193
Vodorod, ammiak, metan kabi gazlar infraqizil nurlarni, xlor, ozon, simob
bug‘lari esa ultrabinafsha nurlarni yutadi. Shuning uchun tahlil qilinayotgan
komponent turiga qarab bunday gaz analizatorlarida infraqizil yoki ultrabinafsha
nurlanishdan foydalaniladi.
Spektrning infraqizil sohasida ishlaydigan gaz analizatorlarida nurlatkichlar
sifatida 700—800°С gacha qizdirilgan sim spirallaridan foydalaniladi. Spektrning
ultrabinafsha sohasida ishlaydigan gaz analizatorlarida esa gaz ryazryad lampasi
nurlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Optik-absorbsion gaz analizatorlarining ko‘pi differensial sxema bo‘yicha
qurilgan (133-rasm). Manba 1 dan olinadigan nurlanish oqimi yo‘lida yorug‘lik
filtrlari 2 orasidan tekshirilayotgan gaz aralashmasi o‘tadigan ishlovchi kamera 3
va aniqlanayotgan komponent qo‘shilmagan gaz aralashmasi bilan to‘ldirilgan
taqqoslash kamerasi 4 o‘rnatiladi. Qabul qilgich 5 ish va taqqoslash kameralaridagi
nurlanish jadalligi farqini qabul qiladi, aniqlanayotgan komponent miqdoriga
mutanosib bo‘lgan nobalanslik signali esa kuchaytirgich 6 da kuchayib, o‘lchash
asbobi 7 da qayd qilinadi.