• Kuch kucho‘lchagich, ya’ni dinamometr yordamida o‘lchanadi.
  • Bir jismning boshqa jismga ta’sirini tavsiflovchi hamda jismning tezlanish olishiga sabab bo‘luvchi fizik kattalik




    Download 3,04 Mb.
    bet3/15
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #247733
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Dinamika asoslari

    Bir jismning boshqa jismga ta’sirini tavsiflovchi hamda jismning tezlanish olishiga sabab bo‘luvchi fizik kattalik kuch deb ataladi.
    Kuch F harfi bilan belgilanadi va XBSda uning birligi qilib nyuton (N)qabul qilingan. Amalda kuchni o‘lchashda millinyuton (mN) va kilonyuton
    (kN) ham qo‘llaniladi. Bunda:
    1 N = 1000 mN; 1 kN = 1000 N
    Kuch vektor kattalik bo‘lib, kuchning son qiymatidan tashqari uning yo‘nalishi va ta’sir etayotgan nuqtasini aniq ko‘rsatishimiz kerak Kuch kucho‘lchagich, ya’ni dinamometr yordamida o‘lchanadi. Dinamometrlar qo‘llanilish maqsadiga ko‘ra turlicha bo‘ladi.
    1
    1-rasm
    - rasmda ularning ayrimlari tasvirlangan:
    Inertsial sanoq tizimlari
    Inersial sanoq sistemasi - Nyutonning hamma qonunlari amalga oshadigan sanoq sistemasi. Bunda har qanday jism oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini unga boshqa jism tomonidan taʼsir koʻrsatilib, uning shu holatini oʻzgartirishga majbur qilmagunicha saqlaydi. Inersial sistemaga nisbatan toʻgʻri chiziqli va tekis harakatlanayotgan har qanday sistema ham inersial sistema hisoblanadi. Tabiat qonunlarining ifodalari turli inersial sanoq sistemasida bir xil koʻrinishga ega (qarang Nisbiylik prinsipi); moddiy nuqtaning tezligi yorugʻlik tezligidan koʻp marta kichik boʻlganda uning turli inersial sanoq sistemasiga nisbatan harakatlari orasidagi boglanish Galiley almashtirishlari b-n, tezligi yorugʻlik tezligiga yaqin hollarda esa Lorens almashtirishlari bilan ifodalanadi.
    Har qanday yakkalangan sistemani inersial sanoq sistemasisifatida qabul qilish mumkin. Ammo tabiatda tashqi taʼsirlardan holi mutlaq yakkalangan sistema mavjud boʻlmagani uchun inersial sanoq sistemasiideallashtirilgan mavhum tushunchadir. Amalda inersial sanoq sistemasi sifatida taqriban Yer, Quyosh, galaktika markazi yoki tekis harakatlanayotgan poyezd qabul qilinadi va ularga nisbatan jismlar harakati oʻrganiladi. Makon, osmon mexanikasi va kosmonavtika masalalarini hal qilishda inersial sanoq sistemasi sifatida, asosan, Quyosh massasining markazi qabul qilinib, ularning oʻqlari uchta yulduzga qaratiladi. Koʻpgina masalalarni hal etishda inersial sanoq sistemasi sifatida Yer qabul qilingan. Shunday qilib, turli moddiy sistemalar turlicha darajada inersialdir.
    Sanoq sistemalarining inersialligi masalasi fizik maydonlarni hisobga olish zarur boʻlganda murakkablashadi. Darhaqiqat, nisbiylik nazariyasi shuni koʻrsatadiki, gravitatsiya maydoni hisobga olinganda butun fazoda inersial sanoq sistemasi mavjud emas; lekin kichik vaqt oraligʻida va fazoning yetarli darajada kichik sohasi uchun lokal galiley inersial sanoq sistemasi kiritilishi mumkin.
    inersial sanoq sistemasiga nisbatan tezlanishli harakatlanayotgan sistemalar noinersialdir. Harakatni tavsiflash uchun noinersial sanoq sistemalari tanlangandagi nazariya umumiy nisbiylik nazariyasi deyiladi
    Tajribalar va kuzatishlar jismning tezligi o‘z-o‘zidan o‘zgarib qolmasligini ko‘rsatadi. Maydonda yotgan koptokga kimdir ta’sir qilsagina, u harakatga keladi. Ko‘chada yotgan toshga hech qanday jism ta’sir etmasa, u o‘sha joyda yotaveradi. Ta‘sir natijasida jism tezligining miqdorigina emas, balki harakat yo‘nalishi ham o‘zgarishi mumkin. Masalan, tennis shari raketkaga urilgach, o‘z harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi.

    Download 3,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bir jismning boshqa jismga ta’sirini tavsiflovchi hamda jismning tezlanish olishiga sabab bo‘luvchi fizik kattalik

    Download 3,04 Mb.