|
Tdtu qf 20guruh mamasodiqova guljamol
|
Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 20,95 Kb. | | #267949 |
Bog'liq @ MAMASODIQOVA YAMTTdtu qf 2.20gur-WPS Office
Tdtu qf 2.20guruh
MAMASODIQOVA GULJAMOL
3 kurs talabasi
Yangi materiallar tehnologiyasi fanidan
Mustaql ish
Mavzu Noorganik shisha va kristall materiallarning sopol sinflarini hossalari tarkibi kiradigan moddalarning tarkibi va tuzilishi
Mavzu: Shisha, Sopol materiallar, Sitollar.
Reja:
1)Shishalar va ularning xossalari
2)Sopol materiallar
3)Sitollar
Shisha qattiq amorf moddadir. Shisha odatda moʻrt va shaffof boʻladi.
Yashil shishadan tayyorlangan kuldon.
Shisha — tarkibi Shisha hosil qiluvchi komponentlar (kremniy, bor, alyuminiy, fosfor, germaniy oksidlari va boshqalar) va metallar (litiy, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, qoʻrgʻoshin va boshqalar)ning oksidlaridan iborat aralashmani qizdirish yoʻli bilan suyuqlantirib sovitishdan hosil boʻlgan amorf moʻrt material. Shisha qizdirilganda kristall moddalar kabi maʼlum bir trada suyuqlanmaydi va qotmaydi, balki asta-sekin qattiq holatdan choʻziluvchan yumshoq holatga va nihoyat suyuq holatga oʻtadi. Suyuqlantirilgan Shisha eritmasi sovitilganda maʼlum tralar oraligʻida avval plastik holatga oʻtadi, soʻngra qotadi. Shisha — izotrop, yaʼni uning fizik xossalari (yorugʻlik nurini sindirish koʻrsatkichi, issiqlik oʻtkazuvchanligi va boshqalar) turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻlchanganda bir xil boʻladi. Tarkibidagi anorganik birikmalarning turiga koʻra, Shisha quyidagi sinflarga boʻlinadi: elementar Shisha, oksid Shisha, galogenid Shisha, xalkogenid Shisha va aralash Shisha
Elementar Shisha — faqat bir element atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen, margimush, fosforni, oʻta tez sovitilganda esa baʼzi metallarni ham shishasimon holatda mumkin.
Kremniy dioksidining (SiO2) ikki o'lchamlik amorf tuzilishi. Kremniy atomlari (Si) atrofida kislorod atomlarining (O) tetraedrik joylashuviga nisbatan lokal tartib mavjud bo'lsa-da, uzoq tartib mavjud emas.
Oksid shishaning asosiy komponentlari kislorodli birikmalardan tashkil topgan. Kremniy, germaniy, bor, fosfor, margimush oksidlari juda osonlikcha Shisha hosil qiladi.
Xalkogenid Shisha sulfidlar, selenidlar va telluridlar asosida olinadi. Margimush sulfid (A8,83), surma sulfid (8253), selenidlar (Az28e3), (828e3), telluridlar (A$2Te3) asosidagi Shishalar maʼlum.
Oksid Shisha tarkibidagi Shisha hosil qiluvchi oksid xiliga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi (qavslarda Shisha hosil qiluvchi komponent koʻrsatilgan): silikat Shisha (8YU2), borat Shisha (V,03), fosfat Shisha (R2b5), germanat Shisha, (Oye02), borosilikat Shisha (V20, va 8YU2), alyumosilikat Shisha (A1203va 8YU2).
Ishlatilishiga koʻra, qurilish Shishasi (deraza oynasi, Shisha bloklar va boshqalar), meʼmorlik qurilish Shishasi, avtomobil Shishasi, termik barqaror Shisha, kimyoviy lab. Shishasi, tibbiyot Shishasi, optik Shisha, elektrovakuum Shishasi, yorugʻlik texnikasi Shishasi, idish Shishasi, navli Shisha, shuningdek Shisha tola va Shisha plastiklar farqlanadi. Ionlovchi nurlardan saklaydigan Shisha, yorib oʻtuvchi radiatsiya indikatorlari Shishasi, oʻzgaruvchan yorugʻlik oʻtkazuvchi fotoxrom Shisha, lazer materiallari sifatida qoʻllanadigan Shisha, eruvchan Shisha va h.k. ishlab chiqariladi.
