II.BOB Spektr ranglarning hosil qilinishi.
2.1 Spektr ranglar haqida.
Spektr (lot. spectrum — „koʻrinish“) kontinuum ichida oʻzgaruvchi xususiyatlar toʻplamidir. Optikadan bir misol qilib kamalakni olish mumkin: undagi ranglar (yorugʻlik xususiyatlari) uzluksiz oʻzgarib boradi. Yorugʻlik spektrini spektroskopiya fani oʻrganadi.
Spektr (lot. spectrum — tasavvur, tasvir) (fizikada) —
1) tizimni yoki jarayonni tavsiflovchi birorbir fizik kattalikning barcha qiymatlari majmui. spektr diskret (uzlukli) va uzluksiz boʻladi;
2) birorbir nurlanishda mavjud boʻlgan toʻlqin chastotalari majmui;
3) har bir yoʻnalishda muayyan uzunlikli yoki chastotali monoxromatik toʻlqin tarqaladigan qilib ajratilgan elektromagnit nurlanish;
4) ekran, fotoplastinkadagi tasvir;
5) elektromagnit nurlanish koʻrinadigan yorugʻlikdan iborat boʻlganda spektr hosil qiladigan rangli yoʻl.
Turli xil nurlanishlarning modda tomonidan yutilish va chikarish spektrlari, elektromagnit toʻlqinlar oʻzgaruvchan toklarining chastota spektrlari, Quyosh xromosferasining spektr. va boshqa koʻpgina spektrlar oʻrganilgan. Bu ishlar optik spektral asboblar, toʻlqin va chastota oʻlchagichlar va boshqa yordamida amalga oshiriladi. Koʻpincha tebranish chastotasi spektridan foydalaniladi. Tebranishning tabiatiga qarab elektromagnit tebranishlar spektr, akustik spektr, optik spektr. xillari mavjud. Elektromagnit tebranishlar Si, ayniqsa, optik diapazondagisi (toʻlqin uz. 103—10~3 mkm) yetarli daraja oʻrganilgan. Optik spektr ning chiqarish (obʼyektdan yorugʻlik chiqayotganda hosil boʻladi), yutilish (moddadan yorugʻlik oʻtayotganda hosil boʻladi), sochilish va qaytarish jarayonlarida sodir boʻladigan xillari bor. U kimyoviy taxlidda, atom va molekulyar fizikada va boshqalarda qoʻllanadi. Tebranish spektr chizikli va tutash xillarga boʻlinadi. Chizikli S. chastotalari birbiridan maʼlum kattalikda farq qiluvchi garmonik tebranishlarni, tutash S. esa chastotalari turlicha boʻlgan garmonik tebranishlarni oʻz ichiga oladi. Biz odatdagi quyosh nurini oq deb ataymiz, chunki u bizga shunday ko‘rinadi. Aslida unda turli xil ranglar mavjud. Quyosh nuri oynaning qiyshiq qirrasiga, shisha prizma chetiga yoki sovun pufagi yuzasiga tushganida ranglarning butun to‘plamini ko‘rish mumkin. Ushbu holatlarning har birida oq nurlar to‘lqin uzunliklariga ko‘ra qizil, to‘q sariq, sariq, yashil, moviy, ko‘k va binafsharanglarga bo‘linishi sodir bo‘ladi. Natijada ko‘zimiz oldida turli xil rangdagi, parallel chiziqlardan iborat tasma paydo bo‘ladi va ularning chegaralarida bitta rang boshqasiga ravon o‘tadi. Bunday tasma spektr deb ataladi. Qizil chiziq har doim spektrning bir uchida, binafsha chiziq esa boshqa uchida joylashadi. Bu turli xil rangdagi nurlarning to‘lqin uzunligidagi farq bilan belgilanadi: u binafsha rangdan qizil ranggacha o‘sib boradi.Aslida kamalak osmon bo‘ylab yoy kabi yozilgan spektrdir. Quyosh nuri suv tomchilari orqali o‘tayotganda sinadi, yaʼni ular shisha prizma orqali o‘tayotgani kabi tarkibiy qismlarga bo‘linadi. Tomchi ichida uning bir chetidan ikkinchisiga qadar cho‘zilgan, turli xil rangdagi chiziqlarni ko‘ramiz. Rangli nurlarning bir qismi tomchining orqa devorida aks etib, tashqariga chiqadi. Bu nurlar rangiga ko‘ra, aniqrog‘i, bizga maʼlum bo‘lganidek, to‘lqin uzunligiga ko‘ra turli burchaklarda aks etadi.Shuning uchun, kamalakka qaraganda uning tepasida har doim qizil, pastki qismida esa binafsharangni ko‘ramiz. Kamalakni faqat yozgi yomg‘ir paytida — bir vaqtning o‘zida yomg‘ir yog‘ib, quyosh nur sochib turganida kuzatish mumkin. Uni ko‘rish uchun yomg‘ir va orqadan nur sochayotgan quyosh o‘rtasida bo‘lish kerak. Bundan tashqari, quyosh, ko‘z va ko‘p rangli yoyning markaziy nuqtasi bitta to‘g‘ri chiziqda joylashgan bo‘lishi lozim. Rang tushunchasi odatda fizik va ximik tavsifga va tahlilga ega, ma’lum rangli pigment yoki ashyoni atashda qo’llaniladi. Inson ko’zlari va ongida paydo bo’luvchi rangni idrok qilish o’z – o’zidan insoniy mazmunni kashf etadi. Ammo ko’zlar va miya kontrastlarni taqqoslash vositasida ranglarni aniq farqlashga kelishi mumkin.
Xromatik rangni ahamiyati va qiymati faqatgina uning ma’lum bir axromatik – qora, oq yoki kulrangga taqqoslanishi, bir yoki bir necha boshqa xromatik ranglarga nisbati orqali aniqlanishi mumkin.
Rangni, uning fizikaviy – ximik realligiga qarama qarshi o’laroq idrok qilish, bu psixofiziologik reallik hisoblanadi. Rangni psixofiziologik realligi esa – bu aynan
men atagan rang ta’sirchanligining o’zginasidir.Biror rang (цветкактаковой) va rangni ta’sir etishi faqat garmonik yarimtuslar mavjud bo’lgan holdagina sodir bo’ladi. Boshqa hollarda rang bir lahzada o’zgacha, yangi tus oladi. Bunga bir necha misollar keltiramiz. Ma’lumki, oq kvadrat qora fonda, xuddi shu o’lchamdagi qora kvadrat oq fondagiga qaraganda kattaroq bo’lib ko’rinadi. Bunda oq rang nurlanib o’z chegaralarini kengaytiradi. Qora esa o’zi egallagan tekislikda qisqarish ko’rinishini hosil qila boshlaydi. Och kulrang oq fonda qoramtir bo’lib ko’rinsa, shu kvadratning o’zi, ya’ni och kulrang kvadrat qora fonda ocharib ko’rinadi. Oq fonda u yengil, nozik issiq taratib, qoramtirroq ko’rinadi. Qora fonda esa o’ta yorqin, sovuq, agressiv (tajovuzkor) xarakterda bo’lib ko’rinadi.
|