• 2-bob. Tahlil qilish uchun ma’lumotlarni shakllantirish va taqdim etish tartibi
  • O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV




    Download 47,5 Kb.
    bet4/4
    Sana05.02.2024
    Hajmi47,5 Kb.
    #151777
    1   2   3   4
    Bog'liq
    6- variant Sanoat mahsulotlari tannarxi va uni pasaytirish yo`llari
    mZf2WD4VUD5xj5sKddPfbigueX8ux114jXDtm17Q, 1-Mavzu Mehnat xavfsizligini boshqarish asoslari-kompy.info, Avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslari (X.Karimov, M.Bobojanov), ‘l texnikumi “Temir yo\'l transportida intellektual axborot tizml, “Tuzlarning olinishi va xossalari” mavzusidagi tag’dimoti. O’til-fayllar.org, USTIGA HISOBOT 1 KURS ITQISOD, RS2021-en (1), 10b05ec8-54cd-42ff-be3c-3746898152d1, 01.БИРИНЧИ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023, BIPOLYAR TRANZISTORLAMING CHASTOTA XUSUSIYATLARI (2), 4eI9BtHnbAz80Zd3w00U23qu0U7Oi5QICt2dr94K, 12- variant Sanoat korxonalarining asosiy fondlari va undan samarali foydalanish yo`nalishlari., 10- variant Korxonada mahsulotlar sifatini samarali boshqarish tizimi., OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK
    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
    Toshkent sh.,
    2018-yil 14-dekabr,
    1013-son
    Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son qaroriga 
    1-ILOVA
    Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risida
    NIZOM
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. Ushbu Nizom davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun (keyingi o‘rinlarda tahlil qilish deb aytiladi) O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb aytiladi) ma’lumotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.
    2. Mazkur Nizomga muvofiq, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari (keyingi o‘rinlarda korxonalar deb aytiladi) tahlil qilish obyekti hisoblanadi.
    3. Tahlil qilish uchun ma’lumotlar mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxemada ko‘rsatilgan davlat organlari ma’lumotlar bazasi orqali elektron hamkorlikda taqdim etiladi.
    Ma’lumotlar taqdim qilganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
    2-bob. Tahlil qilish uchun ma’lumotlarni shakllantirish va taqdim etish tartibi
    4. Davlat raqobat qo‘mitasi har chorakda, kelgusi hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligidan tahlil qilish obyektlari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni oladi:
    yangidan tashkil etilgan korxonalar ro‘yxati;
    yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridan chiqarilgan korxonalar ro‘yxati;
    ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat ulushi to‘liq begonalashtirilgan korxonalar ro‘yxati.
    5. Davlat raqobat qo‘mitasi mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni olgandan keyin uch ish kuni mobaynida:
    korxonalar ro‘yxatini yangilash va solishtirishni amalga oshiradi;
    uni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga quyidagi ma’lumotlarni olish uchun yuboradi:
    a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan:
    korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    to‘lash kunidan uch oydan ortiq muddat o‘tgan kreditorlik qarzdorligi mavjud korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq namunaviy shaklda faoliyatining asosiy ishlab chiqarish va iqtisodiy parametrlarini aks ettiruvchi korxonalar pasportlari. Bunda korxonalarning pasportlari korxonalar tomonidan rasmiylashtiriladi va har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga yillik hisobot topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
    Mazkur bandning “a” kichik bandidagi ikkinchi — beshinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan muddatlarda va hajmlarda taqdim etiladi.
    b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan:
    “Buxgalteriya balansi” 1-shakl bo‘yicha moliyaviy hisobot;
    “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-shakl bo‘yicha moliyaviy hisobot;
    to‘lash kunidan uch oydan ortiq muddat o‘tgan budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldida kreditorlik qarzdorligi mavjud korxonalar to‘g‘risida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumot.
    Ko‘rsatilgan ma’lumotlar hisobotlarni taqdim etish uchun qonunchilikda belgilangan muddatdan keyin besh ish kunidan kechiktirmay Davlat raqobat qo‘mitasidan olingan tahlil obyektlari ro‘yxati bo‘yicha taqdim etiladi.
    6. Davlat raqobat qo‘mitasi xodimlari tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar bo‘yicha mazkur Nizomda keltirilgan ma’lumot va axborotlardan tashqari boshqa ma’lumot va axborotlar talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Download 47,5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 47,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

    Download 47,5 Kb.