INNOVATSION JARAYONLAR VA ULARNI LOYIXALASHTIRISH




Download 47,5 Kb.
bet2/4
Sana05.02.2024
Hajmi47,5 Kb.
#151777
1   2   3   4
Bog'liq
6- variant Sanoat mahsulotlari tannarxi va uni pasaytirish yo`llari
mZf2WD4VUD5xj5sKddPfbigueX8ux114jXDtm17Q, 1-Mavzu Mehnat xavfsizligini boshqarish asoslari-kompy.info, Avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslari (X.Karimov, M.Bobojanov), ‘l texnikumi “Temir yo\'l transportida intellektual axborot tizml, “Tuzlarning olinishi va xossalari” mavzusidagi tag’dimoti. O’til-fayllar.org, USTIGA HISOBOT 1 KURS ITQISOD, RS2021-en (1), 10b05ec8-54cd-42ff-be3c-3746898152d1, 01.БИРИНЧИ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023, BIPOLYAR TRANZISTORLAMING CHASTOTA XUSUSIYATLARI (2), 4eI9BtHnbAz80Zd3w00U23qu0U7Oi5QICt2dr94K, 12- variant Sanoat korxonalarining asosiy fondlari va undan samarali foydalanish yo`nalishlari., 10- variant Korxonada mahsulotlar sifatini samarali boshqarish tizimi., OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK
INNOVATSION JARAYONLAR VA ULARNI LOYIXALASHTIRISH.


Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. Innovatsiya (in-“lik”, novus-“yangi”) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni anglatadi. “Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi (foydali) elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta’lim tizimida innovatsiya o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq. Bunday o‘zgartirishlar ta’lim tizimining: ­ maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga; ­ pedagogik faoliyatdagi o‘ziga xoslik va o‘quv-bilish jarayonini tashkil etishga; ­ ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga; ­ o‘quv-metodik ta’minotiga; ­ tarbiyaviy ishlar tizimiga; ­ o‘quv reja va o‘quv dasturlariga; ­ o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq. Yangilik tarixiy aspektda nisbiylik ahamiyat kasb etadi. Yangilik aniq tarixiy xarakterga ega, ya’ni o‘z vaqtidan oldin paydo bo‘lishi mumkin, o‘z vaqtida me’yor bo‘lishi yoki eskirishi ham mumkin. Maktab yoki oliy tizimning rivojlanish jarayonida, ehtimol ta’lim tizimi butunicha: ­ absolyut yangiligi (o‘xshashi, prototipning yo‘qligi); ­ nisbatan yangiligi; ­ o‘ziga xos, ixtirochiligi ko‘rinishidagilar hisobga olinadi. Yangilik xillari (tiplar) maktab va oliy tizimda turlicha asoslarga ko‘ra guruhlanadi: Birinchi klassifikatsiya (guruh) yangiliklarni kiritish, maktab va oliy tizimda sodir bo‘ladigan pedagogik jarayonga aloqadorligi bilan asoslanadi. Ushbu jarayonni tushunishga tayanib, quyidagi ko‘rinishdagi yangilik xillarini ajratish mumkin: ­ ta’lim maqsadi va mazmuniga; ­ pedagogik jarayon metodikasi, vazifalari, usullari, texnologiyalarga; ­ ta’lim va tarbiyani tashkil etish shakllari va vositalari; ­ rahbariyat, pedagog va o‘quvchilar faoliyatiga. Ta’lim tizimiga ikkinchi klassifikatsiya (guruh) yangilikni kiritish masshtabi (hajmi) belgisiga asoslanadi. Bu yerda quyidagi o‘zgarishlarni ajratish mumkin: 8 - bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lmagan lokal va alohida (bir tomonlamalilik); - kompleks, o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq; - butun maktab va oliy tizimni qamrab oluvchi, tizimli. Uchinchi klassifikatsiya (guruh) innovatsion imkoniyatlarga qarab amalga oshiriladi. Bu holatda e’tiborga olinadi: ­ ta’lim dasturlari, o‘quv rejalar, tuzilmalarni takomillashtirish, ixtirochilik, ko‘rinishlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq ma’lum va qabul qilinganlarni modifikatsiyalash; ­ kombinatorlikka (o‘zgartirishlar) xos yangilik kiritish; ­ radikal o‘zgartirishlar. Yangilik kiritishning to‘rtinchi klassifikatsiyasi (guruh) oldingilariga nisbatan belgilariga asoslanib, guruhlanadi. Bunday yondashuvda yangilik o‘rin almashuvchi, bekor qilinuvchi yoki ochib beruvchilarga qarab belgilanadi. Bu holatda maktab va oliy tizimda yangilanish manbai sifatida: ­ mamlakat, region, shahar, tumanning ehtiyoji sifatidagi ijtimoiy buyurtmasi; ­ ijtimoiy buyurtmani region va viloyat ahamiyatiga molik qonun va hujjatlarda aks etishi; ­ inson to‘g‘risidagi kompleks fanga erishish, ilg‘or pedagogik tajriba; ­ xato va kamchiliklarni sinashda rahbar va pedagoglarning intuitsiyasi va ijodkorligi; ­ tajrib-sinov ishlari; ­ chet el tajribalari. Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta’lim oldiga muhim va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. 2006 yil iyul oyida Sankt-Peterburg shahrida “Sakkizlik guruhi” tomonidan Sammitda qabul qilingan “XXI asrda innovatsion jamiyat uchun ta’lim” to‘g‘risidagi hujjat g‘oyalarini yiriklashtirishni hisobga olishni va muammoning yechimini talab etadi. Fanni va innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida “innovatsion insonni” yaratish, ya’ni ishlashidan qat’iy nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga moyil bo‘lishi kerak. Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilik yuzaga kelmoqda. Hozirgi milliy loyihalar saytida “innovatsion ta’lim” iborasi paydo bo‘lmoqda va unda aytilishicha innovatsion ta’lim o‘qitishni yangi bilimlarni yaratish jarayonida amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bu esa bugungi kunda mavjud “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” tushunchasi bilan yangi “innovatsion ta’lim” tushunchalarini bir-biridan ajratishni talab etmoqda. Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib faol innovatsion harakatni boshladi. Ma’lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo‘lga qo‘yilgan edi.

Download 47,5 Kb.
1   2   3   4




Download 47,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INNOVATSION JARAYONLAR VA ULARNI LOYIXALASHTIRISH

Download 47,5 Kb.