Eng oddiy tarkibli bir komponentli kvars Shishasi sanoatda kremniy dioksid 8YU2asosida olinadi. Me20p 8YU2(bu yerda Me — №, K; p=2*4) tarkibli eruvchan binar ishqoriysilikat Shisha ham sanoat ahamiyatiga ega. Deraza oynasi, meʼmorlikqurilish, navli, idish va boshqalar sanoat Shishalari asosini №20—SaO—8YU2uchlik sistemadagi kompozitsiyalar tashkil etadi. Bu oksidlardan tashqari ular tarkibiga Shishaiing kristallanishga moyilligini susaytiruvchi M§0 va kimyoviy barqarorligini oshiruvchi A120, kiradi. Baʼzi Shisha turlarining kimyoviy tarkibi jadvalda keltirilgan.
shahrining xossalari uning tarkibidagi komponentlarga bogʻliq. Eng tavsifli xossasi uning shaffofligidir (deraza oynasining shaffofligi 83— 90%, optik shahriniki esa 99,95% gacha). Shisha moʻrt jism, mexanik taʼsirlarga juda sezgir. Zichligi 22008000 kg/m³.
Tabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy Shishalar mavjud (qarang Vulkan shishasi). Sunʼiy shishaning paydo boʻlishini, odatda, kulolchilik bilan bogʻlaydilar. Kulolchilikda loydan yasalgan mahsulotni kuydirishda unga soda va qum tushgan boʻlishi, natijada buyum sirtida shishasimon sir (glazur) hosil boʻlgan boʻlishi mumkin.
Shisha mil. av. 4 ming yillarda qadimiy Misr va Markaziy Osiyoda ishlab chiqarila boshlagan. Dastlab boʻgʻiq Shisha ishlab chiqarilgan. Tarkibidagi moddalar asta-sekin oʻzgartiriladi
borgan. Undagi ishqoriy metallarning oksidlari 30% dan 20% gacha kamaytirilgan. shishaga qoʻrgʻoshin va qalay oksidlari qoʻshiladigan boʻlgan, rang kiritish maqsadida marganets va kobalt birikmalari qoʻshilgan. Mil. av. 2 minginchi yillarda Misrda hajmi 0,25 l li sopol koʻzalarda Shisha eritilgan. Qadimgi Shishalar 1000—1100°da pishirilgan.
2 muhim masala — shaffof Shisha tayyorlash va mahsulotga puflab shakl berish hal qilingandan boshlab shishasozlik texnologiyasida muhim oʻzgarish roʻy berdi. 19-asr oxirigacha shishasozlikda qoʻl mehnati ustun edi, 20-asrning 20-yillaridan boshlab turli xil Shishalar ishlab chiqarish avtomatlashtirildi.
Badiiy Shisha badiiy idish va buyumlar, meʼmorlik qismlari, manzarali kompozitsiyalar, haykaltaroshlik (asosan, kichik shakllarda), yoritqichlar, sunʼiy bezak toshlar, Shisha mozaika va boshqalardan iborat. Dastlab qadimiy Misr (mil. av. 4—1-asrlar), Suriya, Finikiya, Xitoyda rivojlangan. Bu davrdagi shishasozlik maktablarining ish tajribalari yozilgan asar va kitoblarning eng qadimgisi mil. av. 2 ming yillarga oid boʻlib, ular qadimiy Mesopotamiyat topilgan. Aynan shu mamlakatda loyga mixxatlar yordamida yozib qoldirilgan mil. av. 7-asrga taalluqli jadvallarda eng qadimgi rangli Shishalar tarkibi va tayyorlash usullari bayon etilgan. Arxeologik izlanishlar qadimgi sunʼiy Shisha buyumlar mil. av. 4-ming yillik oʻrtalariga mansubligini, ular ilk bor Misr yodgorliklarida, keyinroq Mesopotamiyada uchrashini koʻrsatadi. Mil. av. 3-ming yillik oʻrtalariga mansub Shisha mahsulotlar koʻpgina mamlakatlar yodgorliklarida topilgan.
