Dilatometrik termometrlar.
Dilatometrik
termometrlarda datchiklarning
chiziqli o`lchami temperaturaga bog‘liq holda o`zgaradi. Bu termometrning ishlash
prinsipi quyidagicha (93-rasm). Temperaturaga bog‘liq holda chiziqli kengayish
koeffisiyenti katta bo`lgan latun trubkasiga (1), unga nisbatan chiziqli kengayish
koeffisiyenti kichik bo`lgan kvarts sterjen’ (2) o`rnatiladi. Temperatura o`zgarsa
latun trubka (1) ning uzunligi, kvars sterjen (2)ga nisbatan ko`proq o`zgaradi.
Natijada kvars sterjen’ yuqoriga yoki pastga siljiydi.
93-rasm. Dilatometrik termometr sxemasi:
1-trubka, 2-sterjen’, 3-strelka.
142
Elektron termometrlar.
Hozirgi kunda temperaturani o‘lchash ishlarida
elektron termometrlardan foydalanilmoqda. Bu termometrlarda datchik sifatida
termorezistor (yoki termistor) qo‘llaniladi, uning qarshiligi temperatura o‘zgarishi
bilan o‘zgaradi. Qarshilikning bu o‘zgarishi haqidagi signalni kompyuter yoki
boshqa asbob qayd etadi va o‘zgartirib, temperaturaning qiymati haqidagi
ma’lumotni qayd etish qurilmasiga yuboradi. Quyidagi 94-rasmda elektron
termometrlarning umumiy ko‘rinishi berilgan.
94-rasm. Elektron termometrlarning umumiy ko‘rinishi.
Quyidagi 95-rasmda elektron termometrning sxemasi keltirilgan. Bunda C1,
C2 – 0,1 MкФ; С3 – 220 МкФ; DD1 – PIC16F628A; DD2,DD3 – DS18B20;
GB1-3 1,5B dan; HGI-KEM-5631-ASR OK bilan; R1,3,14,15 – 5,1 Om; R2,16 –
5,1 K; R4,13 – 4,7 K; R5...12 – 330 Om; R17...19 – 4,3 K; VT1...3 – BC556B.
Ushbu elektron termometrning o‘lchash diapazoni -55
o
C dan +125
o
C ga,
xatoligi 0,5
o
C teng. Ko‘rsatish aniqligi o‘lchanadigan temperatura qiymati -9,9
dan 99
o
C bo‘lganda 0,1
o
C ni, aniqligi o‘lchanadigan temperatura qiymati -55 da -
10
o
C va +100 dan +125
o
C gacha bo‘lganda 1
o
C ni tashkil etadi.
143
95-rasm. Elektron termometrning sxemasi.
|