• Annotatsiya
  • Аннотация.
  • Annotation.
  • Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlardan foydalanish sidiqova Dilora Shavkatovna




    Download 0.77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana04.05.2023
    Hajmi0.77 Mb.
    #56329
      1   2
    Bog'liq
    Sidiqova Dilora Shavkatovna
    2 5462999114029471329, eIlvJ2cYw8IjgIeqPiMaEhsdXiXSSczj3rCdD3qS, 050-20 STRo‘(1-топшириқ) (1), O‘RQ-703 28.07.2021


    Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
    «Научный импульс» Декабрь, 2022
    731 
    BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH 
    Sidiqova Dilora Shavkatovna
    Buxoro davlat universiteti 
    tayanch doktoranti 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda interfaol metodlardan 
    foydalanish haqida ma’lumotlar berilgan.
    Kalit soʻzlar: innovatsiya, interfaol, pedagogik mahorat, samaradorlik, didaktik vazifa, 
    xotira, ta’lim sifati, bilim, axborot vositalari, kompyuter.
    Аннотация. В этой статье содержится информация об использовании 
    интерактивных методов в начальных классах. 
    Ключевая слова: инновации, интерактивный, педагогические навыки, 
    эффективность, дидактическое задание, объем памяти, качество образования, 
    знание, средства массовой информации, компьютер.
    Annotation. This article provides information on the use of interactive methods in 
    primary classes. 
    Keys words: innovation, interactive, pedagogical skills, efficiency, didactic task, 
    memory, quality of education, knowledge, media, computer.
     
    Ta’lim tizimida oʻquvchilarni bilim olishi birinchi oʻrinda turishini hamma yaxshi biladi. 
    Oʻquvchi oʻqituvchi bergan har bir bilimini yaxshi oʻzlashtirishi uchun turli xil metodlarni 
    qoʻllash lozim. Yangicha metod yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish haqida 
    gap borganda interfaol usullarning oʻquv jarayonida qoʻllanilishi tushuniladi. Hozirgi vaqtda 
    ta’lim jarayonida oʻqitishning zamonaviy metodlari keng qoʻllanilmoqda. Oʻqitishning 
    interfaol metodlarini qoʻllash oʻqitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib 
    keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga 
    muvofiq. Faqatgina oʻqituvchi emas, balki oʻqituvchi bilan birgalikda oʻquvchi ham faol 
    boʻlishi hozirgi kunning talabi hisoblanadi. Bolalarga dars jarayonlarini turli xil koʻrnishdagi 
    metodlar oʻyinlar orqali ularga tushuntirib ularni psixikasiga mos dars jarayonlarni tashkil 
    qilamiz. Dars jarayonida bolalarni zeriktirib qoʻymaslik uchun ularga turli xildagi metodlar 
    asosida dars jarayonni tashkil qilamiz. Hattoki, ma’lum bir kitobni oʻqiganda, sahifalarida 
    turlicha mazmun kashf etishni koʻramiz. Masalan: L.N.Skatkinning “Metodika” kitobini 
    varaqlaganda, kitobning boshida metodikaning umumiy masalalariga daxldor boʻlgan 
    boblarida muallifning tilida koʻplab metod soʻzi uchraydi. Lekin, xususiy masalalariga 
    bagʻishlangan boblarida muallif “metod” soʻzi oʻrniga “usul” soʻzini ishlatilgan. Oʻqitishning 
    interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchining soni va imkoniyatlari, oʻquv 
    muassasasining oʻquv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, oʻqituvchining pedagogik 
    mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.


    Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
    «Научный импульс» Декабрь, 2022
    732 
    Interfaol metodlar deganda - ta’lim oluvchini faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga 
    undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi boʻlgan metodlar tushuniladi. Bu 
    metodlar qoʻllanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. 
    Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni oʻzaro muloqotda, oʻzaro bahs-munozarada 
    fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun 
    faoliyat oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga oʻrgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. Interfaol 
    metodlar orqali oʻquvchilarning tashabbuskorligi hamda jamoaviy izlanuvchanligini 
    oshiriladi. Interfaol metodlardan foydalanib darslar tashkil etilsa, oʻquvchining darsga 
    boʻlgan qiziqishi yanada oshadi va ta’lim sifati yaxshilanadi. Interfaol usullar orqali oʻtilgan 
    darslar oʻquvchini ijobiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrini erkin 
    bayon qilishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma bayon etishga chorlaydi. Interfaol 
    metodlar orqali oʻtiladigan darslarda an’anaviy usullardan voz kechish degani emas, balki 
    mazmunni oʻzaro faollikda hal eta olishdir. Interfaollik bu faollikdir, ya’ni oʻquvchi va 
    oʻqituvchi oʻrtasidagi oʻzaro muloqoti asosida kechadi. Albatta, har bir ishning maqsadi 
    boʻlgani kabi interfaol usullarni qoʻllashdan maqsad boʻladi. Interfaol usulning bosh 
    maqsadi oʻquv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali oʻquvchilarning faol, erkin 
    fikr yuritishga muhit yaratishdir. U oʻzining intelektual salohiyatini, imkoniyatlarini 
    namoyon etibgina qolmay, balki oʻquv sifatini va samaradorligini oshiradi, ta’minlaydi.
    Matematika darslari interfaol metodlar orqali tashkillashtirilsa, dars ham qiziqarli, 
    ham mazmunli oʻtadi. Chunki, biz bilamizki, boshlangʻich sinf oʻquvchilari juda oʻyinqaroq 
    boʻlishadi. Shuning uchun ham darslarni rang-barang metodlar bilan tashkil qilish 
    maqsadga muvofiq. Misol uchun “Koʻpaytirish jadvali”ni tushunishda oʻquvchi qiynaladi. 
    Agar bu mavzu interfaol metodlar orqali tushuntirilsa, oʻquvchining xotirasida qolishi 
    osonroq boʻladi. Hozirgi yuksalish va yangilanish davrida yashar ekanmiz biz oʻqituvchilar 
    interfaol metodlar asosida dars jarayonalarini tashkil qilamiz. Oddiygina oʻqitish metodini 
    olsak, bu tushuncha didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Didaktika 
    va metodikaga oid hozirgi zamon ishlarining koʻpchiligida oʻqitish metodlari oʻqituvchi va 
    oʻquvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usullari, boʻlib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, 
    malaka va koʻnikmalarga erishiladi, oʻquvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, ularning 
    qobiliyatlari rivojlanadi. Darsda oʻquvchilar faolligini oshiruvchi vositalardan biri-interfaol 
    metodlardir. Bu usullar maktab pedogikasi uchun yangilik emas. Ulardan ilgari ham 
    foydalanib kelingan. Qachonki, bu metodlar samarali natija bera oladi:
    -dars va mavzuning maqsadlari toʻgʻri aniq tanlanganda;
    -mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa;
    -bir metod butun darsni qamrab olmasdan, balki kichik daqiqalarni qamrab olsa;
    -tanlagan metod oʻquvchilarga yangi axborotlarni yetkazib bersa, oʻquvchi mavzuni 
    nima haqidaligini tezgina tushuna oladi.
    Biz dars jarayonida metodlarni qoʻlaymiz dedik, bu bilan oʻquvchilarning dars 
    materiallarini oʻzlashtirish darajasini ancha yuqoriga koʻtaradi. Biz dars jarayonida 
    bolalarning yoshiga va bilim darajasiga qarab, interfaol metodlardan foydalanib dars 


    Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
    «Научный импульс» Декабрь, 2022
    733 
    oʻtamiz. Soʻnggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kopyuter, 
    televideniya, radio, nusxa koʻchiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) 
    yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oʻqituvchilar 
    oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalardan oʻrinli va maqsadga muvofiq foydalanish 
    vazifasi turibdi. Biz oʻqituvchilar darslarni turli xil innavotsion metodlar orqali tushuntirib, 
    yoritib bolalarga yetkazib berishga harakat qilishimiz kerak. 

    Download 0.77 Mb.
      1   2




    Download 0.77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlardan foydalanish sidiqova Dilora Shavkatovna

    Download 0.77 Mb.
    Pdf ko'rish