Qadimgi dunyo sanʼatida Shisha mahsulotlar (guldon, munchoq, isirgʻa, tamga va boshqalar), asosan, sopol qoliplar yordamida tayyorlangan, lekin ular boʻgʻiq (noshaffof), yashil, zangori, feruza rangli boʻlgan. 6-asrdan badiiy shishachilik markazi sifatida Vizantiya shuhrat qozondi, Gʻarbiy Yevropada gotika davrida vitraj sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi.
Musulmon Sharqida 12—14-asrlarda Suriya Shishasi mashhur boʻldi. 15—16-asrlarda Venetsiya Shishasi, 17-asrda Chexiya Shishasi dongtaratdi. 1770-yillardan (dastlab Angliyada) billursimon Shisha ishlandi. 18-asrdan sunʼiy qimmatbaho toshlar tayyorlash avj oldi. 19-asr oxiri va 20asr boshida shahridan amaliy bezak sanʼatida keng foydalanila boshlandi.
Oʻrta Osiyoda bronza va temir davrlarida shaffof va turli rangli Shisha mahsulotlar tayyorlangan. Tuxolo (Toxarisgon) (hozirgi Oʻzbekistonning janubi va Tojikistonning bir qismini oʻz ichiga olgan davlat)da havorang, qizil rangli Shisha tayyorlangan. Arxeologiya yodgorliklari oʻsha davrlarda Samarqandda ham shahridan bezak buyumlari ishlanganligini qoʻrsatadi. Bolaliktepadan topilgan nok shaklidagi medalon (2,5x2 sm) Shishasi yashil boʻlib, gardishga oʻrnatilgan. Movarounnahr 9—10-asrlarda Shishasi bilan ham shuhrat qozongan. 10— 12asr shishasozlari metall qoliplar, qirquvchi, randalovchi dastgohlardan foydalanib badiiy Shisha mahsulotlari tayyorlaganlar. Tabiblarning idishlari, pardoz butomlari shahridan ishlangan. Oʻrta asrlarda Shisha meʼmorlikda ham ishlatilgan. Venetsiyalik sayyoh Klavixo oʻz xotiralarida Samarqandning ulugʻvor binolarida rangli Shisha ishlatilganini yozgan.
Ulugʻbekning Chinnixona koʻshki, Ishratxona maqbarasining ganch panjaralarida rangli Shisha ishlatilgan. Buxoro ham qadimdan oʻz Shishasi bilan mashhur boʻlgan. Marv, Nisoda oʻrta asrlarda Shisha tayyorlovchi ustalarning doʻkonlari boʻlgan.
Xitoy manbalarida Oʻzbekiston hududidan Xitoyga borgan ustalarning mil. 424 yilda shu yerli xalqni shishasozlik sirlari bilan tanishtirganliklari, shahridan imperator uchun maxsus taxt yasab berganliklari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Amerika olimi E. Sheferni "Samarqandning oltin shaftolilari" nomli kitobida (1881-yil) Xitoyga Tan Imperiyasi davrida (7—10-asrlar) Fargʻonadan (675 va 761 yillar), Toxaristondan (hozirgi Surxondaryo viloyati) (730 va 741 yillar) va Keshdan (hozirgi Shahrisabz) (746 yil) qizil va koʻk, havorang, tiniq va shaffof Shishalar (xitoycha "boli") va qimmatbaho tabiiy toshlar singari nur oʻtkazmaydigan rangli Shishalar (xitoycha "lyuli") olib borilganligi qayd etilgan. Bu maʼlumotlar ilk oʻrta asrlarda shishasozlik Oʻzbekiston hududida yuqori darajada rivojlanganligini qoʻrsatadi.
Shisha ishlab chiqarish jarayoni xom ashyo (tabiiy yoki sunʼiy) komponentlarini tayyorlash, aralashtirish (shixta hosil qilish), pishirish, Shisha massasini sovitish, shakl berish, qizdirish va ishlov berish (termik, kimyoviy va mexanik)dan iborat. Asosiy xom ashyo sifatida kvars qumlari, soda, potash, ohaktosh, kaolin, dala shpatlari, turli oksidlar, yordamchi materiallar oʻrnida boʻyagichlar (kobalt, nikel, temir, xrom, mis oksidlari va boshqalar), oksidlovchilar (natriy yoki kaliyli selitra va boshqalar) va qaytaruvchilar (koʻmir, koks, vino toshi, qalay birikmalari) ishlatiladi.
Shisha sanoatda, asosan, vanna pechlarida va maxsus xumdonlarda pishiriladi. Shisha pishirish jarayoni Shisha massasini suyuqlantirish, tiniqlashtirish (havo va boshqalar gazlardan tozalash), gomogenlash va sovitishni oʻz ichiga oladi. Shisha 1400— 1450°da pishiriladi, 14601500°da tiniqlashtiriladi va gomogenizatsiya qilinadi, 1200— 1300°da sovitiladi. shahriga shakl berish va undan buyumlar yasash presslash, puflash, choʻzish va prokatlash yoʻlibilan amalga oshiriladi. shahrini 500—600"da (shishalanish trasidan 20—30° yuqori) astasekin sovitish yoki sovitish trasidan keskin sovitish (toblash) yoʻli bilan undagi ichki kuchlanishlarning bir tekis taqsimlanishiga erishiladi. Shisha toblanganda mexanik mustahkamligi ortadi.
Shisha xalq xoʻjaligida (sanoat inshootlari qurilishida), Shisha tola va Shisha plastiklar ishlab chiqarishda, texnikaning turli sohalarida — optika, asbobsozlik, yorugʻlik texnikasi, elektrovakuum sanoatida kimyoviy laboratiya jihozlari, Shisha idishlar, badiiy va maishiy buyumlar ishlab chiqarishda keng qoʻllanadi.
Sopolning shishasimon fazasi - kristall fazalarni o’zaro boglaydigan qatlamdir. U sopolning pishishiga imkon yaratishi bilan birga, materialning mexanik mustahkamligini ham oshiradi. Shishasimon fazaning miqdori materialning texnologik xususiyatlari (pishirish harorati, plastiklik) bilan aniqlanadi. Bu faza miqdorining oshirilishi materialning mexanik mustahkamligini ko’taradi. Shishasimon faza miqdorining kamayishi, materialning dielektrik, issiqlik va mexanik xossalarini yomonlashtiradi. Oddiy sopollarda shishasimon faza 1-10%, elektr chinnisida esa 40-65% bo’ladi.
Gazsimon faza turli sopollarda mavjud bo’lib, u sopol massani tayyorlahsda, qoliplashda, pishirish paytida (uchuvchan moddaning chiqib ketishi natijasida) va sopol zichlanishida vujudga keladi. Ushbu faza ochiq (sirtda) va yopiq (ichki qismda) turlarga bo’linadi. Yopiq turdagi gazsimon faza sopolning elektrik va mexanik xossalarini pasaytiradi hamda yuqori elektr maydon kuchlanganligida bo’shliqlarda ionlashish sodir bo’lishi hisobiga dielektrik isroflarni oshiradi. Ochiq bo’shliqlar sopolning barcha xossalarini yomonlashtiradi. Tarkibidagi shishasimon faza miqdoriga qarab sopolni shishasimon (shisha miqdori 50% dan ortiq) va kristalli (kristall miqdori 50% dan ortiq) turlarga bo’lish mumkin. Shisha hosil qiladigan birikma sifatida dala shpati pigmentlarini ko’rsatish mumkin.
Kristalli sopol tarkibiga radio sopolining asosiy turlari (alyuminiy oksid, steatit, titanit, niobiy va hokazolar) kiradi. Ularning kristall hosil qiladigan birikmalariga talk, titan va sirkoniy qo’sh oksidlari, bariy va magniy oksidlari kiradi. Radio sopoliga plastik qo’shimcha sifatida tuproq qo’shiladi. U shishasimon faza hosil qilishi bilan birga mahsulot ishlab chiqarishni yengillashtiradi.
