Science and education scientific journal




Download 2.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana14.09.2023
Hajmi2.53 Mb.
#81927
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 Мухидова (1)

Tolalarning 
sinflanishi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
783


uzviy bog‘langan holda tarmoqlanishlariga o‘rgatadi. Mazkur interfaol metod bir 
mavzuni chuqur o‘rganishdan avval ta’lim oluvchilarning fikrlash faoliyatini 
jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, o‘tilgan 
mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda ta’lim 
oluvchilarning ushbu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga 
undaydi.
«Klaster» metodi yordamida o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash 
quyidagicha amalga oshiriladi: ta’lim oluvchilar guruhlarga bo‘linadilar va ularga 
belgilangan vaqt ichida mavzu bo‘yicha qanday tushunchalarni o‘zlashtirgan 
bo‘lsalar, ularni qog‘ozga yozish vazifasi topshiriladi. Vazifani bajarish jarayonida 
fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga ahamiyat bermaslik, nimani o‘ylagan bo‘lsa, 
shuni yozib berish talab etiladi. YOzuvning texnik (orfografik, mantiqiy va h.k.) 
jihatlariga e’tibor berilmaydi. Fikrlar tugagandan keyin guruh a’zolari tushunchalarni 
mantiqiy jihatdan bir-birlariga bog‘lab chiqadilar.
 
Tabiiy 
tolalar 
O’simlik 
tolalari 
Organik 
Anorganik 
Hayvonot 
tolalari 
Sellyulozali 
Oqsilli 
zig’ir 
kapok 
koyr 
kanop
paxta 
jut 
manilla 
sizal 
jun 
ipak 
asbest 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
784


Venna diagrammasi - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish, 
taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun faoliyatni tashkil etish jarayonida 
qo’llaniladi. 
Diagrammani tuzish uch bosqichni o‘z ichiga oladi. 1-bosqich: Talabalar ushbu 
diagrammani tuzish qoidalari bilan tanishtiriladi. 2-bosqich: YAkka, juftlikda yoki 
guruh ichida diagramma asosida taqqoslash faoliyati tashkil etiladi. 3-bosqich: 
Faoliyat natijalari tahlil qilinadi va baholanadi.
«Venn» diagrammasini tuzish uchun ikkita kesishuvchi aylana chiziladi (agar 
mavzuning ikki qismi solishtirilayotgan bo‘lsa ikkita aylana, uchta qismi 
solishtirilayotgan bo‘lsa uchta kesishuvchi aylana chiziladi).
Har bir aylanaga mavzuning alohida bir qismi haqidagi asosiy ma’lumotlar 
kiritiladi. Doiralarning kesishuvchi joyida, ikki yoki uch doiralardagi mavzular 
solishtiriladi va umumiy bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati yoziladi.
1. Paxta va zig’ir tolalarini Venna diagrammasida taqqoslash.
2. Jun va ipak tolalarini Venna diagrammasida taqqoslash. 
X XX X
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
785


Kichik guruhlar o‘z diagrammalarini tuzib bo‘lgach, yagona guruhga birlashib
diagrammalarni o‘zaro taqqoslaydilar. Talabalar bir-birlarining diagrammalaridan 
qo‘shimcha ma’lumotlar oladilar, barcha uchun umumiy bo‘lgan grafik organayzerga 
hamma ma’lumotlarni kiritib fikrlarni to‘ldiradilar. 
«Venn» diagrammasining afzalliklari: grafik organayzer sifatida tizimli fikrlash, 
solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Uning yordamida 
o‘tilgan mavzu yana bir bor takrorlanib, o‘zlashtirilgan bilimlar talabalar yodida 
saqlanib qoladi. Uning yana bir afzalligi sifatida kam vaqt talab qilinishini aytib 
o‘tish mumkin. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo‘yicha 
amalga oshiriladi.
«Venn» diagrammasining kamchiligi: diagrammaning kamchiligi shundaki, 
belgilangan aylana ichiga katta sig‘imdagi ma’lumotni joylashtirishda qiyinchilik 
yuzaga keladi. Agar har bir keltirilgan ma’lumotning tartib raqami ko‘rsatilmasa, 
o‘xshash jihatlarni aylanalarning kesishgan qismida to‘liq yozish shart. Ajratilgan joy 
esa (aylanalarning kesishidan hosil bo‘lgan qismi) barcha ma’lumotlarni sig‘dirish 
imkonini bermaydi.
Konseptual jadval - o’rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan 
ortiq jihatlari bo’yicha taqqoslashni ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni 
tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Konseptual jadval quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi. 
1. Konseptual jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Taqqoslanadiganlarni 
aniqlaydilar, olib boriladigan taqqoslanishlar bo‘yicha, xususiyatlarni ajratadilar. 
2. Alohida yoki kichik guruhlarda konseptual jadvalni to‘ldiradilar. 
- Uzunlik bo‘yicha taqqoslanadigan (fikr, nazariyalar) joylashtiriladi; 
- Yotig‘i bo‘yicha taqqoslanish bo‘yicha olib boriladigan turli tavsiflar yoziladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
786


