• Kalit so‘zlar
  • Keywords
  • Texnologiya fanini o’qitishda interfaol usullarni qo’llash




    Download 2.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana14.09.2023
    Hajmi2.53 Mb.
    #81927
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    6 Мухидова (1)

    Texnologiya fanini o’qitishda interfaol usullarni qo’llash 
    metodikasining ayrim jihatlari 
     
    Olima Nurilloyevna Muxidova 
    Buxoro davlat universiteti 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada texnologiya fani darslarida interfaol metodlardan 
    biri 
    grafikli 
    organayzerlardan 
    foydalanish 
    metodikasi 
    “Klaster”, “Venna 
    diagrammasi”, “Konseptual jadval” misolida ishlab chiqilgan. Ushbu metodlarning 
    afzallik va kamchiliklari ham yoritilgan.
    Kalit so‘zlar: Grafikli organayzerlar, “Klaster”, “Venna diagrammasi”, 
    “Konseptual jadval” 
    Some aspects of methodology of interactive methods of 
    learning technology 
    Olima Nurillaevna Muhidova 
    Bukhara State University 
     
    Abstract: This article has developed one of the interactive methods in 
    technology lessons using the method of graphic organizers using the example of 
    "Cluster", "Venn Diagram", "Conceptual Table". The advantages and disadvantages 
    of these methods are also highlighted. 
    Keywords: Graphic organizers, "Cluster", "Venn diagram", "Conceptual table". 
     
    KIRISH 
    Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo’nalish - pedagogik 
    innovatsiya va ta’lim jarayonini yangilash g’oyalarining paydo bo’lishi natijasida 
    o’qituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yo’nalish “o’qituvchining 
    innovatsion faoliyati” tushunchasi paydo bo’ldi.
    Innovatsion texnologiyalarning assosiy negizi - bu o’qituvchi va o’quvchining 
    belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun 
    oldindan ta’lim jarayonini loyihalashdir.
    Texnologiya fanidan darslarni innovatsion pedagogic texnologiyalar asosida 
    tashkil etishda grafikli organayzerlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
    esa o`quvchilarni darslarda faol ishtirok etishini, ta`lim mazmuniga oid 
    o`rganilayotgan tushunchalarni, murakkablik darajalari turlicha bo`lgan mavzularni
    fanlararo amalga oshirilayotgan aloqadorlik va o`zaro bog’liqlik o`rnatishni, tahlil 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    December 2021 / Volume 2 Issue 12
    www.openscience.uz
    782


    qilish, solishtirish va taqqoslash, topshiriqli muammolarni aniqlash, ularni hal etish 
    va berilgan amaliy topshiriqlarni rejalashtirish, tafakkur qilish va ijodkorlik 
    qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 
    Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) - fikriy jarayonlarni ko`rgazmali taqdim 
    etish vositasi hisoblanadi.
    ASOSIY QISM 
    Texnologiya fanidan darslarda grafikli organayzerlardan foydalanish muhim 
    ahamiyatga ega bo`lib, mavzuga oid ma`lumotlarni og’zaki ravishda o`zlashtirish 
    ko`rsatkichi 10% bo`lgan sharoitda dars o`tish samarasiz bo`ladi. Darslar davomida 
    o`quvchilarga o`quv materialni ko`rgazmali shaklda taqdim etish lozim. O`quv 
    materialini ko`rgazmali taqdim etish orqali o`qitish samaradorligi natijaviyligiga 
    erishish mumkin. Chunki, xalqimizda bir naql bor «Ming marta eshitgandan ko`ra, 
    bir marta ko`rgan yaxshi». 
    Shunday 
    ekan, 
    yuqorida 
    keltirilgan 
    fikrlardan 
    foydalanib, 
    grafikli 
    organayzerlardan “Tikuvchilik materialshunosligi” darslarida qo’llanilishini “Tabiiy 
    tollalar” mavzusida ko’rib chiqamiz: 
    1. Tabiiy tola turlarini klasterda tasvirlang. 
    Klaster - (tutam, bog’lam) - axborot xaritasini tuzish yo’li - barcha tuzilmaning 
    mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida 
    g’oyalarni yig’ish. 
    Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha 
    yangi o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi. 
    Klaster interfaol metodi - ta’lim oluvchini mantiqiy fikrlashga, umumiy fikr 
    doirasini kengaytirishga, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatishga 
    asoslangan. Fikrlashning tarmoqlanishi pedagogik strategiya bo‘lib, u ta’lim 
    oluvchilarning bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga 
    taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va aniq ravishda ma’lum ketma-ketlik bilan 

    Download 2.53 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 2.53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya fanini o’qitishda interfaol usullarni qo’llash

    Download 2.53 Mb.
    Pdf ko'rish