Sopol ishlab chiqarish jarayoni ishlatiladigan birikmalarning tarkibiga, shishasimon fazaning miqdori, materialga qo’yiladigan talablarga bog’liqdir. Tarkibida tuproq bo’lgan sopol plastik bo’ladi. Kristall va tarkibida tuproq bo’lmagan sopol esa noplastik bo’ladi. Plastik sopol ishlab chiqarish jarayoni xomashyoni tayyorlash (maydalash, o’lchash, birikmalarni aralashtirish, quritish), mahsulotni qoliplash va pishirishdan iborat.
Plastik bo’lmagan sopol xossalarini barqarorlashtirish va cho’kishini kamaytirish maqsadida uni pishirish ikki bosqichda (dastlabki va oxirgi holatlarida) o’tkaziladi. Shu sababli, sopol ishlab chiqarish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
1. xomashyoni tayyorlash jarayoni (o’lchash, maydalash, birikmalarni aralashtirish, ulardan briket tayyorlash).
2. briketlarni dastlabki pishipish.
3. briketlarni maydalash, unga plastifikator (parafin, yelim) qo’shish.
4. detallarni qoliplash.
5. So’nggi bosqichdagi pishirish.
Eng muhim bosqichlarga dastlabki va oxirgi bosqichdagi pishirish ishlari kiradi. Dastlabki pishirishda asosiy jarayonlar sodir bo’ladi va mahsulot hajmi o’zgaradi (kichrayadi). Bu esa, oxirgi bosqichdagi pishirishda mahsulotni aniq o’lcham va kerakli shaklda olish imkonini yaratadi. Ishlov berish jarayonida ma’lum kristall panjaralarda kimyoviy birikish sodir bo’ladi va bunda materialning hajmi kichrayadi. Mahsulot bo’sh va vaqtincha bog’langan zarrachalardan shakllanadi va ancha g’ovaklikka (30-50%) ega bo’ladi. Oxirgi bosqichdagi pishirishda sopolga yuqori haroratda ishlov berilib, u zichlashadi va mexanik mustahkamligi birmuncha ortadi.
Pishirish tezligi zarrachalar diametriga teskari proporsionaldir. Shu sababli, pishirishni tezlatish maqsadida sopol juda mayin (zarra diametri 1-3 mkm) qilib tayyorlanishi kerak. Sopolni pishirish murakkab jarayon bo’lib, bunda bo’shliqlar tortilishi bilan birgalikda pishishni sekinlatadigan sabablar (bo’shliqda hosil bo’ladigan gazlar) ham kelib chiqadi.
Suyuq fazadagi pishirilish tarkibiga tuproq qo’shilgan sopollarga taalluqlidir. Suyuq fazadagi pishirilish ikki holatda, ya’ni qattiq va suyuq fazalarning o’zaro ta’sirisiz hamda mazkur fazalarning o’zaro ta’siri ostida kechadi. Birinchi holda yuqori haroratli ishlov jarayonida kristallarni biriktiruvchi suyuq fazada qovushqoq va plastik oqim hosil bo’ladi va sopol zichlashadi. Fazalar chegarasidagi sirt taranglik kuchi qancha yuqori bo’lsa, zichlashish shiddati shuncha tezlashadi. Bunda zarra o’lchamlari kichikroq va shishasimon faza qovushqoqligi pastroq bo’lishi katta ahamiyatga egadir.
Ikkinchi holda sopolni pishirish jarayoni qattiq fazaning nisbatan suyuqroq faza bilan o’zaro ta’sirlashishi natijasida yuzaga keladi. Bunda birinchi bosqichda suyuq faza hosil bo’ladi, tortishish kuchi ta’sirida zarralar o’zaro yaqinlashib, butun birikma zichlashadi. Harorat oshira borilsa, qattiq, fazaning mayda zarrachali qismida erish jarayoni sodir bo’ladi. Eritma to’yinishi natijasida unda kristallanish ro’y beradi. Cho’kuvchan kristallar kattaroq o’lchamga ega bo’ladi, ya’ni suyuq faza orqali o’tkristallanish yoki rekristallanish jarayoni sodir bo’ladi. Eritmaning tarkibi o’zida eruvchan qattiq faza bilan to’yina boradi.