3. Ish natijalarining taqdimoti. 
Tabiiy 
tola 
turlari 
Ta’riflar, toifalar, xususiyatlar 
Tarkibi
Tuzilishi 
Turlari
Rangi
Gazlama turi 
Paxta 
95-96% 

sellyuloza 
4-5% 

moy, mum, 
bo’yoq, 
mineral 
modalar 
Bitta 
o’simlik 
xujayrasidan 
iborat. 
Pishgan 
paxta 
tolasi 
spiralsimon, 
buralgan 
yassi 
naychalardan 
iborat, ko’nda-lang 
kesimi oval shklda 
bo’ladi. 
1.Mutlaqo 
pishmagan 
o’lik tola; 
2.Pishmagan 
tola; 
3.Yaxshi 
pishmagan 
tola; 
4.Pishgan tola; 
5.Pishib 
ketgan tola. 
Oq, 
biroz 
sariq 
Chit, satin, batist, 
bayka, 
markizet, 
flannel, bumazey, 
bo’z, mitkal 
Zig’ir 
80% 

sellyuloza 
20% - moy, 
mum, 
bo’yoq, 
mineral 
modular va 
lignin 
O’rtasida tor kanali 
va yo’g’onlashgan 
tirsaksimon joylari 
bor. Uchi o’tkir, 
kanali 
ikki 
tomondan 
berk, 
ko’ndalang kesimi 
5-6 
yoqli 
ko’pburchakdan 
iborat. 
1.Elementar 
tola; 
2.Texnik tola 
Och 
kul-
rang, 
to’q 
kul-
rang 
Choyshab, 
dasturxon, sochiq, 
ich 
kiyimlik, 
ko’ylak, 
kostyumlik 
bortovka, 
qotirmalik 
gazlamalar 
Jun
Keratin
Tangachali, qobiq 
va 
o’zak 
qatlamlardan 
iborat. 
1.Momiq tola; 
2.Dag’al tuk; 
3.Oraliq tola; 
4.O’lik tola 
Oq, 
sariq, 
jigar, 
qora, 
kul 
rang 
Kamvol, 
movut, 
drap, 
boston, 
sheviot, krep, triko, 
gabardin, 
bukle, 
diagonal,
Ipak
75% 

fibroin, 
25% 

seritsin 
Parallel 
notekis 
seritsin 
qatlami-
dan 
iborat. 
Ko’ndalang kesimi 
duma-loq, 
ovalsimon, 
lentasimon. 
Xom ipak 
Oq, 
biroz 
sariq 
Atlas, 
adras, 
olacha, 
banoras, 
krepdishin, 
krepjorjet, 
krepshifon, 
glad, 
jakkard, 
baxmal, 
duxoba
Konseptual jadval - talabalarda o‘rganilgan ma’lumotlarni xususiyatlariga qarab 
taqqoslash, solishtirish va tizimli fikrlashga o‘rgatadi. 
Ta’lim jarayonida interfaol metod (strategiya, grafikr organayzer)lar bilan 
ishlash talabalar tomonidan o‘quv axborotlarini tizimli, yaxlit holda o‘zlashtirish 
imkoniyatini yaratadi. Qolaversa, interfaol metodlar yordamida talabalar o‘quv 
axborotlari bilan ishlashda bilimlarni tahlil qilish, sintezlash, muhim tushunchalarni 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
787


tizimlashtirish, ob’ekt, jarayon, faoliyat, voqea, hodisalarning umumiy mohiyatini 
aniq ifodalash kabi ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. 
XULOSA 
Ta’kidlash joizki, bugungi kun ta’limida eng dolzarb bo’lgan texnologiya fani 
darslarida interfaol usullarni qo’llash o’quvchilarda bilimlarni faollashtirishni 
tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog’lanishli 
tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi. Shuningdek, kasbiy bilim, 
ko’nikma va malakalarni rivojlantirib, kasbiy sifatlar hamda ma’naviy dunyoqarashni 
rivojlantiradi.

Download 2.53 Mb.
1   2   3   4   5




Download 2.53 Mb.
Pdf ko'rish