Scientific progress




Download 412,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana01.06.2024
Hajmi412,84 Kb.
#258929
1   2   3   4   5
Bog'liq
ta-limda-axborot-texnologiyalari

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1394
pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish
professor-o’qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan 
qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini 
chuqur o’rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga 
joriy etish imkonini yaratadi. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy 
axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: 
axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), 
original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar), 
turlarini bir dasturiy maxsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya axborotni 
ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari, muayyan vaqtdagi ish, o’z 
tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar 
faqat vaqtning ma’lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni 
kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez xarakatchanligi, 
ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta 
sigimli tashqi xotira, xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi 
tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi, “inson-kompyuter” interaktiv 
muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va 
xar tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta’lim, ishlash yoki dam olish 
sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. multimedia vositalari asosida o’quvchilarga 
ta’lim berish va kadrlarni qayta tayorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb 
masalasidir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning 
o’zi nima degan savol tug’ladi? Ko’pgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil 
qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, mul’timedia bu informatikaning dasturiy va 
texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animasiya effektlari asosida 
o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi 
ko’rinishidir. Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning usuli hozirgi kunda ta’lim sohasi 
yo’nalishlari bo’yicha tadbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz 
xordiq chiqarmaydigan bo’lib qoldi. Multimedia vositalarining 81- yildagi yalpi oboroti 
4 miliard AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa 94-yil esa 16 milliard AQSh dollarini 
tashkil qildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni mul’timedia 
vositalarisiz tasavvur qilib bolmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta’lim sohasida 
keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi avvalambor ular unumdorligining 
nihoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni kursatmoqdaki, multimedia 
vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkun. 
Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, 
olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar 
berilayetgan materiallarni kurish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25-
30%oshadi. Bunga qushimcha sifatida o`quv materiallari audio, video va grafika 



Download 412,84 Kb.
1   2   3   4   5




Download 412,84 Kb.
Pdf ko'rish