nima sababdan jismlar o‘zgaruvchan harakat qiladi, ularning tezlanish olishiga olib keluvchi omillar nimadan iborat, degan savollarga javob qidiramiz. Shunday ekan, bizni jismlar harakatidagi sodir bo‘ladigan o‘zgarish- larning jismlar massasi va ular orasidagi o‘zaro ta’sir etuvchi kuchlarga bog‘liqligi qiziqtirishi shubhasiz.
Jism harakatidagi o‘zgarishning unga ta’sir etuvchi kuchlarga bog‘liqligi mexanikaning dinamika bo‘limida o‘rganiladi. Dinamika yunoncha dynamikas so‘zidan olingan bo‘lib, kuchga oid degan ma’noni bildiradi.
Bitta harakatning unga olib keluvchi sabablari bilan o‘zaro bog‘liqligi turli sanoq sistemalarda ko‘rilganida, bir-biridan keskin farq qiladigan natijalar olinadi. Harakat va uning sabablari orasidagi bog‘liqlik ba’zi bir sanoq sistemalariga nisbatan ko‘rilganida esa juda sodda ko‘rinishga ega bo‘lar ekan. Bunday sistemalardan biri, masalan, Yer. Shu sababli dinamikani o‘rganishda Yerni sanoq sistemasi deb olsak bo‘ladi.
Dinamikaning asosiy qonunlari uchta bo‘lib, ular harakat qonunlari deyiladi. Ingliz olimi Isaak Nyuton tomonidan 1687-yilda e’lon qilingan bu qonunlar insoniyatning ko‘p asrlik tajribasi natijalarini umumlashtirdi va yangi pog‘onaga olib chiqdi. Dinamikag oid bilimlarning bir tizimga tushirilishi va foydalanish uchun qulay bo‘lgan matematik ko‘rinishda ifodalanishi fan va texnika rivojiga katta turtki bo‘ldi. Bu qonunlar uning sharafiga Nyuton qonunlari deb ataladi.
Tinch turgan jism boshqa jismlar bilan o‘zarota’sirlashishi natijasida harakatga kelishi mumkin. Harakatlanayotgan jism esa bunday ta’sir natijasida tezligini yoki harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi
|
| |