• Boshqa jismlar ta’siri qancha kam bo‘lsa, jismning harakat tezligi miqdori shuncha kam o‘zgaradi va uning harakat trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqqa shuncha yaqin bo‘ladi.
  • Jism tezligining o‘zgarishi (miqdori yoki yo‘nalishi) unga boshqa jismlar ta’siri natijasida yuz beradi




    Download 3,04 Mb.
    bet4/15
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #247733
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Dinamika asoslari

    Jism tezligining o‘zgarishi (miqdori yoki yo‘nalishi) unga boshqa jismlar ta’siri natijasida yuz beradi.Jism tezlanish olishi uchun unga boshqa bir jism yoki jismlar sistemasita’sir etishi kerak. Bir sharga boshqa shar kelib urilsa, tinch turgan shar qandaydir a1 tezlanish olib, harakatga keladi. Shu bilan birga, kelib urilgan shar ham tezligini o‘zgartiradi, ya’ni a2 tezlanish oladi. Tezlikning o‘zgarishi, ya’ni tezlanish deyilganida, tezlikning miqdorinigina emas, Harakat qonunlari shi ham o‘zgarishi mumkinligini esda tutish kerak. Agar sharlar bir xil materialdan tayyorlanib, o‘lchamlari bir xil bo‘lsa, ular olgan tezlanish ham qiymat jihatidan bir xil bo‘ladi. Agar o‘lchamlari turlicha bo‘lsa, katta shar kam tezlanish, kichigi esa katta tezlanish olganini ko‘ramiz. Bu holda, katta shar kichigidan inertliroq deyiladi. Tinch turgan jismni harakatga keltirish uchungina emas, balki harakatdagi jismni to‘xtatish uchun ham kuch ishlatish kerak bo‘ladi. Inersiya (lotincha harakatsizlik, faoliyatsizlik) jismlarning asosiy xossalaridan biri bo‘lib, boshqa jismlar ta’sirida jismning qanday tezlanish olishi unga bog‘liq. Tajriba o‘tkazib ko‘raylik. Qiyalikdan tushib kelayotgan aravacha qarshisiga qum to‘kib qo‘yaylik. Arava qumli to‘siqqa kelib urilib, to‘xtaydi . Agar qum kamroq sepilsa, u kattaroq masofaga borib to‘xtaydi . Agar qum umuman sepilmasa, kam qarshilik natijasida arava yanada uzoqroq masofaga borib to‘xtaydi .Qarshilik qancha kamaytirilsa, jism shuncha to‘g‘ri chiziqli tekis harakat tezligiga yaqin tezlikda bo‘ladi.
    Boshqa jismlar ta’siri qancha kam bo‘lsa, jismning harakat tezligi miqdori shuncha kam o‘zgaradi va uning harakat trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqqa shuncha yaqin bo‘ladi.
    Agar jismga boshqa jismlar tomonidan hech qanday kuch ta’sir etmasa, u qanday harakat qiladi? Buni tajribada ko‘rsa bo‘ladimi? Bu savollarga XVII asr boshlarida italyan olimi Galileo Galiley tajribalar yordamida javob berishga harakat qilib ko‘rdi. Natijada, agar jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u tinch holatda yoki Yerga nisbatan to‘g‘ri chiziqli tekis harakatda bo‘lishi aniqlandi. Inersiyaning namoyon bo‘lishiga juda ko‘p duch kelamiz. Masalan, agar tez harakatlanayotgan velosiped to‘siqqa urilsa, velosipedchi oldinga uchib ketadi


    2-rasm

    Chunki bu holda u o‘zining harakatdagi holatini birdan to‘xtata olmaydi. Avtobus to‘satdan yurib ketsa, uning ichida turgan odam orqaga tislanib ketadi. Bunga sabab, tinch turgan odamning gavdasi birdaniga harakatga kela olmaydi.



    Download 3,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jism tezligining o‘zgarishi (miqdori yoki yo‘nalishi) unga boshqa jismlar ta’siri natijasida yuz beradi

    Download 3,04 Mb.