• Efir moylari qo‘shib poroshok tayyorlash
  • Suyuq ekstraktlardan foydalanib poroshoklar tayyorlash




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet120/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Suyuq ekstraktlardan foydalanib poroshoklar tayyorlash


    Oling: Belladonna ekstraktidan 0,02
    Anestezindan 0,2
    Magniy oxididan 0,3
    Aralashtiring, poroshok xosil bo‘lsin.
    Shunday dozadan 6 dona bering.
    Belgilang. Bitta poroshokdan 3 maxal ichilsin. 
    Pasporti: Belladonna quyuq ekstrakti eritmasidan 1:2 0,24
    Anestezindan 1,2
    Magniy oksididan 1,8
    0,54 №6
    Texnologiyasi: 1,2 g anestezin xovonchaga solib maydalanadi, ustiga magniy oksidi bir
    necha bo‘lakka bo‘lib solinadi va aralashtiriladi. So‘ngra ustiga 7 tomchi (0,24 g)quyuq 
    belladonna ekstrakti eritmasi (1:2) tomiziladi, so‘ngra bir xil sochiluvchan poroshok xosil 
    bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,54 g dan mumli yoki parafinli kapsulalarga 
    qadoqlanib, qog‘oz xaltachalarga solinadi. Tegishli yorliq yopishtiriladi.
    Efir moylari qo‘shib poroshok tayyorlash
    Efir moyi poroshok tarkibiga Qand bilan aralashgan holda qo‘shiladi va bu aralashmani 
    efir moyi- Qand aralashmasi Elaeosaccharum deb ataladi. Efir moyi- Qand aralashmasi 2,0 g 
    qandga 1 tomchi efir moyi qo‘shib tayyorlanadi. Ammo efir moyi- Qand aralashmasi atirgul va 
    achchiq apelsin moyidan tayyorlanadigan bo‘lsa, u holda 4,0 g qandga 1 tomchi efir moyi 
    qo‘shiladi. Efir moyi qand aralashmasi kerak bo‘lganda tayyorlanadi, chunki efir moyi oddiy 
    sharoitda ham uchuvchan bo‘ladi. Tayyor efir moyi-Qand aralashmasi og‘zi jips berkitiladigan 
    shisha idishlarda, miqdor iga bo‘lingani esa pergament qog‘ozlarda beriladi.
    Rp.: Olaeo sacchari Menthae 0,4
    Natrii hydrocarbonatis 0,1
    Misce fiat pulvis
    Da tales doses № 10
    Signa. Kuniga 1 poroshokdan 3 maxal ichilsin.
    Texnologiyasi: 4,0 Qand kukuni hovonchaga solib yaxshilab maydalanadi, uning ustiga 2
    tomchi yalpiz efir moyi tomizib aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan yalpiz efir moy-Qand aralashmasi 
    pergament qog‘ozga olib qo‘yiladi. Syngra hovonchaga natriy gidrokarbonat solib maydalanadi, 
    uning ustiga tayyorlab qo‘yilgan yalpiz efir moy-Qand aralashmasi solib sochiluvchan poroshok 
    hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,5g dan pergament qog‘ozga qadoqlab, 
    qog‘oz xaltachaga solinadi, so‘ngra kerakli yorliq yopishtiriladi.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suyuq ekstraktlardan foydalanib poroshoklar tayyorlash

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish