• Havoda oksidlanmaydigan platina va iridiy qotishmasidan tayyorlangan, massasi 1 kg ga teng bo‘lgan silindr massa etaloni deb qabul qilingan.
  • Tezlanish va kuch orasidagi munosabat
  • Bir xil kuch ta’sirida jismlarning olgan tezlanishlari ular massasiga teskari proporsionaldir . aF (2) a1/m (3) Nyutonning ikkinchi qonuni formulasi va ta’rifi
  • Nyutonning ikkinchi qonuni formulasi
  • Jismning inertlik xossasini tavsiflaydigan fizik kattalik massa deb ataladi va




    Download 3,04 Mb.
    bet7/15
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #247733
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Bog'liq
    Dinamika asoslari

    Jismning inertlik xossasini tavsiflaydigan fizik kattalik massa deb ataladi va m harfi bilan belgilanadi.
    «Massa» so‘zi lotinchada «bo‘lak», «parcha» degan ma’noni bildiradi. Istalgan jismning massasi, u qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, bir xil qiymatga ega bo‘ladi. Jism dengiz ostidami, boshqa sayyoradami yoki kosmosdami, farqi yo‘q, massasi o‘zgarmaydi. Xalqaro birliklar sistemasida massaning birligi qilib kilogramm qabul qilingan. Dastlab etalon sifatida temperaturasi 4 °C bo‘lgan 1 dm3 (1 litr) hajmdagi sof (distillangan) suvning massasi 1 kg ga teng deb olingan edi. Biroq bu etalon zarur aniqlikni ta’minlay olmadi.
    Havoda oksidlanmaydigan platina va iridiy qotishmasidan tayyorlangan, massasi 1 kg ga teng bo‘lgan silindr massa etaloni deb qabul qilingan.
    Uning asl nusxasi Parij yaqinidagi Sevr shaharchasidagi Xalqaro o‘lchovlar byurosida saqlanadi. Jism massasi gramm (g), sentner (sr), tonna (t) kabi birliklarda ham o‘lchanishini bilasiz. Jismlar massasini shayinli va boshqa turdagi tarozilar yordamida o‘lchash mumkin.


    Tezlanish va kuch orasidagi munosabat
    Jismga kuch ta’sir etmasa yoki ta’sir etuvchi kuchlarning vektor yig‘indisi nolga teng bo‘lsa, jism o‘zgarmas tezlikda harakat qilishini bilib oldik. Tezligini o‘zgartirishi, ya’ni tezlanish olishi uchun esa jismga qandaydir kuch ta’sir etishi kerak. Jism tezlanish olishi uchun bu kuch unga qanday ta’sir etadi? Boshlang‘ich tezliksiz a tezlanish bilan to‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat qilayotgan jismning t vaqtda bosib o‘tgan yo‘li s = at2/2 ko‘rinishda ifodalanadi. Bu formuladan jismning tezlanishini topish mumkin:
    a=2s/t2 (1)
    Bir xil kuch ta’sirida jismlarning olgan tezlanishlari ular massasiga teskari proporsionaldir.
    a~F (2) a~1/m (3)
    Nyutonning ikkinchi qonuni formulasi va ta’rifi
    O‘tkazilgan tajribalarning natijalari a tezlanish, F kuch va m massa orasidagi munosabatni aniqlashga imkon beradi. (2) va (3) formulalarni birgalikda yozib ko‘raylik:
    a=F/m (4)
    Bu – Nyutonning ikkinchi qonuni formulasi. U quyidagicha ta’riflanadi:
    Jismning tezlanishi unga ta’sir etayotgan kuchga to‘g‘ri proporsional, massasiga esa teskari proporsionaldir.
    (4) formuladan F ni topib, Nyutonning ikkinchi qonunini quyidagicha ifodalash ham mumkin:
    F = ma. (5)

    Xalqaro birliklar sistemasida kuch birligi qilib nyuton (N) qabul qilinganini bilasiz. (5) formuladan:


    1 N = 1 kg ּ 1 m/s2 = 1 kg.m/s2

    Download 3,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismning inertlik xossasini tavsiflaydigan fizik kattalik massa deb ataladi va

    Download 3,04 Mb.