Har bir turdagi sopol material uchun ma’lum pishirish harorati xos bo’lib, bundan past haroratda sopolda ochiq bo’shliqlar hosil bo’ladi. Agar harorat optimal qiymatdan yuqori bo’lsa, rekrisrallanish jarayonida sopolda mayda yoriqchalar va yirik bo’shliqlar yuzaga keladi. Bunday bo’shliqlar sopolning elektrik va mexanik xossalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Pishirish haroratining qiymati massa tayyorlashda xomashyoning maydalanish darajasiga ham bog’liqdir. Maydalash mayin bo’lganda mahsulotning mexanik mustahkamligini oshirish uchun pishirish pastroq haroratda o’tkazilishi kerak. Sopolni pishirishda harorat ma’lum tezlikda oshirib boriladi. So’ngra mahsulot pishirish haroratida ma’lum muddat ushlab turiladi, keyin esa bir maromda sovitiladi. Sovitish tezligi ham sopol xossalarga kuchli ta’sir etadi. Chunki keskin sovitishda kristall zarrachalar chegarasida va shishasimon qatlamlarda darzlar paydo bo’lish ehtimoli ortadi. To’plash tufayli sopolda siqilish deformatsyasi sodir bo’lib, uning mexanik mustahkamligi 2-3 marta ortadi.
Loysimon plastik massa uqalangan sopol talqonning namlash usuli bilan olinadi. Massa qolipga quyiladi, so’ngra uning tarkibidagi namlikning ma’lum qismini quritish orqali chiqarib yuboriladi va mahsulotga mexanik ishlov beriladi.Kristall ko’rinishga ega, plastik bo’lmagan sopol massasining plastikligini oshirish uchun uning tarkibiga organik qo’shilmalar (yelim, parafin, stearin, qatron) kiritiladi va ular pishirish jarayonining o’zidayoq kuyib ketadi. Plastiklashtirilgan va qotirilgan mahsulotlar pishirilishining oxirgi bosqichi unga mexanik ishlov (yo’nish) berilgandan so’ng amalga oshiriladi.
Ko’pgina sopol turlarining elektr o’tkazuvchanligi ionli xarakterga, tarkibida titan bo’lganlarining elektr o’tkazuvchanligi esa elektron xarakterga egadir. Sopolning solishtirma hajmiy qarshiligi (1011x1018 Om∙m) haroratga, materialning namligi hamda uning tarkibidagi gaz bo’shliqlariga bog’liq bo’ladi. Ularning miqdori qancha katta bo’lsa, izolyator qarshiligi shuncha past bo’ladi.
Sopollarda r qiymati keng miqyosda 3-4 dan bir necha o’n minggacha o’zgaradi. Ko’pgina sopollarda r qiymati chastota ortishi bilan kamayadi. Kondensatorlar uchun ishlatiladigan sopollar chiziqli va chiziqli bo’lmagan (segnetoelektrik) qutblanishga ega.
O’zgaruvchan elektr maydonida sopoldagi energiya isrofi ichki tok o’tkazuvchanlik va qutblanish elektron-relaksatsiya, ion-relaksatsiya, spontan hisobiga sodir bo’ladi. Sopol materiallarining tgδ qiymati 10-4-10-2 ni tashkil etadi. Sopolning elektr kuchlanishi ta’sirida teshilish issiqlik, kimyoviy va ionlashish turlariga bo’linadi. Sopolning elekrt mustahkamligi 20-25 MV/m. sopolning zichligi (2300-4000 kg/m3) uning mexanik mustahkamligiga, pishirish harorati va kristall faza turiga qarab kuchli ravishda o’zgaradi. Uning chiziqli kengayishi koeffitsienti (4-7)10-6 grad-1 oraliqda bo’ladi. O’rnatiluvchi buyumlarda ishlatiladigan sopol materialida r=6x10 bo’lib, mexanik mustahkamlik σsiq40-200 MPa ni tashkil etadi. Undan, asosan, induktiv g’altak qobig’i, o’zgaruvchan sig’imli havo kondensatorining o’zagi, lampa platalari, bosma sxema asosi, qarshiliklar va hokazolarni tayyorlashda foydalaniladi. Mazkur turdagi sopol zich va g’ovaksimon bo’ladi. Bu sopol yaxshi dielektrik va mexanik xossalarga ega bo’lishi kerak. O’rnatiluvchi buyumlarda ishlatiluvchi o’rnatiluvchi sopollar tarkibi jihatidan BaO-Al2O3-SiO2, MgO-Al2O3-Si kabi tizimlardan iboratdir. Alyuminiysilikat sopoli BaO-Al2O3-SiO2 tizimasining kristall asosi sifatida korund (Al2O3) va mullit 3Al2O3∙2SiO2 olinadi. Sopol tarkibida Al2O3 qancha ko’p bo’lsa uning mexanik mustahkamligi va issiqqa chidamliligi, dielektrik xossalari shuncha yuqori bo’ladi. Alyuminoksid mayda donador (2-3 mkm) strukturali plastik bo’lmagan abraziv materialdir. U lampalarning izolyatsiya qismida, bosma sxema asoslarida, aviasvecha va hokazolarda qo’llaniladi.
