SANOAT KORXONALARINING XO`JALIK VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI MOLIYAVIY TAHLIL ETISH




Download 47,5 Kb.
bet3/4
Sana05.02.2024
Hajmi47,5 Kb.
#151777
1   2   3   4
Bog'liq
6- variant Sanoat mahsulotlari tannarxi va uni pasaytirish yo`llari
mZf2WD4VUD5xj5sKddPfbigueX8ux114jXDtm17Q, 1-Mavzu Mehnat xavfsizligini boshqarish asoslari-kompy.info, Avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslari (X.Karimov, M.Bobojanov), ‘l texnikumi “Temir yo\'l transportida intellektual axborot tizml, “Tuzlarning olinishi va xossalari” mavzusidagi tag’dimoti. O’til-fayllar.org, USTIGA HISOBOT 1 KURS ITQISOD, RS2021-en (1), 10b05ec8-54cd-42ff-be3c-3746898152d1, 01.БИРИНЧИ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023, BIPOLYAR TRANZISTORLAMING CHASTOTA XUSUSIYATLARI (2), 4eI9BtHnbAz80Zd3w00U23qu0U7Oi5QICt2dr94K, 12- variant Sanoat korxonalarining asosiy fondlari va undan samarali foydalanish yo`nalishlari., 10- variant Korxonada mahsulotlar sifatini samarali boshqarish tizimi., OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK
SANOAT KORXONALARINING XO`JALIK VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI MOLIYAVIY TAHLIL ETISH
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish sohasidagi ishlarning tahlili moliyaviy nobarqaror korxonalar soni oshib borayotganini, ko‘rilayotgan choralar esa kutilgan samarani bermayotganini ko‘rsatmoqda. Korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishning huquqiy asoslari tahlili quyidagi bir qator echilmagan masalalar mavjudligidan dalolat beradi:
birinchidan, tartibga solishda kamchiliklar mavjud. Moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarning ma’lumot yig‘ishdan monitoring qilishgacha bo‘lgan bosqichidagi barcha masalalarni qamrab oluvchi yagona hujjat shu paytga qadar qabul qilinmagan, mavjud hujjatlar esa jarayonning faqat muayyan bosqichlarini tartibga soladi;
ikkinchidan, korxonalar tomonidan qabul qilinayotgan biznes rejalarning moliyaviy sog‘lomlashtirishning belgilangan normativlari bilan zaruriy bog‘liqligi mavjud emas. Korxonalarning boshqaruv organlari o‘z faoliyatida moliyaviy sog‘lomlashtirish normativlariga muvofiqlikni tekshirib ko‘rmayapti va korxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularni hisobga olishmayapti;
uchinchidan, davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tushunchasi tavsifi, uning mazmuniga oid talablar, ishlab chiqish va monitoring qilish tartibi mavjud emas. Moliyaviy sog‘lomlashtirish yo‘l xaritalari 2011-yildan buyon ishlab chiqilayotgan bo‘lishiga qaramay, ularni ishlab chiqish, tasdiqlash va monitoring qilish bo‘yicha normativ baza hozirgacha yaratilmagan;
to‘rtinchidan, “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishga xo‘jalik birlashmalari va hokimliklar jalb qilinmagan. Normativ baza yo‘qligi sababli tarmoq idoralari va hokimliklar “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda nomigagina ishtirok etmoqda va ularda belgilangan chora-tadbirlarning ijrochilaridan biri bo‘lib qolmoqda;
beshinchidan, moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha amaldagi huquqiy me’yorlarning korporativ boshqaruv va bankrotlik jarayonlari doirasida keng qo‘llanilishi ta’minlanmayapti. Oxirgi yillardagi bankrotlik tartibotini qo‘llash tahlili dinamikasi bankrotlik tartibotini joriy qilish ko‘lami kamayganligini ko‘rsatmoqda. Holbuki, ushbu chora kreditorlarning qarzlarini qaytarish va korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish nuqtai nazaridan ancha samarali hisoblanadi.
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishning samarali tizimini yaratish, shuningdek, har tomonlama ko‘maklashish, ularning moliyaviy nobarqarorligi sabablarini tezkor ravishda aniqlash va barqaror ishlashi uchun oldindan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizom1-ilovaga muvofiq;
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini o‘tkazish Reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar rahbarlari, shuningdek, davlat nomidan davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyadori (ulushdori, ta’sischisi) huquqini amalga oshiruvchi shaxslar zimmasiga korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” — dasturlarning o‘z vaqtida ishlab chiqilishi va ularning so‘zsiz amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘zlari aksiyador (ulushdor) bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida bankrotlik alomatlari aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ushbu jamiyatlar boshqaruv organlari taklifi asosida belgilangan tartibda bankrotlik tartibotini qo‘llash bo‘yicha iqtisodiy sudlarga mazkur korxonalarning qarzlarini so‘ndirish va ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish nazarda tutilgan murojaatlar kiritilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.

Download 47,5 Kb.
1   2   3   4




Download 47,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SANOAT KORXONALARINING XO`JALIK VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI MOLIYAVIY TAHLIL ETISH

Download 47,5 Kb.