Suyuqlik va gazlarning miqdorini taxometrik o‘lchash uskunalari.
Gaz va
hisoblagichlari suyuqliklarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi
asosiy guruhlarga bo‘linadi: 1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3)
vazn hisoblagichlari.
Ko‘proq hajm va tezlik hisoblagichlari ishlatiladi. Hajm hisoblagichlari
modda miqdorini hajm bo‘yicha, tezlik hisoblagichlari esa oqim tezligi bo‘yicha
o‘lchaydi. Ikkala hisoblagich ham moddaning asbob ishlab turgan vaqtda undan
o‘tgan umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Ma’lum vaqt oralig‘idagi modda miqdorini
aniqlash uchun olingan vaqt oralig‘ining boshlanishi va oxiridagi hisoblagich
ko‘rsatishini belgilash kerak. Hisoblagich ko‘rsatishlarining farqi shu vaqt oralig‘i
ichida asbobdan o‘tgan modda miqdoriga teng bo‘ladi.
Gaz miqdorini o‘lchash hajm hisoblagichlari orqali amalga oshiriladi.
Tozalangan gazni sarfini o‘lchash uchun РГ tipli rotatsion hajmli gaz
hisoblagichlardan foydalaniladi. Bu hisoblagich bosimi 100 kPA (1kgk/sm
2
) va
temperaturasi 0-50
o
S gacha bo‘lgan gazlarni o‘lchashga mo‘ljallangan.
169
Hisoblagich (116-rasm) korpus ichiga o‘rnatilgan ikki parrakli aylanuvchi rotor,
uzatish va hisoblash mexanizmlaridan tuzilgan.
116-rasm. РГ tipli rotatsion gaz sarfi hisoblagichi.
O‘lchash uskunasining kirish va chiqishidagi gazlarni bosimlari farqi ta’siri
ostida rotorlar 2 aylanadi. Rotatsion hajmli gaz hisoblagichlarning ishlash pritsipi
belgilangan vaqt davomida o‘lchash kamerasidan rotor orqali surib chiqarilgan bir
birlikda gaz hajmi V
0
yig‘indisini hisoblashga asoslangan. Ikkita rotorning bir
marta aylanib kelish davrida V
0
hajmdagi gaz surib chiqariladi. Rotorlarni aniq bir
vaqt davomidagi aylanishlar chastotasi N hisoblash mexanizmi orqali belgilab
boriladi:
V = N
V
0
.
Rotatsion hisoblagichlar 40...40000 m
3
/h sarfni o‘lchashga mo‘ljallab
chiqariladi. Ishchi bosimlari: 0,1: 0,6: 1,6 ва 6,4 mPA. Shartli o‘tish diametrlari
50...1200 mm. Hisoblagich o‘rnatilishdagi bosim yo‘qotilishi 35...40 mm suv ust.
dan oshmaydi.
117-rasm. ГСБ tipli barabanli gaz hisoblagich sxemasi.
170
Gazlarni kichik sarflarini ham aniq o‘lchash va boshqa o‘lchash uskunalarini
tekshirib ko‘rish uchun ГСБ tipli barabanli gaz hisoblagichlardan foydalaniladi
(117-rasm). Bu tipdagi hisoblagichlarning asosiy elementi to‘rtta bir xil o‘lchash
kamerasiga ega bo‘lgan baraban 1 va hisoblash qurilmasi 2 dan iborat. Metall
baraban to‘ldiruvchi suyuqlikka 3 botirilgan. O‘lchash uskunasining kirish va
chiqishidagi gazlarni bosimlari farqi ta’siri ostida baraban aylanadi va gaz suyuqlik
yordamida kameradan surib chiqariladi. Barabanning to‘liq hajmi to‘rtta kameralar
hajmi yig‘indisiga teng. Barabanli gaz hisoblagichlarning xatoligi ±(0.2ч1)%.
Suyuqliklarni sarfini o‘lchashga mo‘ljallangan taxometrik sarf o‘lchagichlar
aniq o‘lchash asboblari qatoriga kiradi. Bu asboblarni xatoligi 0.5-1.0% ni tashkil
qiladi. Konstruksiyasi oddiy, sezgirligi yuqori, katta va kichik sarflarni o‘lchash
imkoniyatiga ega.
Taxometrik sarf o‘lchagichlarning asosiy elementlari datchik (rotor) va
hisoblash qurilmasi. Ishlash prinsipi belgilangan vaqt davomida o‘lchanayotgan
muhitga joylashgan rotorning aylanishlar soni yig‘indisini hisoblashga asoslangan.
Rotorning aylanishlar chastotasi suyuqlik oqimining o‘rtacha tezligiga, ya’ni
sarfiga proporsional. Hisoblash qurilmasi reduktor orqali rotor bilan bog‘langan.
Suyuq moddalar miqdorini o‘lchash uchun ovalsimon shesternyali va
porshenli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. 118-rasmda ovalsimon shesternyali
hisoblagichning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.
Shesternyalar oqimning kirishiga ko‘ra bir-birini ketma-ket harakatga
keltiradi. Ular aylanganda shesternya ovali va o‘lchash kamerasi devori bilan
cheklangan suyuqlikning muayyan hajmi chiqarib yuboriladi. Shesternyaning bir
marta to‘liq aylanishiga hisoblagich o‘lchov kamerasining hajmi yig‘indisiga teng
bo‘lgan to‘rtta ma’lum hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi. Hisoblagichdan o‘tgan
suyuqlik miqdori shesternyaning aylanishlar soniga ko‘ra aniqlanadi. I holatda
(5.10-rasm) suyuqlik o‘ng shesternyani soat strelkasi harakati yo‘nalishida
aylantiradi, o‘ng shesternya esa o‘z navbatida chap shesternyani soat strelkasi
harakati yo‘nalishiga qarshi aylantiradi. Bu holatda o‘ng shesternya suyuqlikning
1-qismini chiqarib tashlaydi. II holatda shesternya suyuqlikning yangi 2-qismini
chiqaradi. O‘ng shesternya esa avval chiqarilgan 1-hajmni hisoblagichning
171
chiqishiga uzatadi. Ish paytida aylantiruvchi moment ikkala shesternyaga ham
ta’sir qiladi. III holatda chap shesternya yetaklovchi bo‘lib, suyuqlikning 2-hajmini
chiqaradi. IV holatda o‘ng shesternya 3-hajmni chiqarishni tamomlaydi, chap
shesternya esa 2-hajmni hisoblagichga kiritadi. V holatda 3-hajm batamom
chiqariladi, ikkala shesternya ham yarim aylanishni bajarib o‘ng shesternya yana
yetaklovchi bo‘lib qoladi. Shesternyalar aylanishining ikkinchi yarimi
yuqoridagidek o‘tadi. Suyuqlikning hajmi shesternyalar aylanishiga mos.
I
1
II
2
1
III
1
2
IV
3
2
V
2
118 – rasm. Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi.
ВТ tipli suyuqli sarfini hisoblagich (schetchik vodi turbinniy)ning
konstruksion sxemasi 119-rasmda ko‘rsatilgan. Suyuqlik oqimi taxometrik
o‘lchash uskunasining kirishida oqim tug‘irlagich 1 orqali bir tekis tarqatiladi va
aylanma parrak 4 ning kurakchalariga uzatiladi. Chervyakli uzatma 5 va uzatish
mexanizmi 2 orqali parakning aylanishi hisoblash qurilmasi 3 ga uzatiladi.
172
119-rasm. ВТ tipidagi spiralsimon parrakli suv hisoblagich sxemasi.
|