Ultrachinnining dielektrik, issiqlik va mexanik xossalari yuqoridir. Ultrachinni tarkibida Al2O3 (35-80%) miqdori qancha ko’p bo’lsa, u xossalari jihatidan alyuminoksid sopoliga yaqinlasha boradi. Ultrachinnining pishirilish harorati 1350-1400C.
Radiochinni tarkibidagi materialning yuqori darajada plastik bo’lishini ta’minlaydi, Al2 O3 va tuproq miqdori materialning yuqori darajada plastik bo’lishini ta’minlaydi. Uning pishirilish harorati 1280-1320C, radiochinnidan turli xil detallar tayyorlanadi.
Kordierit –dielektrik isrofi yuqori va chiziqli kengayish koeffitsienti kichik (1-2) 106 grad-1 hamda razryadi ta’siriga chidamli material bo’lib, undan issiqda bardoshli mahsulotlar, razryad singdiruvchi asboblar va hokazolar tayyorlashda foydalaniladi.
Kondensator sopoli uchun r yuqori qiymatiga ega bo’lishi kerakligi sababli, uning kristali asosida rutil, titanat, sirkonat, ishqorli metall stannatlari qo’llaniladi.
Yuqori chastotali kondensator sopoli vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 1)o’zgaruvchan sig’imli kondensator sopoli(r=150-230; TK=(3300-1400)∙10-6 grad1;
2)termokompensatorli kondensator sopoli (r=35-95; TK=(750x150)∙10-6).
3) termostabil kondensator sopoli r=12-48; TK=(-75-33)∙10-6 grad-1.
Kondensatorning vazifasiga qarab uning konstruksiyasi turlicha bo’lishi mumkin. Ular gazsimon, dielektrikli (havoli, gaz to’latilgan, vakuumli), qattiq anorganik dielektr materialli (slyudali, shishali, sopolli, shisha emalli, shisha sopolli), qattiq organik dielektrik materialli (qog’oz, lavsan, polistirol, polipropilen, (ftorplast-pardali va hokazo) va oksid izolyatsiyali (alyuminiy yoki tantal oksidli metalloksidli) turlarga bo’linadi.
Elektrodlar turiga ko’ra kondensatorlar metallashtirilgan dielektrik va varaqsimon elektrod turlariga bo’linadi.
Kondensator markalari harf va raqamlar bilan belgilanadi. Birinchi harf K-o’zgarmas sig’imli, KT-sozlanadigan; KP-o’zgaruvchan, KN-nochiziqli kondensatorlarni bildiradi. Keyingi ikki raqam dielektrik turini: 10-past kuchlanishli sopol; 15-yuqori kuchlanishli sopol; 21-shishasimon sopolni anglatadi. Undan keyingi harflar kondensatorning qo’llanilish sohasini ifodalaydi: P-o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirida; Ch-o’zgaruvchan tok zanjirida; I-impulsli sharoitida; U-o’zgaruvchan, o’zgarmas tok zanjirlarida va impulsli sharoit.
|
| |