|
sariq : 570-590 nm
to'q sariq
|
bet | 14/15 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #247733 |
Bog'liq Dinamika asoslarisariq : 570-590 nm
to'q sariq : 590-620 nm
qizil : 620-750 nm (400-484 THz chastotani)
Binafsha nur eng qisqa to'lqin uzunligiga ega , ya'ni uning eng yuqori chastotasi va energiyasi bor . Qizil eng uzun to'lqin uzunligiga, eng qisqa chastotaga va eng past energiyaga ega.
Xulosa
Bizni o‘rab turgan muhitdagi jismlarning harakati mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Jism harakatining o‘zgarish sabablarini XVI asr oxiri va XVII asr boshida ilk bor tajribalar vositasida batafsil o‘rgangan olim Galiley edi. Galiley jism harakatini o‘zgartish sababi haqida quyidagicha yozgan edi:
Agar jismga boshqa hech qanday jismlar ta’sir etmasa, jism Yerga nisbatan o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.
Galiley tomonidan o‘rnatilgan bu qonun mexanikaning asosiy qonunlarini tarkib toptirishda birinchi qadam bo‘ldi. Bu qonunlarni ochish uchun Nyutonga hech qanday murakkab asbobuskunalar zarur bo‘lmagan. Buning uchun oddiy tajribalar yetarli bo‘lgan. Bundagi eng katta qiyinchilik jismlarning turli-tuman harakatlari ichidan eng muhimini, eng umumiysini ko‘ra olishdan iborat edi. Dinamika grekcha “dynamis” so‘zidan olingan bo‘lib “kuch” degan ma’noni bildiradi. Agar biz qandaydir jismning harakatga kelganini ko‘rsak, unga ta’sir qilayotgan boshqa bir jismni ham ko‘ramiz. Boshqa jism, harakatga kelgan jismni tortishi, itarishi yoki unga masofadan turib ta’sir qilishi mumkin (masalan, magnitning temir sharga ta’siri). Yerdan biror balandlikka ko‘tarib qo‘yilgan jism qo‘yib yuborilsa pastga tushadi. Bu tajribalarning barchasida jism tezligining o‘zgarishi (ya’ni tezla nish) har doim boshqa bir jismning ta’siri tufayli vujudga keladi. Bu ibora Nyuton
mexanikasining eng muhim xulosasi hisob lanadi. Jismlarning bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayoniga – o‘zaro ta’sir deyiladi. Fizikada barcha o‘zaro ta’sirlar albatta juft bo‘ladi. Ya’ni, har qanday ta’sir aks ta’sirni vujudga keltiradi.
Lekin bunday xulosaga darhol kelinmagan. Buyuk mutafakkir Aristotel jism harakatining o‘zgarishi sababini ochishga harakat qildi.
Uning yozishicha, “Agar jismga itaruvchi kuch ta’sir etmay qolsa, harakatlanuvchi jism to‘xtab qoladi”. Yerga nisbatan bo‘lgan tinch holatni jismning tabiiy holati deb tushuntirgan.O‘sha davrlarda Yerni Olamning markazi deb qarashganligi tufayli, muhim bir sabab bo‘lmasa, jism o‘zining tabiiy tinch holatiga qaytadi deb tushuntirishgan. Haqiqatan ham, tekis asfalt yo‘lda ketayotgan avtomobilning benzini tugab qolsa, dvigateli o‘chadi. Avtomobil biroz yurib to‘xtaydi. Xuddi shunday xulosani velosipedga, ko‘ldagi qayiqqa ham qo‘llash mumkin.Olib borilgan kuzatishlar va xulosalar asosida dinamikaning birinchi qonuni topilgan edi. Uni quyidagicha ifodalanadi:
Inersial sistema deb ataluvchi shunday sanoq sistemalar mavjudki, undagi jism boshqa jismlardan yetarli darajada uzoq joylashgan bo‘lsa, tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatda bo‘ladi.
Bu qonun bir tomondan, inersial sanoq sistemasiga ta’rif bersa, ikkinchi tomondan, haqiqatan ham, shunday sistemalar mavjudligini tekshirish imkoniyatini beradi. Mexanikaning birinchi qonuni, inersial sanoq sistemasini alohida maxsus o‘ringa qo‘yadi.Aylanayotgan qattiq jismning har bir nuqtasi tezlanish bilan harakatlanadi. Istalgan bo‘lakchaning tezlanishi jismdagi boshqa qismlarning ta’siri tufayli bo‘ladi. Boshqacha aytganda, qattiq jismni tashkil etgan bo‘lakchalar “erkin jism” bo‘la olmaydi va unga Nyutonning birinchi qonunini tatbiq etib bo‘lmaydi. Shunday qilib, jismlarning tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatidan chiqish sababi boshqa jismlarning ta’siri ekanligini bilib oldik. Jismlarning bir-biriga bo‘lgan ta’siri kuch bilan xarakterlanadi.
|
| |