SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
ǀ ISSUE 3
ǀ 2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 134
oilaning miqdoriy hisoblash modellarini yaratish vazifalarini belgilab olish bo`ldi.
Ikkinchi bosqichi esa birinchi bosqich natijalariga asoslanib,
real Data Miningga
asoslangan kompyuterli modelni taqdim etish bo`ldi.
Modelni ishlab chiqishda quyidagi usullardan foydalanilgan: korrelyatsion
tahlil, qarorlar daraxtini qurish, sun'iy neyron tarmoqlar. Asosiy e'tibor ma'lumotlardagi
yashirin ma`lumotlarni aniqlash va ajrashgan oilalarning miqdoriy modellarini
yaratishga qaratildi.
Natija Data Mining imkoniyatlaridan foydalanilganda quyidagilarni ko'rsatadi:
1. Korrelyatsion tahlil asosida nikoh ma`lumotlarini aniqlashga erishildi.
2. Qarorlar daraxti asosida oilaviy munosabatlar belgilanib olindi.
3. Sun'iy neyron tarmoqlari usuli yordamida oilaviy
munosabatlar ajralishlar
modeli yaratib olindi
Natijalarni tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, Data Mining ijtimoiy hodisalarni
o'rganish imkoniyatlarini tubdan ajratishga, ijtimoiy hodisalarning
yangi hisoblash
modellarini yaratishga imkon beradi.
Xali 2-bosqich ishlari o`z yakuniga yetmagan bo`lsa ham, birinchi bosqich
natijalari tadqiqotimizning ish mavzusi oilaviy munosabatlarga bag'ishlangan turli xil
omillarni chuqur muhokama qilishga imkon yaratilishi aniqlandi.
Hozirgacha
aniqlangan yangiliklar quyidagilardan iborat:
1. Tahlilda Data Miningni qo'llash metodologiyasi va texnologiyalari ishlab
chiqish natijasida ajrashgan oilalarda ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilish
asosida ijtimoiy hodisalar kelib chiqish omillarini bashorat qilish ma'lumotlar
bazasining tuzilish mumkinligi aniqlandi.
2. Turli holatlar uchun ajralishlarni bashorat qilish
tizimi yaratish mumkinligi
aniqlandi (nikohdan oldin yoki nikoh jarayonida).
3. Birinchi marta ichki va tashqi kompleksning ta'sirini taxmin qilishga qodir
bo'lgan ko'p faktorli "hisoblash" modellari qurish mumkinligi isbotlandi.
Bu masalalar shuni ko`rsatadiki Data miningni ma`lumotlarni ustida amallar
bajarishda qo`llash uning maohiyatini qay darajada ekanligini belgilaydi.
Data Mining usullari tahlilchi duch keladigan ko'plab
muammolarni hal qilishga
imkon beradi. Ulardan asosiylari: tasniflash, regressiya, assotsiatsiya qoidalarini izlash
va klasterlash. Quyida ma'lumotlarni tahlil qilishning asosiy
vazifalarining qisqacha
tavsifi keltirilgan.
1) Tasniflash vazifasi ob'ektning xususiyatlariga ko'ra sinfini aniqlashga qisqartiriladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, bu masalada ob'ektni belgilash mumkin bo'lgan sinflar to'plami
oldindan ma'lum.
2) Regressiya vazifasi, xuddi tasniflash vazifasi kabi, ob'ektning ma'lum
xususiyatlaridan kelib chiqib, uning ayrim parametrlarining qiymatini aniqlash imkonini
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
ǀ ISSUE 3
ǀ 2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan